|
«Облако» - Bulut chizish tugmasi
|
bet | 19/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad «Облако» - Bulut chizish tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi chizmalarda izohlarni belgilash ucun qo’llaniladi. Buyruq tugmasi tanlangandan so’ng boshlang’ich nuqta sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Sichqonchani kerakli yo’nalishlarda siljitish bilan ekranda bulutga o’xshash uzluksiz yoylar ketma ketligi hosil qilinadi. Harakatlar qaytib bosh nuqtaga kelganida uzluksiz yoylar hosil qilinishi tugatiladi va ushbu yoylarning barchasi bitta ob’ekt sifatida qabul qilinadi.
«Сплайн» - Lekal egri chiziqlar chizish tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi lekalo egri chiziqlar yasashni nazarda tutadi. Tugma tanlangandan so’ng ekranda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida nuqtalar tanlansa, shu nuqtalardan silliq va ravon o’tuvchi egri lekalo yoylari yasaladi. Uch marta ketma ket “Enter” tugmasi bosilgandan so’ng shakl saqlanib qolinadi.
«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.
Ma’lumki ellips yasash ellipsning katta va kichik o’qlari asosida bajariladi. Buyruq tugmasi tanlanganda ekranda «Конечная точка оси эллипса или ↓» - Ellipsning oxirgi nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadan ↓ tugmasi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi.
Unda «Дуга» - Yoy va «Центр» - Markaz bandlari mavjud bo’lib,
«Дуга» - Yoy bandi ellips yoy chizishni nazarda tutadi. «Центр» - Markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o’qlaridan birining yo’nalishi ko’rsatilib klaviaturadan yarim o’q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o’qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Ekranda berilgan qiymat parametrlari asosida ellips hosil qilinadi.
«Эллиптическая дуга » - Ellips yoy chizish tugmasi.
Ushbu faol tugma funksiasi dastlab ellipsning katta va kichik o’qlari bo’yicha ellips yasashni, so’ng ellipsning ma’lum bir qismida yoy o’tkazishni nazarda tutadi.
«Эллиптическая дуга» - Ellips yoy tugmasi tanlanganda ekranda
«Конечная точка оси эллипса или ↓» - Ellipsning oxirgi nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadan ↓ tugmasi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chaqiri-ladi.
Unda «Центр» - Mar-kaz bandli
mavjud bo’lib,
«Центр» - Markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o’qlaridan birining yo’nalishi ko’rsatilib klaviaturadan yarim o’q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o’qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Endi yoyning bosh nuqtasi vaziyati gradus o’lchovida klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi, so’ng yoyning tugash nuqtasi ham klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi. Ekranda ellips yoyi hosil qilinadi.
|
| |