-rasm. Elektronning o`z yadrosi atrofidagi harakat formasi: a-sferik, b-elleptik




Download 2.01 Mb.
bet9/22
Sana15.06.2022
Hajmi2.01 Mb.
#23740
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogona
boshlang-ich-sinflarda-o-qitishning-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish-afzalliklari, Mavzu Avestodagi pedagogik qarashlar Reja I kirish II asosiy q

5-rasm. Elektronning o`z yadrosi atrofidagi harakat formasi: a-sferik, b-elleptik


Demak, Zommerfeld fikricha elektronning yadro atrofida aylanishi uch kvant son bilan Har akterlanishi kerak; n-asosiy yoki bosh kvant soni, l-yonaki kvant soni, m-magnit kvant son.

2. Кvant sonlari


To`lqin funksiyasining qabul qiladigan qiymatlarini cheklovchi uchta kattalik kvant sonlari deb yuritiladi. Bu sonlar vositasida atomdagi elektronlar holatini ifodalash mumkin. Ularni birma-bir ko`rib chiqamiz.

      1. Bosh kvant soni n ma’lum tartibda joylashgan energetik pog`onalarning tartib raqamini ifodalaydi va uning qabul qiladigan qiymatlari butun rasional raqamlar ketma-ketligidan iborat:

n = 1, 2, 3, 4, 5, 6, . . .
Atomdagi elektronlar bosh kvant soni bilan Har akterlanadi va u energetik pog`ona deb yuritiladi (energetik pog`onalar, ularning raqam va lotin alifbosining bosh harflari bilan ifodalanadi.
Elektronlar joylashgan orbitallarning bosh kvant son qiymati ortib borgan sari orbitaldagi elektron bilan yadro orasidagi masofa (atomning orbital radiusi) ortib boradi va shu bilan birga, Кulon qoidasiga binoan, yadro bilan elektronning tortishish energiyasi kamayadi. Bosh kvant son qiymati qancha kichik bo`lsa, ayni pog`onachalarda elektronlarning yadro bilan bog`lanish energiyasi shuncha katta bo`ladi, n qiymati ortgan sari elektronning xususiy energiyasi tobora orta boradi. Yadroga yaqin pog`onada joylashgan elektronni tashqaridan qo`shimcha energiya (temperatura, elektr razryad va boshqalar) sarflab bosh kvant soni kattaroq bo`lgan pog`onalarga (atomning qo`zg`algan xolatiga) o`tkazish mumkin. Elektron qo`shimcha energiya qabul qilib n qiymati kattaroq bo`lgan pog`onaga ko`chadi, bunda elektronning xususiy energiyasi ortadi, lekin uning yadro bilan bog`lanish energiyasi kamayadi. Energiya miqdori katta bo`lsa, elektron atomdan chiqib ketadi va ionlangan holatga o`tadi. Yuqori energetik xolatga o`tgan elektron bo`sh qolgan kichik raqamli pog`onaga qaytib o`tganda atom oldin yutilgan energiyani yorug`lik nuri kurinishida (atom spektrini hosil qilib) atrofga sochadi va shunda
elektron asosiy xolatga qaytib keladi (qo`zg`algan xolatning davom etish davri
~10-8 s).
To`lqin mexaniqasiga binoan, energetik pog`onalarning tartib raqami (bo`sh kvant son qiymati) ortib borishi bilan elektron harakat qiladigan orbitallarning Har akteri va miqdori ham uzgarib boradi. har bir bo`sh kvant son (pog`ona) uchun uning qiymatiga teng bo`lgan miqdorda pog`onacha va n2 qiymatga teng bo`lgan miqdorda orbitallar bo`ladi. Energetik pog`onalarni tashkil etuvchi pog`onachalar, orbitallar xillari va sonlari orbital kvant soni yordamida aniqlanadi.


      1. Download 2.01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Elektronning o`z yadrosi atrofidagi harakat formasi: a-sferik, b-elleptik

Download 2.01 Mb.