256
Litiy-ion akkumulyatorlarning afzalliklari:
Akkumulyatorlarning barcha turlari ichida energiyaning eng
yuqori zichligi;
NiMH и NiCd larga nisbatan bir element kuchlanishining 3 barobar va qo’rg’oshin-kislotali
akkumulyatorlarga nisbatan 2 barobar yuqoriligi (3,6 V);
Batareyalarni qisqa fursatda zaryadlanishi (90% sig’imgacha 30-40 daqiqada);
Yuqori resurs ko’rsatkichi (1000 martagacha zarydlanish-razryadlanish);
Salt holatda razryadlanish ko’rsatkichining pastligi (bir oyda 5%)
Oldindan qayta ishlanmay utilizatsiya qilinishi.
Litiy-ion akkumulyatorlarning kamchiliklari:
Mexanik shikastlanishda yoki qayta zaryadlashda portlash
xavfi borligi;
Ishlash muddatining nisbatan qisqaligi (o’rtacha 5-6 yil);
Narxining yuqoriligi.
Hozirda litiy-ion akkumulyatorlarda
metall litiy emas, balki ion litiy qo’llanilmoqda.
Zarydlanish-razryadlanish rejimini nazorat qiluvchi BMS tizimi
litiy-ion akkumulyatorlarni
portlashiga olib keluvchi metal-litiy hosil bo’lishini oldini oladi.
Grafenli akkumulyatorlar
- IBM Battery 500 rusumli litiy-havo akkumulyator – nisbatan engil va
800 km gacha masofani bosib o’tish imkonini beradi. Bu texnologiya akkumulyator panjara shaklida bo’lib,
uning oralaridan havo o’tadi. Zaryadlashda kislorod molekulalari ionlashadi, razryadlanishda esa panjara
orqali o’tib zaryad beradi. Bu bir qarashda sodda uslub bo’lsada, olimlar ushbu texnologiyani 2020-2030
yillarga joriy etilishini bashorat qilishmoqda(18.5 – rasm).
257
18.5– rasm. IBM Battery 500 rusumli litiy-havo akkumulyatorining tuzilishi.