• 4 GAZLARNING SUYUQLIKLARDA ERUVCHANLIGI.
  • Eritmalarning umumiy harakteristikasi




    Download 116.17 Kb.
    bet4/6
    Sana07.07.2023
    Hajmi116.17 Kb.
    #76416
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI
    kkkk, Б163, BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH., matlab topshiriq, tuzlarning eruvchanlik deagramasi 12-21 guruh, Mevalar va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashda zamonaviy te, 1-laboratoriya ishi
    3. ERUVCHANLIK.
    Qattiq modda erituvchi tushirilganda uning ionlar yoki molekulalari qutbli erituvchi molekulalari bilan ta‘sirlashishi natijasida erish jarayoni boshlanadi. Erish vaqtida erish jarayoniga teskari bo’lgan kristallanish jarayoni ham namoyon bo’la boshlaydi. Eritmaga o’tgan zarrachalar qattiq jism sirti bilan uchrashganda o’nga tortilib, qaytadan kristallanadi. Demak, bu yerda ikki qarama qarshi jarayon sodir bo’ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, lekin eritmada zarrachalarning soni ko’paygani sari, kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma‘lum vaqt o’tgandan keyin ikkala jarayon tezligi tenglashadi, ya‘ni bir sekundda necha molekula eritmaga o’tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. U vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida dinamik muvozanat qaror topadi, eritma tuyinadi. Shunday qilib, erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo’la oladigan, ya‘ni muvozanatda turadigan eritma toyigan eritma deb ataladi.
    Moddaning biror erituvchida eriy olish hususiyati shu moddaning eruvchanligi deb ataladi. Moddalarning eruvchanligi (ya‘ni toyingan eritmasining kontsentratsiyasi) erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, shuningdek, temperatura bilan bosimga bog’liq.
    Ayni moddaning ma‘lum temperaturada 100g erituvchida erib toyingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsienti (yoki eruvchanligi) deb ataladi.
    Eruvchanlik – bu moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xossasidir. Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin.
    Suvda eruvchanligiga ko’ra barcha moddalar uchta guruhga bo’linadi: 1) yaxshi eriydigan, 2) kam eriydigan va 3) amalda erimaydigan moddalar. Amalda erimaydigan moddalar to’g’ridan –to’g’ri erimaydigan moddalar ham deyiladi. Nazariy jihatdan olganda mutlaqo erimaydigan modda bo’lmaydi. Xatto oltin va kumush ham juda oz darajada bo’lsa ham suvd eriydi.
    4 GAZLARNING SUYUQLIKLARDA ERUVCHANLIGI.
    Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq o’zgarmas temperaturada ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi:
    m = k ∙R bu yerda : m – ma‘lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning massasi,
    R – gaz bosimi,
    k – proportsionallik koeffitsienti.
    Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xech qanday halal bermaydi, erigan gazning miqdori uning partsial bosimigagina proportsional bo’ladi. (Genri – Dalton qonuni). Genri va Genri – Dalton qonunlariga suyuqlik bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) boysunadi.
    Temperatura ko’tarilishi bilan gazning suyuqlikdagi eruvchanligi kamaya boradi, chunki gazning suyuqlikda erishi ko’pincha issiqlik chiqishi bilan sodir bo’ladi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi grammlar bilan emas, balki millilitrlar bilan ifodalanadi. Masalan, 200 S da 100 ml suvda 87,8 ml SO2, 3,1 ml kislorod eriydi.
    Suyuqliklarning suyuqliklarda erishi.
    Bunday erish uch xil bo’lishi mumkin:
    1) suyuqliklar o’zaro istalgan nisbatda aralashadi (masalan, suv bilan spirt); 2) suyuqliklar o’zaro ma‘lum chegaradagina aralashadi (masalan, suv bilan fenol); 3) suyuqliklar o’zaro aralashmaydi (masalan, suv va simob);
    4) Suyuqlikning suyuqlikda erishi temperatura ortishi bilan ortadi, lekin bosim o’zgarganda kam o’zgaradi. Erish nihoyatda katta (101325 kPa chamasida) bosim qo’llangandagina ko’paya boshlaydi.

    Download 116.17 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 116.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eritmalarning umumiy harakteristikasi

    Download 116.17 Kb.