Eritmasidan 0,3 s davomida 1000 a tok o'tsa, katodda qancha mis ajralib chiqadi? Misning elektrokimyoviy ekvivalenti 3,3·10




Download 17.68 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi17.68 Kb.
#41733
  1   2
Bog'liq
masala lar


1Induksiyasi 0,3 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga uzunligi 0,6 m bo'lgan 10 A tokli o'tkazgich kiritildi. Mag­nit maydon tomonidan shu o'tkazgichga ta’sir etishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik kuchlarni aniqlang (N)
2 Aktiv qismining uzunligi 10 cm bo'lgan o'tkazgichdagi tok kuchi 2 A ga teng. U magnit induksiyasi 0,08 T bo’lgan bir jinsli magnit maydonda turibdi. O'tkazgich induk­siya chiziqlariga perpendikular ravishda 10 cm siljiganda qanday (mJ) ish bajariladi?
3. 0°C temperaturadagi aluminiyning qarshiligi 3 marta ortishi uchun uni qanday temperaturagacha qizdirish kerak (°C). Aluminiy uchun qarshilikning termik koeffitsienti 0,004 K -1 ga teng.
4. CuSO4 eritmasidan 0,3 s davomida 1000 A tok o'tsa, katodda qancha mis ajralib chiqadi? Misning elektrokimyoviy ekvivalenti 3,3·10-7 kg/C.
5 Magnit induksiyasi 4 T bo'lgan maydonda joylashgan 1 cm radiusli halqani kesib o'tayotgan magnit oqim 0,628 mWb bo'lishi uchun magnit induksiya vektori bilan halqa tekisligi orasidagi burchak qanday bo'lishi kerak?
6 Induktivligi 3 H bo'lgan g'altakdagi tok kuchi I=2sin30t (A) qonun bo'yicha o'zgaradi. O'zinduksiya EYK tebranishlarining amplitudasi necha volt?
7 Sig'imi 100 μF bo'lgan kondensator va induktivligi 10 μH bo'lgan induktivlik g'altagidan tashkil topgan tebranish konturida 1 min da nechta elektr tebranishlari yuzaga keladi? (π2=10).
8 Transformatorning birlamchi chulg'ami 40 o'ramdan iborat. Kuchlanishni 220 dan 22000 V gacha orttirish uchun transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi o'ramlar soni nechta bo'lishi kerak?
9 Tebranishlar chastotasi 3 Hz bo'lgan to'lqin 2,4 m/s tez­lik bilan tarqalmoqda. Bir-biridan 20 cm masofada joylash­gan nuqtalardagi tebranishlarning fazalar farqi ko'pi bilan qanday?
10. 1 mm iga 400 shtrix to'g'ri keladigan difraksion panjara­ga to'lqin uzunligi 5·10-5 cm bo'lgan yassi monoxromatik yorug'lik to'lqini tik tushmoqda. Spektrning eng katta tar­tibini aniqlang.
11 Chastotasi 1,5·1015 Hz bo'lgan yorug'lik ta’sirida modda­dan uchib chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 3,3·10-19 J ekanligini bilgan holda, shu modda uchun fotoeffektning qizil chegarasini toping (Hz). h=6,6·10-34 J·s.
12 Seziy katodga to'lqin uzunligi 600 nm bo'lgan zarg'aldoq yorug'lik tushmoqda. Seziydan elektronning chiqish ishi 1,8 eV. Berkituvchi potentsial qanday bo'lganda fototok to'xtaydi (V)? h=4,1·10-15 eV·s.
13 To'lqin uzunligi 2,21·10-9 m bo'lgan kvantning massasi­ni aniqlang (kg). h=6,63·10-34 J·s.
14. . Vodorod atomining energiyasi E₁=-1,7 eV bo'lgan barqaror holatdan E₂= -5,8 eV energiyali holatga o'tishda chiqaradigan yorug’lik to'lqinining uzunligini aniqlang (m).h=4,l·10-15 eV·s.
15 Uran yadrosi radioaktiv nurlanib, ketma-ket α, α, β, β, α, α-zarralar chiqarganda hosil bo'ladigan element­ning atom nomeri qanday bo'ladi?
16 Agar bir oydan so'ng radioaktiv moddaning 75% qolsa, shu modda yadrolarining yarim yemirilish davi necha kun? (1 kun=24 soat.)
17 Ushbu Н + He + termoyadro reaksiyasida 17,4 MeV energiya ajraladi. 4 g geliy sintezida necha MeV energiya ajraladi? (NA=6·1023 mol-1, M=4·10-3 kg/mol).
18 Uzunligi 20 cm bo'lgan va 10 A tok o'tayotgan o'tkaz­gich induksiyasi 2 mT bo'lgan magnit maydonda joylashgan. Tok va magnit induksiyasi yo'nalishlari o'zaro 30° burchak hosil qilsa, Amper kuchi qanday (mN) bo'ladi? sin30°=0,5
19 Bir xil tezlikka ega bo’lgan ikkita bir xil zaryadlangan zarralar magnit maydonga kuch chiziqlariga tik yo'nalishda kirib, egrilik radiuslari R2=3R₁ munosabatda bo’lgan traektoriya bo'yicha harakat qila boshladilar. 2-zarra mas­sasi m₂ ning 1-zarra massasi m₁ ga nisbati m₂/m₁ qanday?
20 Mis simning 50°C dagi qarshiligi 2 Ω bo'lsa, uning 100°C dagi qarshiligi necha om bo'ladi? Mis uchun qarshilikning temperaturaviy koeffitsienti 0.004 K -1.
21 Rentgen trubkasida elektronlar anodga yetib borishda 1,2·105 km/s tezlikka erishishi uchun anod kuchlanishi necha volt bo'lishi kerak? Elektron massasi 9·10-31 kg, zaryadi e=l,6·10-19 C
22 Induksiyasi 0,01 T bo’lgan magnit maydonda proton 10 cm radiusli aylana chizadi. Uning tezligini toping (m/s). Protonning massasi 1,67·10 -27 kg, zaryadi 1,6·10 -9 C.
23 Nikel tuzi eritmasidan o'tayotgan 10 A tok 0,5 soat ichida necha gramm nikel ajratib chiqaradi? Nikelning elektro­kimyoviy ekvivalenti 0,3·10-6 kg/C.
24 Agar induktivligi 30 mH bo’lgan g'altakdagi o'zinduksi­ya EYKi 0,3 V bo’lsa, undagi tok kuchining о’zgarish tezli­gi qanday (А/s)?
25 Tebranish konturi induktivligi L=0,1 mH bo'lgan g'al­takdan va sig'imi 1000 dan 10000 pF gacha o'zgaruvchi sig'imli kondensatordan iborat. Shu kontur sozlanishi mumkin bo'lgan to'lqin uzunliklari oralig'i qanday?
26 Tebranishlarning fazodagi tarqalish tezligi 6 m/s va chas­totasi 10 Hz bo lsa, bir-biridan 20 cm masofada turuvchi ikki nuqta orasidagi fazalar farqi ko'pi bilan qanday bo'ladi?
27 Har bir millimetrida 200 ta shtrixi bo'lgan difraksion panjaraga to'lqin uzunligi 5·10 -5 cm bo'lgan monoxroma­tik to'lqin normal tushmoqda. Kuzatish mumkin bo'lgan chiziqlaming eng katta tartibi qanday?
28 Ikki zarra bir-biriga qarab har biri 5c/8 tezlik bilan harakatlanmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanday?
29 Seziy katodga to'lqin uzunligi 600 nm bo'lgan zarg'aldoq yorug'lik tushmoqda. Seziydan elektronning chiqish ishi 1,8 eV. Berkituvchi potentsial qanday bo'lganda fototok to'xtaydi (V)? h=4,1·10-15 eV·s.
30 To'lqin uzuniigi λ=4·10-11 m bo'lgan rentgen nuri ning impulsi qanday (kg·m/s). h=6,6·10-34 J·s.
31 Quvvati 50 W bo'lgan yorug'lik manbai har 2 s da o'rta­cha 2,5·1020 ta foton chiqaradi. Nurlanishning o'rtacha to'lqin uzunligi qanday (μm). h=6,63·10-34 J·s.
32 Tebranish konturidagi zaryadning o'zgarish qonuni q=10 -7cosl06 t (C) ko'rinishga ega. Konturdagi tokning maksimal qiymatini toping (mA).
33. 3 ta proton va 4 ta neytrondan iborat yadroning solishtirma bog'lanish energiyasi 5,6 MeV/nukl. Shu yadroni erkin proton va neytromarga ajratib, yuborish uchun kamida qancha energiya zarur bo`ladi (MeV)?
34. To'lqin uzunligi 500 nm bo'lgan monoxromatik yorug'lik to'lqini davri 2 μm bo'lgan difraksion panjaraga tik tushmoq­da. Ikkinchi tartibli difraksion maksimum qanday burchak ostida ko'rinadi?
35 Biror modda uchun fotoeffektning qizil chegarasi 5·1014 Hz bo'lsa, shu moddadan fotoelektronlarning chiqish ishi necha joul bo'ladi? h=6,6·10-34J·s
1
Download 17.68 Kb.
  1   2




Download 17.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eritmasidan 0,3 s davomida 1000 a tok o'tsa, katodda qancha mis ajralib chiqadi? Misning elektrokimyoviy ekvivalenti 3,3·10

Download 17.68 Kb.