m n m n m n c 2 c 2 c 2
X.2 – rasm. Osmos hodisasi sxemasi.
Agar tajriba uchun ikki xil
kontsentratsiyali eritma olib, ular o’zaro yarim o’tkazgich parda orqali birlashtirilsa, suyuqlik (erituvchi) kontsentratsiyasi kichik (erituvchisi kuproq) eritmadan kontsentratsiyasi (erituvchisi kamroq) eritma tomon o’ta boshlaydi va ikkala eritmaning kontsentratsiyasi tenglashishi bilan osmos hodisasi to’xtaydi, ya‘ni bu paytda yarim o’tkazgich parda orqali suyuqligi ikkala tomoniga o’tish tezligi tenglashadi va dinamik muvozanat qaror topadi (X.2
– rasm, 1,2,3). Kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan eritmaning osmotik bosimi katta bo’ladi (X.2-rasm, 1),
bunday eritmalar gipertonik eritmalar deb ataladi. Kontsentritsyaisi o’zaro teng bo’lgan eritmalarning osmotik bosimlari ham teng bo’ladi (X.2-rasm, 2), bunday eritmalar
izotonik eritmalar deyiladi. Kontsentratsiyasi kichik bo’lgan eritmalarning osmotik bosimi kam bo’ladi (X.2- rasm,3) va gipotonik eritmalar deb ataladi.
Osmos hodisasi hayvon va o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. Xujayra qobig’i suvni oson o’tkazib, xujayra suyuqligida erigan moddalarni deyarli butunlay o’tkazmaydigan pardadir. Suv xujayraga o’tgach, unda ancha