Elementar zarralar haqida nimalarni bilamiz? O. Q. Quvondiqov, M. U. Sultanov




Download 65.44 Kb.
bet3/3
Sana27.05.2022
Hajmi65.44 Kb.
#22073
1   2   3
Bog'liq
elementar zarra maqola
Ofis, 1, Hojatxonada ушбу дуо ўқилади, 19574, 2-matematika
Kompton effekti − kichik to’lqin uzunlikka ega bo’lgan elektromagnit nurlanishlarining erkin (yoki kuchsiz bog’langan) elektronlarda sochilishi. Bu jarayonda elektron tepki energiyasini oladi, fotonning energiya va impulsi kamayadi, to’lqin uzunligi ortadi.
Kosmik nurlar − asosan protonlardan tashkil topgan, kosmik fazodan (birlamchi nurlanish) Yerga tushuvchi yuqori energiyali zarralar hamda birlamchi zarralarning atmosfera jismlari bilan to’qnashishidan hosil bo’lgan ikkilamchi zarralar oqimi. Tezlatgichlar yaratilgunga qadar kosmik nurlar yuqori energiyali zarralarning yagona manbasi edi.
Leptonlar − kuchli ta’sirlashuvlarda ishtirok etmaydigan, spinlari 1/2 ga teng bo’lgan elementar zarralar. Uch xildagi zaryadli leptonlar mavjud: elektronlar (e), myuonlar (μ), tau−leptonlar (τ) va ularga mos bo’lgan uch xil neytrino: elektron (νe), myuon (νμ) va tau−lepton (ντ) neytrinolari. Leptonlar L = +1 qiymatli lepton kvant soni, antileptonlar esa L = −1 qiymatli kvant soni bilan xarakterlanadi. To’la lepton soni: L = Le + Lμ + Lτ, bu yerda Le, Lμ va Lτ − zarralarga mos keluvchi lepton sonlari.
Massa − zarra yoki zarralar sistemasini xarakterlovchi kattalik. m massali jism E energiyasi va p impulsi bilan quyidagi munosobat orqali bog’langan m2c4=E2-p2c4, bu yerda c − yorug’liq tezligi. C=1 birliklar sistemasida, m2=E2-p2.
Mezonlar − butun spinga ega bo’lgan adronlar. Mezonlar kvark va antikvarklardan tashkil topgan zarralardir. Barcha mezonlar noturg’un bo’lib, ularning yashash vaqti τ ≤ 10−8 s.
Orbital moment − zarralarning boshqa zarralarga (xususiy harakat miqdori − spinidan farqli ravishda) nisbatan fazodagi harakati tufayli paydo bo’lgan harakat miqdori momenti.
Plank doimiysi − kvant nazariyasining fundamental doimiyligi, ta’sir kvanti: ℏ = h/2𝜋 = 1,0546 ∙ 10 −27 erg ∙s = 6,5822 ∙ 10 −25 GeV ∙s.
Relyativistik tezlik – yorug’lik tezligiga yaqin tezlik.
To’lqin funksiyasi −kvant mexanikasida mikroobyektning holatini ifodalovchi asosiy kattalik. Agar zarraning to’lqin funksiyasi (x, y, z,t) bo’lsa, u holda |(x, y, z,t)|2 koordinatalari x,y,z bo’lgan zarraning vaqtning t momentidagi topilish ehtimoliyatini aniqlaydi.
O’ta noelastik jarayonlar − katta E energiya va katta q impuls uzatilshi bilan (bunda albatta
|E2q2 | >> 1 GeV ) adronlarning ko’plikda tug’ilish jarayonlari.
Fermionlar − yarim butun spinga ega bo’lgan zarralar. Aynan bir xil bo’lgan fermionlar tizimlari Fermi-Dirak statistikasiga bo’ysunadi va bunga ko’ra har bir kvant holatda faqat bitta zarracha joylashishi mumkin.
Yemirilish ehtimoliyati − noturg’un zarralarning yemirilish intensivligini xarakterlovchi kattalik; vaqt birligi ichida yemiriluvchi zarralar ulushiga teng va s−1 o’lchamga ega. Yemirilish ehtimoliyati w = − 1/N · dN/dt = 1/ ga teng, bu yerda N − zarralar soni,  − zaralarning yashash vaqti. Yemirilish eksponensial qonun bo’yicha sodir etiladi, t, Nt/No = e−t/ vaqtgacha yashovchi zarralar ulushi.


Download 65.44 Kb.
1   2   3




Download 65.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elementar zarralar haqida nimalarni bilamiz? O. Q. Quvondiqov, M. U. Sultanov

Download 65.44 Kb.