Elektrotexnika ma




Download 1.01 Mb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#43831
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza
Informatika fanidan test nazoratlari o, New Microsoft Word Document, 5-SINF Informatika va AT, matematika tex xarita, Maruza matn 3.05, Soxaga Kirish
Elastomerlar

Kauchuk asosidagi materiallar va xossalari jihatidan unga yaqin bo’lgan moddalar elastomerlar deb ataladi. Texnikaning turli sohalarida va kundalik hayotda elastomerlardan keng foydalaniladi. Tabiiy kauchuk (TK) tropik iqlim sharoitida o’sadigan kauchuk daraxtining sharbati (lateks)dan, ajratib olinadi. Kauchuk +50C da yumshaydi va yopishqoq bo’ladi, past haroratda esa mo’rt holatga o’tadi. Kauchukning benzindagi eritmasidan rezina yelimi olinadi. Kauchuk tarkibiga oltingugurt kiritib, vulkanizatsiya qilinsa, kauchukning harorat chidamliligi ortib, mexanik mustahkamligi ko’tariladi. Kauchuk tarkibidagi oltingugurtning miqdori 1-3% bo’lsa, yumshoq rezina (qayishqoq va cho’ziluvchan), oltingugurt miqdori 30-35% bo’lganida esa qattiq rezina ebonit) olinadi1.


Rezina va ebonit tayyorlashda kauchuk va oltingugurtdan tashqari, rezinali aralashma tarkibiga to’latuvchilar (bo’r, talk), katalizator va boshqa qo’shimchalar ham kiritiladi.

Rezina elektr texnikada keng qo’llaniladi. Undan sim va kabellar yuzasini izolyatsiyalashda qoplovchi sifatida, shuningdek himoya qo’lqopi, kalishlar, gilamchalar tayyorlashda foydalaniladi.
Sof kauchuk qutbsiz dielektrik material bo’lib, uning dielektrik xossalari quyidagicha: r=2,4; tgδ=0,0002; =1014 Om∙m. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan rezinaning dielektrik xossalari rezinali aralashma va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq ravishda quyidagicha bo’ladi: r=3-7; tgδ=0,02-0,1; =1013 Om∙m; ET=20-30 MV/m.
Rezina yaxshi dielektrik bo’lgani bilan, issiqlik, yorug’lik va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tez eskiradi. Rezina o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi. Agar unung tarkibiga ko’mir kukuni kiritilsa, elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Bunday rezinalar mashina, konstruksiya, uskunalarda paydo bo’ladigan zaryadni o’zi orqali yerga tez o’tkazib yuboradi1.
Sintetik kauchuklar (SK) kabel sanoatida izolyatsiya va himoya qoplamasi sifatida keng qo’llanilmoqda. Ularni tayyorlashda spirt, neft va tabiiy gazdan foydalaniladi.

Butadienli kauchuk (SK) yaxshi elektr izolyatsiya va elastiklik xossalariga ega bo’lib, butadien (divinil)ni polimerlash orqali olinadi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r=2,3; tgδ=0,008; =8,5∙1011 Om∙m; ET=42 MV/m. Butadienli kauchukning yuqori ish harorati 6065C.
Butadien-stirolli kauchuk (SKS) butadien va stirolni birgalikda polimerlash natijasida olinadi. U xossalari jihatidan TKga yaqin bo’lib, dielektrik ko’rsatkichlari quyidagicha: r=2,3; tgδ=0,003; =1,1∙1013 Om∙m; ET=46 MV/m. Butadien-stirolli kauchukning zichligi 940 kg/m3, ish harorati -35+65C undan kabel izolyatsiyasida qoplama sifatida foydalaniladi1.
Butilkauchuk izobutilenni izopren bilan birgalikda polimerlash orqali ishlab chiqariladi. Uning zichligi 930 kg/m3, ish harorati -40+105C, dielektrik xossalari: r=2,4; tgδ=0,004; =2,1∙1013 Om∙m; ET=22 MV/m.
Kremniy organikli kauchuk tarkibida kremniy va organik radikallar bo’lib, yuqori darajada egiluvchan va yaxshi dielektrik xossalariga ega. U suvda, namlik sharoitida va past bosimda ishlashi bilan birga, moy va ishqor ta’siriga ham chidamlidir. KO kauchukning zichligi 2000 kg/m , dielektrik xossalari: r=2,9; tgδ=0,008; =1,2∙1012 Om∙m; ET=29,3 MV/m.



Download 1.01 Mb.
1   2   3   4




Download 1.01 Mb.