|
Qattiq jismning suyuqlikda eruvchanligi
|
bet | 5/6 | Sana | 07.07.2023 | Hajmi | 116.17 Kb. | | #76416 |
Bog'liq ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI kkkk, Б163, BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH., matlab topshiriq, tuzlarning eruvchanlik deagramasi 12-21 guruh, Mevalar va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashda zamonaviy te, 1-laboratoriya ishi, 1-mavzu, 7-ma\'ruza, 7- mavzu. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xusus, 141, 50---taQattiq jismning suyuqlikda eruvchanligi.
Bunday eruvchanlik o’zgarmas bosimda temperatura ortishi bilan ortadi. Lekin qattiq modda eriganida issiqlik ajralsa, bu moddaning eruvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi.
Eritma sovitilganda undan qancha tuz (qattiq modda) cho’kmaga tushishini eruvchanlik egri chiziqlari yordamida oson hisoblab topish mumkin. Masalan, agar 100 g suv olib, kaliy nitratning 45 0S da tuyingan eritmasi tayyorlansa, so’ngra u 0 0 S ga qadar sovitilsa, eruvchanlik egri chizig’iga (10.1 - rasm) ko’ra bunda 60 g tuz kristallari cho’kmaga tushishi kerak. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli temperaturadagi eruvchanlik koeffitsienti oson aniqlanadi.
Temperatura pasayganda eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi.
1- rasm. Qattiq moddalarning eriuvchanlik egri chiziqlari.
Agar eritmada aralashmalar bor bo’lsa, kristallanishda doimo toza modda olinadi, chunki eritma hatto temperatura pasayganida ham aralashmalarga nisbatan toyinmagan bo’ladi va ular cho’kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallga tushirish deyiladigan usuli ana shunga asoslangan.
ERITMALAR -
Suyuqlikda 2 yoki undan ortiq komponent(modda)lar aralashmasidan tarkib topgan gomogen (bir jinisli) sistemadir. Moddaning suyuqlikda erishi – bu eruvchi modda molekulasi, atomi yoki ionining erituvchi modda molekulalari orasida bir tekisda tarqalishidir. Erituvchi sifatida suv, yoki boshqa suyuq moddalar (benzin, benzol, spirt, …) ishlatilishi mo`mkin. Erituvchida eriydigan moddalar sifatida erituvchi bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddalar bo`lishi kerak. Aks holda ular boshqa moddaga aylanib ketadi. Shuning uchun erituvchi suv bo`lganda, eriydigan moddalar sifatida tuzlar, ishqorlar, kislotalar, organik moddalar (va ayrim hollarda suv b-n qaytar reaksiyaga kirishuvchi gazlar: NH3, Cl2 va h.o.
To`yingan eritma – bu, eriydigan moddaning ma`lum temperaturada suyuqlikda eriyverib, boshqa eriy olmay qolgan holatidir.
Eritmaning konsentratsiyasi – suyuqlikda moddaning oz, yoki ko`p miqdorda tarqalganligini (ta`mini) bildiradi.
I. Foiz konsentratsiya - erigan moddaning eritmadagi massa ulushining foiz(%)larda ifodalanishi.
ω(%) = (1)
mmod.= (2) Mer.= (3)
1-masala.20%li 150g o`yuvchi natriy bilan, 30%li 200g o`yuvchi natriy eritmalari aralashtirilishidan hosil bo`lgan yangi eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
I erutma II eritma
1-ish (2) formuladan foydalanib mmodda larni opamizt
2-ish har 2la eritmani qo`shamiz: 150ger.+200ger.=350gum.er.
har 2la topgan moddalarni ham qo`shamiz: 30gmod.+60gmod.=90gum.mod.
3-ish topilgan 350gum.er. umumiy eritma b-n 90gum.mod.umumiy moddalardan foydalanib (1) formulaga qo`yamiz:
javob: 25,7%
2-masala. 200g 20%li eritmadan 30%li eritma tayyorlash uchun 60%li eritmadan necha gramm kerak?
II. Molyar konsentratsiya – 1L eritmada erigan moddaning mol miqdoridir.
|
| |