Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi




Download 2.01 Mb.
bet8/22
Sana15.06.2022
Hajmi2.01 Mb.
#23740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogona
boshlang-ich-sinflarda-o-qitishning-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish-afzalliklari, Mavzu Avestodagi pedagogik qarashlar Reja I kirish II asosiy q
3-rasm. Elementlar tartib atom nomeri nomerining uzgarishi bilan K-seriya va K
chiziqlarining uzgarishi.

4-rasm. Mozli qonunining grafik ifodasi

Bu tekshirishlarga asoslanib Mozli qonunini quyidagicha ta'riflash mumkin; Rentgen nuri to`lqin uzunligining kvadrat ildiz ostidagi teskari qiymati elementning tartib nomeriga to`g`ri proporsionaldir;

 1/= a(Z-b) yoki =2. 48•1015 (Z-2)2;
1  


bu yerda: -to`lqin uzunligi; z-elementning tartib nomeri; a va v- ma'lum seriyadagi uxshash chiziqlar uchun doimiy kattalik. Bu bog`lanish 4-rasmda ko`rsatilgan. Mozli qonuni elementlarning davriy sistemadagi tartib nomerida ma'lum bir fizik ma'no borligini ko`rsatadi. Shunday qilib atomning yadro zaryadi elementning davriy sistemada joylanishi va xossalarini Harakterlaydigan asosiy faktordir. Shuning uchun ham hozirgi paytda Mendeleyevning davriy qonuni quyidagicha ta'riflanadi: elementlarning xossalari va ular birikmalarining tuzilishi hamda xossalari atomlarning yadro zaryadiga davriy ravishda bog`liqdir.


KVANT VA BOR NAZARIYASI


M. Plank 1900 yilda qizdirilgan jismlarning spektrlarini aloxida tarzda taqsimlanishini tushuntirish uchun kvant nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga muvofiq energiya uzluksiz ravishda ajralib chiqmaydi, balki mayda bo`linmaydigan porsiyalar bilan chiqadi. Nurning bu eng kichik porsiyasi kvant deb ataladi va uning kattaligi tarqalayotgan nurning tebranish chastotasiga bog`liq bo`ladi. Har qaysi kvant kattaligi quyidagi Plank tenglamasi bilan ifodalanadi:
YE=h, =C/ bu yerda to`lqin uzunligi, C-yorug`lik tezligi; YE energiya kvanti; tebranish chastotasi, h-6. 624•10-34 J. sek Plank doimiysi.
Bor nazariyasi. Nurlanishning kvant nazariyasi asosida N. Bor Rezerfordning atom tuzilish nazariyasini rivojlantirdi.
N. Borning birinchi postulatiga ko`ra elektron yadro atrofida faqat kvantlangan orbitalar bo`ylab aylanadi. Bunda harakat miqdori momenti (mvr) kattalik jihatdan h/2n ga karali bo`ladi, ya'ni
mvr=nh/n2
bu yerda: r-orbita radiusi, n-bosh kvant son; nq1,2,3,4. -elektronning harakat tezligi.
N. Borning 2-postulatiga ko`ra elektron kvantalangan orbitalar bo`ylab aylanganida atom energiya chiqarmaydi va energiya yutmaydi. Elektron yadrodan

uzoqroq orbitadan yadroga yaqinroq orbitaga o`tsa u yorug`likning bir kvantiga teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ye=h=Euzoq -Yeyaqin
Shunday qilib, Borning vodorod atomini tuzilish nazariyasi yuqorida aytilgan 2 postulatga asoslanadi.
Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo`lsa, elektron yadroga eng yaqin orbita bo`ylab harakat qiladi; atomning bu xolatini g`alayonlanmagan xolat deyiladi. Qo`shimcha energiya qabul qilgan atom esa g`alayonlangan xolatga o`tadi. Binobarin, g`alayonlangan atomning energiyasi g`alayonlanmagan atomning energiyasidan ortiqdir. Lekin atomning g`alayonlangan xolati nixoyatda qisqa muddatli. U sekundning yuz milliondan bir ulushiga qadar o`z vaqt davom etadi.
N. Bor nazariyasi vodorod atomi spektrining turli soxalaridagi ayrim chiziqlarning hosil bo`lish sababini aniq tushuntirib berdi. Lekin Bor nazariyasi kamchiliklardan xoli emas. N. Bor nazariyasiga muvofiq elektronlar bir orbitadan 2- orbitaga o`tganda energiyaning o`zgarishi spektr chiziqda aks etadi. Biroq spektrlarni sinchiklab tekshirish ularni yanada murakkab tuzilganligini ko`rsatdi. Spektr chiziqlarning har qaysisi bir-biriga yaqin turgan ikki chiziq - dubletdan, dubletlar esa bir-biriga juda yaqin turgan bir necha yuldosh chiziqlardan iboratligi tasdiqlandi. Ko`p elektronli atomlarning spektrlarida shunday spektr chiziqlar ko`rsatiladiki ularni elektronning bir orbitadan 2- orbitaga utishi bilan tushuntirib bo`lmasdi. Bor nazariyasi spektrdagi bu murakkablikni izoxlab bera olmadi. Bor nazariyasiga birinchi o`zgarishlarni nemis olimi Zommerfeld kiritdi. Uning fikricha, elektronlar faqat doiraviy orbita bo`ylab emas, balki, ellipslar bo`ylab ham harakat qilish mumkin. (5-rasm)


Download 2.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi

Download 2.01 Mb.