Eritmalarning umumiy harakteristikasi




Download 116.17 Kb.
bet3/6
Sana07.07.2023
Hajmi116.17 Kb.
#76416
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI
kkkk, Б163, BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH., matlab topshiriq, tuzlarning eruvchanlik deagramasi 12-21 guruh, Mevalar va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashda zamonaviy te, 1-laboratoriya ishi, 1-mavzu, 7-ma\'ruza, 7- mavzu. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xusus, 141, 50---ta, Elektrolitik dissotsia
Eruvchanlik moddaning eriy olish qobiliyati hisoblanadi. O’zida moddalarni eritadigan va ularni o’zining agregat holatiga o’tkazadigan moddalar erituvchilar deyiladi. Eng kuchli va eng ko’p foydalaniladigan erituvchi suv hisoblanadi. Chunki, uning dielektrik singdiruvchanligi (bog’lani bo’shashtirish qobiliyati) 81 ga teng. Har qanday modda har qanday erituvchida va ixtiyoriy sharoitda erib ketavermaydi. Moddalarning erish miqdori eruvchi va erituvchi moddalar tabiatiga, haroratga, konsentratsiyaga bog’liq bo’ladi. Kimyoviy bog’ nuqtai nazaridan modda tabiatiga yondashadigan bo’lsak, qutbli molekulalardan iborat moddalar, asosan, qutbli molekulalardan iborat moddalarda eriydi. Qutbsiz molekulalardan iborat moddalar esa qutbsiz molekulalardan iborat erituvchilarda eriydi. Masalan, HCl qutbli molekula, shuning uchun u suvda yaxshi eriydi. Yod qutbsiz bo’lgani uchun suvda yaxshi erimaydi, balki organic qutbsiz eituvchilarda yaxshi eriydi. Keyingi o’rinda, eruvchanlik haroratga qanday bog’liqligi xususida so’z borar ekan, bir narsani ta’kidlash joizki, harorat ortishi har qanday moddalarda atom va molekulalar harakat tezligining ortishiga olib keladi. Demak, harorat ortishi bilan erituvchi va eruvchi modda molekulalari bir-biri bilan “uchrashish” vaqti qisqarib, erish jarayoni tezlashadi va natijada erish jarayoni jadallashadi. Bundan tashqari, kristall (qattiq) moddalarda atom va molekulalar orasidagi ularni bog’lab turuvchi kuchlar zaiflashib, bu zarrachalar bir-biridan ajrala boshlaydi. Qattiq (kristall) modda yemirilib, uning zarrachalari erituvchi molekulalari orasida tarqala boshlaydi (diffuziya) va erish jarayoni sodir bo’ladi. Demak, kristallar qancha tez yemirilib, qanchalik tez darajada diffuziyalansa, erish jarayoni shunchalik darajada tez sodir bo’lar ekan, buning uchun esa haroratni orttirish kerak ekan. Gaz moddalarda eruvchanligiga harorat aks ta’sir qiladi. Chunki, bu agregat holatida moddalar boshqa (qattiq va suyuq) holatlarga nisbatan uchuvchan (yengil) hisoblanadi. Gaz moddalarni biror suyuqlikda eritib eritma tayyorlash uchun ularning harakat tezligini kamaytirish zarur, shundagina ular suyuqlikdan tashqariga ilgarilama harakat qilmaydi. Qolaversa, gaz modda molekulalari zichlashgan holda yaxshi eriydi, buning uchun esa bosimni oshirish kerak (eslatma, gaz modda siqilgani sayin suyuq holatga yaqinlashadi, suyuq moddaning esa suyuqlikda erishi qattiq va gaz moddalarga nisbatan yengil kechadi). Qattiq va suyuq moddalarni ayni suyuq erituvchida eritilganda aralashtirish ijobiy ta’sir qiladi, ammo gazlarda aks holat kuzatiladi. Shuning uchun, gaz moddalarni suyuqlikda erishini yaxshilash uchun haroratni pasaytirish, bosimni esa oshirish darkor. Izoh: gazlangan ichimliklarda “yaxna holda iste’mol qilinsin” yozuvi bilan tanishsiz, qolaversa, bu turdagi ichimliklar idishda muayyan bosim ostida ushlab turiladi, qopqog’ini ochilishi bilan gaz moddalar idishdan (suvdan) tashqariga – atmosfera havosiga tomon harakat qilib, ajralib chiqa boshlaydi. Qopqoqni ochish natijasida biz idish ichidagi bosimni kamaytiramiz. Endi shu ichimlik to’dirilgan idishni sovutilgan va issiq holatlarida ochsak, ikki xil hodisa kuzatiladi: sovuq holatda gazlarning ajralishi issiq holatga nisbatan sekin sodir bo’ladi. Eruvchanlik inglizcha S (solubility-eruvchanlik) harfi bilan belgilanadi. U 100 g erituvchiga nisbatan grammlarda (g) yoki 1 litr erituvchiga nisbatan mollarda (mol/l) o’lchanadi. Masalan, 30oC da 100 g ( 100 ml ) suvda 58,5 g osh tuzi erishi mumkin bo’lsin. Uni quyidagicha ifodalanadi: S (NaCl)= 58,5 (g) yoki S (NaCl)= 10 mol/l Eruvchanlik koeffitsiyenti – moddaning ayni 100 g ( yoki 1 litr) erituvchida muayyan haroratda erishi mumkin bo’lgan maksimal g (mol) miqdori. Eritmalar moddalarning aralashma holati hisoblanib, gomogen ko’rinishda bo’ladi. Erigan moddalar zarrachalari sonini miqdoriy tavsiflash uchun konsentratsiyalardan
foydalaniladi. Konsentratsiyalarni turlari qaysi miqdorni qanday miqdorga nisbatan olingaligiga qarab belgilanadi.

Download 116.17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 116.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eritmalarning umumiy harakteristikasi

Download 116.17 Kb.