Eng yangi texnologiyalar




Download 16,4 Kb.
Sana26.03.2020
Hajmi16,4 Kb.
#8998
Eng yangi texnologiyalar Oltin tarkibli madanlarni qazish va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK sanoat kompleksi yillar davomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga o`shdi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bunday yo`nalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), Integra YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdan foydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish texnologiyasi va tartibini, madanlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun g`arb namunalaridan qolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlab chiqildi va oltin madanli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi.      1.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi     Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan Ruda avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik taminoti bilan bog`liq vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishning joriy va istiqbolli rejalashtirish masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalari bo`yicha jamlangan malumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi. Sort rejalarini tuzish jarayoni Ruda AT yadrosini tashkil qiladi va bundan mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan ushbu tizimni joriy qilish hisobiga sifatini pasaytirmasdan tovar madanlari 6 ga oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdan Muruntov ochiq koni uchinchi navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqa cho`zish imkonini berdi.      2. Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi     Ishlab chiqilgan, amalda yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasi asosida Muruntov ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va geologlya qidiruv quduqlari sinovining malumotlari bo`yicha zahiralarining kompyuterli ko`p variantli hisobi o`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy xatoligi madan bo`yicha 20.7 dan 9.5 gacha va oltin bo`yicha 23.2 dan 14.8 gacha kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasining ishonchli hisobi olindi, bu Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.      3. Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va uni rivojlantirish grafigini qurishning kompyuter texnologiyalari     Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdek ochiq konning chuqurlanish tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiy grafigini qurish imkoniyatini beradi. Takidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb kompaniyalari foydalanayotgan WITTLE-4D dasturi aytilgan cheklanishlarni hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda o`xshashi yo`q va noyob.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
U Muruntov ochiq konining IV navbatini rivojlantirish uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan taqqoslaganda Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan kon massasining hajmi sezilarli(40 dan ko`proqqa) kamaydi.      4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi     Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar obektlarning koordinatalarini yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi bilan, shuningdek madan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining joylashuvi va harakati hamda qazib olinadigan madan miqdori to`g`risidagi axborot dispetcher pultiga uzatiladi va KICHLAT dasturlarida qo`llash uchun qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATning alohida kichik tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik malumotlar, burg`ilash loyihasi va boshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot madan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingan tizimning iqtisodiy samaradorligi texnologik avtotransport unumdorligining 8-12 ga oshishi bilan asoslanadi.      5. Madan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi     Ekskavator mashinisti madan qazishni portlatilgandan keyin madan bloki ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha madan qazishning murakkabligi(ayniqsa kechqurun) madanning asossiz kamayishi va puch jinslar hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy tasiri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinish bilan Muruntov ochiq konida madan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(madan miqdori va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Љоmpyuter yordamida ekskavator mashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan madan navini har doim bilib turadi, bunda tizim ko`rsatilgan joyga madanning to`g`ri yetkazilayotqanini nazorat qiladi. Qazib olinqan xom-ashyoning sifatini boshqarish tizimi dastlabki baholash bo`yicha puch jinslar hajmini saralash va natijada yo`qotishni 2-3 ga va kambag`allashuvni 5-6 ga kamaytirish imkoniyatini beradi. Tizim yuklanayotgan madan tarkibini taxminan 1-3 ga oshirish, tovar madanlarini balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15 ga ko`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari madanlar chiqishini 10-15 ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan minerallangan massalarninq chiqishini 10-15 ga ko`paytirish imkoniyatini beradi.      6. Oltin sulfidli madanlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi     Oltin sulfidli madanlarni dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan RRS modelli separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. Madanlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki madanning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, oltin bo`yicha boy navli madanlardan, kambag`al va balans madanlardan ajratib olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish imkonini beradi, bu esa ushbu jarayon uchun yanada samaradorli bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli madanlarni boyitishning texnologik sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda erkin oltinli texnologik turdagi Muruntov madanlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi tugallanadi. Bunday madanlarni bilvosita belgilari bo`yicha madan saralash misollari dunyoda yo`q.      7. Tarkibida oltin bo`lgan madanlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish texnologiyasi.     Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 gt bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich LUE-8-5 ning tormozli nurlanishidan foydalangan holda avvaldan tortib tayyorlangan oltin tarkibli madanlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish uchun mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma Aura Texnikaviy Fizika va Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va Elektron-fizikaviy Apparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliy amaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladiganAstat gamma-aktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. Aura qurilmasidan farqli holdaAstatda halaqit beruvchi tasirlarni yanada to`liq hisobga olish imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning besh oynali varianti ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi hisobiga tahlil davomiyligi 17 sekundan 8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada boshqa elementlarini ham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoat sharoitida gamma-aktivatsion tahlil talablaridan kelib chiqib, texnik tavsiflarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqli tezlatgichlar modernizatsiyasi tugallandi. O`zbekiston olimlarining hissasi      Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga O’zbekiston geotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti «O’zGEOTEXLITI», O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), QiziltepageologiyaKGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, Texnolog IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiy davlat konchilik instituti (NDKI), O`zbekiston ilmiy-sanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmon hamkorligi assotsiatsiyasi va respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar
Download 16,4 Kb.




Download 16,4 Kb.