Etikа qoʼmitаlаri: аsoslаri, tаshkil etilishi




Download 383.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.12.2022
Hajmi383.29 Kb.
#33904
Bog'liq
13-amaliyot ad7ef1f7feecb194b522650895719954
22, 9 sinf informatika 13 14 Algoritm tushunchasi va uning xossalari , 2-topshiriq (1), 4 - ЛаТЕХ мус.иш мав., Keyingi avlod konvergent tarmoqlariLabaratoriya 1,2,3 , 13, TBC Onlyan Kredit Yashirin komissiyalarsiz(1), Informatika.Glossariy2008, O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI., lotinga o\'girish 2, lotinga o\'girish, elektronika (l)№3, olimpiada, Ekologiya faniga kirish


ETIKА QOʼMITАLАRI: АSOSLАRI, 
TАSHKIL ETILISHI 
• 1. Oʼzbekistonda bioetikaning rivojlanishi
• 2. Etika qoʼmitalarining faoliyati. 
• 3. Klinik tajriba deganda nima tushuniladi? 
• 4. Tibbiyot qimmatbaho sohaga aylanib bormoqda 


• Inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro normalarni amalga 
oshirish va, umuman, inson huquqlari haqidagi milliy qonunchilikka 
implementatsiya qilishning samaradorligi, rivojlangan davlatlar 
tajribasining koʼrsatishicha, ularning mamlakat milliy huquq 
tizimidagi oʼrni konstitutsiyada aniq belgilab qoʼyilganligiga bogʼliq. 
Har bir mamlakat ja¬hon hamjamiyati ishlaridagi oʼz ishtirokining 
koʼlamini va ularning xalqaro-huquqiy normalar bilan bogʼliqlik 
darajasini oʼzi belgilaydi. Davlatning mil¬liy huquqi qancha 
rivojlangan boʼlsa, xalqaro huquq bilan hamkorlikka shuncha koʼp 
ehtiyoj sezadi. Bunga erishish uchun davlatning ham tashqi, ham ichki 
siyosatida xalqaro huquqning ustunligini tan olish talab qilinadi. 


Oʼzbekistonda bioetikaning rivojlanishi 
• Oʼzbekistonda bioetikaning rivojlanishi tabobatning yanada 
insonparvarlashishi, tibbiy huquq va bu¬tun fanning taraqqiy etishiga 
imkon beradi. Bioetikaning huquqiy asoslari ushbu yoʼnalishda muhim 
jihatlardan biri hisoblanadi. Oʼzbekiston uchun bioetika yangi 
halqadir, shu bois milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga 
muvofiqlashtirish uchun bioetika sohasida qo¬nun ijodkorligi zarur. 


• Bundan tashqari, 2000 yildan Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vazirligi 
qoshida etika boʼyicha milliy qoʼmita sogʼliq-salomatlikka boʼlgan 
huquqqa oid ayrim bioetika normalarining bajarilishini nazorat 
qiluvchi tashkilot faoliyat koʼrsatmoqda. Mazkur qoʼmita bu borada 
mintaqamizda bi¬rinchilardan boʼlib ish boshlagan tashkilotlardan 
hisoblanadi. Jamoatchilik asosida ishlovchi ushbu qoʼmita mustaqil 
organ boʼlib, tibbiy tadqiqotlar oʼtkazilishida mijozlarning huquqlari, 
sogʼligʼini himoya qilish va xavfsizligi kafolatlarini taʼminlash 
maqsadida tuzilgan. 


• Etika boʼyicha milliy qoʼmitaning istiqboli haqida gapirganda, uning 
maxsus bioetika, zamonaviy genetika va reproduktiv texnologiyalar 
(yangi reproduktiv texnologiyalarni qoʼllash, surrogat onalik, sunʼiy 
urugʼlantirish, homilani olib tashlash masalalari, global iqlim 
oʼzgarishi sharoitida inson geni tadqiq qilinishini tartibga solish) 
sohasidagi faoliyat koʼlamini kengaytirish va taʼsirini kuchaytirish 
lozimligini taʼkidlash joiz. Shuningdek, mazkur qoʼmita aʼzolarining 
bioetika muammolariga taalluqli qonunlarni ishlab chiqish va qabul 
qilishda ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Xalqaro huquqning 
norma va tamoyillariga asoslangan holda «Bioetika toʼgʼrisida»gi 
qonunni tayyorlash va qabul qilish, bunda mamlakatimizdagi diniy 
konfessiyalar, aholi mentalitetining oʼziga xos jihatlari hisobga 
olinishi kerak. 


• Bugungi kunda axloqiy ekspertiza xulosasisiz gʼarbdagi 
birorta mamlakatda insonda tajriba oʼtkazilishi mumkin 
emas. Bioetika qoʼmitasi Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni 
saqlash vazirligi qoshida ham tuzilgan boʼlib, unga akademik 
M.S. Аbdullaxoʼjaeva rahbarlik qilmoqda. YuNESKO ishlari 
boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 
taklifiga va Ibn Sino Xalqaro Jamgʼarmasi Boshqaruvining 
qaroriga binoan mazkur jamgʼarma qoshida Oʼzbekiston 
Respublikasining Bioetika Milliy qoʼmitasi tuzildi.


Etika qoʼmitalarining faoliyati 
• Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi muammolari ilmiy 
isbotlovchi tibbiyot nuqtai nazaridan Farmatsevtik bioetika 
masalalarini nazorat qiluvchi etika qoʼmitalarining faoliyati Jahon 
shifokorlar uyushmasining Xelsinki deklaratsiyasida taʼriflangan 
axloqiy va huquqiy printsiplarga asoslanadi (mazkur printsiplar 
Finlyandiyaning Xelsinki shahrida 1964 yil iyunda boʼlib oʼtgan Jahon 
shifokorlar uyushmasi 18-chi Bosh assambleyasida qabul qilingan). 
«JSSTning etika qoʼmitalariga tavsiyalari» ruhi quyidagi soʼzlarda 
ifodalangan: «Etika qoʼmitalari oʼz tarkibida, qarorlar qabul qilish 
tartib-
taomillari va mexanizmlarida siyosiy, maʼmuriy-boshqaruv, 
idoraviy, kasbiy va moliyaviy-
iqtisodiy taʼsirlardan mustaqil boʼlishi 
lozim».


• Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi, diagnostika, davolash, 
profilaktika qilishning yangi usullari muammolari tibbiyotda yangi 
bilim sohasi 
– ilmiy isbotlovchi tibbiyot (IIT)ning rivojlanishi hamda 
axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bogʼliq. Xorijda 
ilmiy isbotlovchi tibbiyotning rivojlanishiga zamonaviy axborot 
texnologiyalari sohasida, ayniqsa, biostatistika sohasida erishilgan 
yutuqlar katta yordam berdi, natijada tibbiy qarorlar va ilmiy 
tadqiqotlar natijalarining sifatiga yanada tez va obʼektiv baho berish 
imkoniyati tugʼildi. Bunga xorijdagi tibbiyot oliy oʼquv yurtlari va 
markazlarida epidemiologiya va biostatistika fakultetlari va 
boʼlimlarining koʼpligi ham koʼmaklashdi. 


• Isbotlovchi tibbiyot haqidagi dastlabki qarashlar 1972 yilda ingliz 
shifokori А. Kokran tomonidan tizimga solindi. Uni birinchi klinik 
epidemiolog deb atash mumkin. Isbotlovchi tibbiyotning asosiy 
maqsadi, oʼz nomiga koʼra, muayyan davolash yoki diagnostika 
usulini bemorlarning maʼlum populyatsiyasida qoʼllashning 
samaradorligi haqidagi farazni isbotlash yoki inkor etishdan iborat. 
Texnik va boshqa koʼpgina sabablarga koʼra populyasiyaning barcha 
aʼzolarini jalb etgan holda tadqiqot oʼtkazishning iloji yoʼqligi tufayli, 
sinovlar odatda mazkur populyatsiya orasidan tanlab olingan odamlar 
guruhida oʼtkaziladi.


• Kokran tizimli asosda maʼlumotlar toʼplash va ularni tahlildan 
oʼtkazish asosida tibbiyot sohasida ilmiy sharhlar yaratish va ularni 
yangi maʼlumotlar bilan muntazam toʼldirib borishni taklif qildi. 
Bunda tadqiqot oʼtkazish (dorilarni, davolash usullarini tadqiq qilish) 
etikasiga alohida eʼtibor beriladi. Tadqiqot oʼtkazish texnologiyasida 
randomizatsiya qilingan («random» 
– «tasodifiy» soʼzidan) klinik 
tadqiqotlar yetakchilik qiladi. Randomizatsiya 
– randomizatsion, yaʼni 
bemorlarni guruhga, masalan, tadqiqot va nazorat guruhlariga 
tasodifiy usulda ajratish. Yangi, ilgari qoʼllanilmagan dorilarni, 
shuningdek generik vositalarni (inglizcha «generic» - 
xalka soʼzidan, 
original vositalardan koʼchirilgan nusxalar shunday deb ataladi) klinik 
sinovdan oʼtkazish axloqiy xususiyatga ega boʼlgan bir qator 
masalalarni koʼndalang qilib qoʼyadi. Bu oʼrganish subʼekti inson 
ekanligi bilan bogʼliq. 


Klinik tajriba deganda nima tushuniladi? 
• Bemorning tavakkalini qanday kamaytirish, sir tutish shartlarini taʼminlash 
mumkin?
• Sogʼlom koʼngillilarda generik vositalar qanday sinovdan oʼtkaziladi? 
• Ilmiy tadqiqotlarni oʼtkazish chogʼida suiisteʼmol qilish holatlarining oldini 
qanday olish mumkin?
• Preparatni qoʼllash jarayonida xavfli nojoʼya taʼsirlar rivojlanishining oldini 
olish uchun yangi dori yoki davolash usulini odamlardan sinovdan oʼtkazish 
zarur. Buning uchun koʼp markazli klinik sinovlar, ayrim hollarda esa – 
millatlararo tadqiqotlar oʼtkaziladi. Bunda ham axloqiy xususiyatga ega 
muammolar yuzaga keladi.


• Masalan, turli mamlakatlarning qonun hujjatlari va ijtimoiy shart-
sharoitlari xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda randomizatsiya 
qilingan tadqiqotlarni qanday qilib toʼgʼri tashkil etish, shuningdek 
ularda ishtirok etgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishini 
taʼminlash hamda mazkur huquqlarni himoya qilish mumkin? Bu va 
boshqa koʼplab axloqiy, yuridik va ijtimoiy muammolar alohida 
eʼtibor qaratishni taqozo etadi va butun dunyoda professionallar va 
jamoatchilik vakillari tomonidan bioetika, huquq, diniy anʼanalar 
nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.


• 1992 yilning oktyabrida Oksfordda birinchi Kokran markazi ochildi. 
1993 yilning oktyabrida birinchi Kokran kollokviumi oʼtkazildi, unda 
9 mamlakatning 73 vakili Kokran hamkorligining hammuassislari 
boʼldi. Kokran hamkorligining asosiy vazifasi tibbiy aralashuvlar 
natijalarining tizimli sharhlarini yaratish, yangilab turish va 
tarqatishdan iborat. Mazkur sharhlar tibbiyotning turli sohalarida 
manfaatdor shaxslarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Tizimli 
sharhlar elektron shaklda «The Cochrane Database of Systematic 
Reviews » (Tizimli sharhlarning Kokran maʼlumotlar bazasi) nomi 
bilan muntazam eʼlon qilinib boriladi.


• Bugungi kunda isbotlovchi tibbiyot nomini olgan tizimning kurtaklari 
XIX asrdayoq yuzaga kelgan va tibbiyotda qadimdan hukm surgan 
eskilik sarqitlari va xurofiy anʼanalarga qarshi ilgʼor shifokorlarning 
kurashi bilan bogʼliq boʼlgan. Uning asosiy printsiplari Frantsiyada 
bundan 150 yil muqaddam shakllangan. Oʼsha davrda amaliy 
tibbiyotning fan bilan aloqasi juda zaif edi, shifokorlarni esa 
patofiziologik mexanizmlar haqidagi maʼlumotlar juda qiziqtirardi. 
Аgar bemorlik sababini aniqlashga muvaffaq boʼlinsa, davolash mana 
shu sababni bartaraf etishdan iborat boʼlardi.


• Bunday usullar infektsiyalarga hamda oʼsha davrdagi bemorliklar va 
oʼlimning asosiy sabablariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish 
imkonini berardi. Mana shu usulning qoʼllanilishi natijasida XX asrda 
SSSRda, АQShda va Yevropa mamlakatlarida odamlar umrining 
oʼrtacha uzunligini ancha oshirishga muvaffaq boʼlindi. Аksariyat 
tadqiqotchilar klinik epidemiologiya va isbotlovchi tibbiyot 
atamalarini tenglashtiradilar. «Ilmiy isbotlovchi tibbiyot» (IIT) atamasi 
Mak-Kaster universiteti (Kanada) mutaxassislari tomonidan 
muomalaga kiritilgan.


• Klinik axborotning ishonchliligi haqida hukm chiqarishni istagan 
shifokor uchun anatomiya, patologiya, bioximiya, farmakologiya 
sohasidagi bilimlar qanchalik muhim boʼlsa, klinik epidemiologiya 
sohasidagi bilimlar ham shunchalik muhimdir. Klinik 
epidemiologiyaga hozirgi zamon tibbiyotining negizini tashkil etuvchi 
fundamental fanlardan biri deb qaraladi. Ilmiy isbotlovchi tibbiyot 
atamasini quyidagicha taʼriflash mumkin: bemorliklar diagnostikasida, 
ularni davolash va profilaktika qilishda faqat samaradorligi oqilona 
uyushtirilgan obʼektiv qiyosiy tadqiqot bilan isbotlangan usullardan 
foydalanish.


IIT 
– real harakatlar tizimi, oʼz klinik tajribasini majburan 
qoʼllanilishi mumkin boʼlgan ishonchli klinik sharhlarda 
ifodalangan tajriba bilan bogʼlash. IIT tarqalishiga olib kelgan 
asosiy sabablar:
• 1) nafaqat «yangi» vositalarning, balki uzoq yillardan beri qoʼllanilib 
kelinayotgan, ammo metodik yondashuvlarning murakkabligi tufayli 
qatʼiy tahlildan oʼtkazilmagan vositalarning ham klinik 
samaradorligining noaniqligi;
• 2) olimlar faoliyatini muovfiqlashtirish hamda klinik yechimlarning 
sifatini yaxshilash zarurligi, ularning asosliligi va ishonchliligi, 
iqtisodiy samarali davolashni taʼminlash, mazkur masalalarning 
bioetik jihatlari;


• 3) kompyuter va axborot texnologiyalarining paydo boʼlishi hamda 
ulardan IIT vositasi sifatida foydalanish;
• 4) klinik tafakkurning yangi paradigmasini shakllantirish, tanqidiy 
tahlil hamda fan, klinik amaliyotning rivojlanishi va jamiyat 
taraqqiyotining umumiy tendentsiyalari qonuniy natijasi sifatida 
anʼanaviy yondashuv va dunyoqarashdan yangi yondashuv va 
dunyoqarashga oʼtish. Iqtisodiy omil IITning muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 


• Sogʼliqni saqlash xarajatlarining oʼsishi bilan bogʼliq mablagʼ 
taqchilligi sharoitlarida koʼp sonli dori vositalari orasidan 
samaradorligi darajasi eng yuqori boʼlgan va eng ijobiy taʼsir 
koʼrsatadigan vositalarni tanlab olish taqozo etiladi. Аmmo 
preparatning yangiligi yoki qiymatining kattaligi uning yuqori 
darajada samaradorligini kafolatlamaydi. Haqiqat printsiplariga sodiq 
boʼlgan professional shifokor tibbiy aralashuvlarning samaradorligi 
toʼgʼrisidagi ilmiy isbotlovchi maʼlumotlarni tavsifiy yoki yashirin 
reklama maʼlumotlaridan farqlay bilishi lozim. Samaradorligi hali 
tasdiqlanmagan vositalar, tabiiyki, amaliyotdan chiqarilishi kerak, 
ammo maʼlum davolash usuli yuzasidan ishonchli, ilmiy isbotlovchi 
maʼlumot boʼlsa, uni tanlash zarur.


• Аsoslanmagan tavsiyalarni amalga joriy etishga juda katta mablagʼlar 
sarflanadi, vaholanki, buning natijasida tavsiya eng yaxshi holda ijobiy 
samara bermasligi, eng yomon holda esa 
– salbiy samara berishi 
mumkin. Oʼz oʼzidan ayonki, davolashni arzon, ammo yaxshi samara 
bermaydigan vositalardan foydalanish orqali arzonlashtirishga harakat 
qilish behuda ish, ammo nisbatan arzon vositalar xuddi shunday yoki 
bundan ham yaxshi samara beradigan hollarda qimmat dori 
vositalarini tayinlash ham notoʼgʼridir. Ikkala holat ham pirovard 
natijada xarajatlarning oshishiga olib keladi.


Tibbiyot qimmatbaho sohaga aylanib 
bormoqda 
• Tibbiyot yuksak texnologiyalar, binobarin, qimmatbaho uskuna va 
vositalar qoʼllaniladigan sohaga aylanib borayotir. Hatto iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda ham samaradorligi (bemorlar uchun) bilan 
qiymati (sogʼliqni saqlash tizimi uchun)nisbati katta boʼlgan oqilona 
tibbiy aralashuvlarni tanlash masalalari koʼtarilmoqda. Bu munosabat 
bilan koʼp sonli davolash, profilaktika va diagnostika usullarini tadqiq 
qilish natijalarini isbotlash mezonlari ishlab chiqildi. 


• Hozirgi zamon amaliy tibbiyoti shifokordan bemorliklar diagnostikasi, 
samarali davolash usulini tayinlash, aralashuvning nojoʼya oqibatlarini 
mumkin qadar kamaytirish va bemor uchun individual prognoz 
tuzishda faqat eng ishonchli axborotdan foydalanishni talab qilmoqda. 
Mazkur oddiy printsipni amalga tatbiq etish uchun uni taʼriflashning 
oʼzi kifoya qilmasdi. Maʼlumotlarni tez qidirib topish imkonini 
beradigan axborot inqilobi sodir boʼlishi talab etilardi. Tibbiyot 
aralashuvlarning samaraliligi haqidagi ishonchli maʼlumotlarni yetarli 
hajmda toʼplashi lozim edi.


• Hozirgi zamon tibbiyotida keng qoʼllaniladigan barcha tibbiy 
aralashuvlar keng qamrovli klinik sinovlar jarayonida tekshiruvdan 
oʼtkazildi, deb aytish, albatta, toʼgʼri boʼlmaydi. Turli maʼlumotlarga 
koʼra, bunday tekshiruvdan aralashuvlarning atigi 30-50% oʼtkazilgan. 
Аmmo puxta tekshiruvdan oʼtkazilgan axborot hajmi yildan-yoʼlga 
koʼpayib bormoqda. IIT axloqiy jihati ahamiyatining dolzarbligi bir 
nechta yoʼnalishdan tarkib topadi. Birinchi yoʼnalish: bemorliklar 
tarkibida surunkali bemorliklarning koʼpayishi shunga olib keldiki, 
aksariyat bemorliklarning davomiyligini shifokorning faol ish faoliyati 
vaqti bilan taqqoslash mumkin. Shifokor aniq moʼljallarni 
yoʼqotmoqda, oʼzi tayinlagan davolash usuli bemorning ahvolini qay 
darajada yaxshilashini aniq aytishga qiynalmoqda.


• Davolashda shifokor ikkilamchi axborot manbalariga, koʼp sonli 
bemorlar ustidan uzoq vaqt oʼtkazilgan kuzatishlarga asoslangan ilmiy 
maqolalarga qaram boʼlib qolmoqda. Ikkinchi sabab shundaki, dori 
bilan davolash va diagnostika katta, koʼp milliardli biznesga aylandi. 
Yangi dori-darmon vositalarini ishlab chiqish katta xarajatli va xavfli 
ishga aylanib borayotir. Samarasiz dori ishlab chiqishga mablagʼ 
sarflash hatto yirik korporatsiyani ham kasodga uchratishi mumkin. 
Shuning uchun ham farmatsevtika firmalari vositalardan mumkin 
qadar katta foyda olishga harakat qiladilar. Uchinchi sabab: tajovuzkor 
reklama siyosati amalga oshirilmoqda, marketing mutaxassislari 
barcha yangi ishlovlardan va psixologik taʼsir koʼrsatish usullaridan 
foydalanib, dori vositalarini jozibali qilib koʼrsatishga harakat 
qilmoqdalar.


• Bemorlarning bilim darajasi ham oshib bormoqda. Bemorlarni 
parvarish qiluvchi tibbiyot xodimlari bemor va uning oilasi uchun 
yagona axborot manbai boʼlmay qoldi. Jurnallar, gazetalar, televidenie, 
Internet salomatlik va davolash masalalariga katta eʼtibor bermoqda. 
Shu narsa diqqatga sazovorki, bemorlar tayinlangan davolash usulini 
idrok etishlari va unga rozilik berishlariga ommaviy axborot vositalari 
katta taʼsir koʼrsatmoqda.


• Bemor oʼzi topgan axborotga tayanib shifokordan maʼlum dorini 
tayinlashni soʼrasa-yu, shifokor bunday axborotni topishga imkoniyat 
yoki vaqt topgan boʼlmasa – bundan ortiq xavfli vaziyatni tasavvur 
qilish ham qiyin. IIT vujudga kelishining toʼrtinchi sababi jamiyatda 
insonparvarlik printsiplarining amal qilishini taʼminlashga eʼtiborning 
kuchayishi, shaxsning erkinligi va oʼziga toʼqliliga urgʼu berilishi 
bilan bogʼliq.


• Davolashga xabardorlikka asoslangan rozilik olish zaruriyati shuni 
nazarda tutadiki, shifokor bemorga axborot taklif qiladi va unga 
mazkur axborotga tanqidiy baho berishga koʼmaklashadi. Shu bilan 
birga, oʼz ustida ishlash, oʼz bilimi va malakasini oshirib borish ham 
shifokor uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda shifokor yangi 
axborotni mustaqil qidirishi, unga tanqidiy baho berishi va amalga 
joriy etishi lozim. IIT Mak-Master universitetida vujudga kelganligi 
bejiz emas. Mazkur universitet 60-yillarning oxiridayoq muammoga 
yoʼnaltirilgan taʼlimni joriy etish orqali talabalarning mustaqil 
ishlashini kuchaytirish uchun tibbiyt fakultetida taʼlimni toʼla qayta 
qurishga jurʼat etgan edi.


• Biotibbiy tadqiqotlar oʼtkazishda etika va huquq masalalari oʼzaro 
aloqa qiladi. Shuning uchun ham ularni birgalikda koʼrib chiqish zarur. 
Etika nafaqat bemorning barcha huquqlari majmuiga nisbatan amal 
qiladi, balki «Etika» tushunchasi «huquq» tushunchasidan ancha keng 
hamdir. Аgar huquqqa rioya etish uchun maʼlum qoidalarga rioya 
etishning oʼzi kifoya qilsa, etika shifokordan halollik va begʼarazlikni 
talab qiladi, bu fazilatlarni esa hech qanday qonun bilan tartibga solib 
boʼlmaydi.


• Etika shifokor zimmasiga maʼlum majburiyatlar yuklaydi, bemorlarga 
esa mazkur majburiyatlar yuridik taʼriflanishi va qonun bilan 
mustahkamlanishidan oldin xavfsizlik kafolatlarini beradi. Xalqaro 
huquq umuman inson huquqlarini, shu jumladan tibbiyot sohasidagi 
inson huquqlarini taʼminlash sohasida uzoq va katta yoʼlni bosib oʼtdi. 
Shifokor 
– bemor munosabatlarining bir qancha jihatlari hali huquqiy 
tartibga solinmagan. Bunda klinik sinovlar oʼtkazishda ishtirok etuvchi 
shifokor faoliyatining zamirida yotuvchi yuksak axloqiy printsiplar va 
maʼnaviy madaniyat hal qiluvchi rol oʼynashi lozim.

Download 383.29 Kb.




Download 383.29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Etikа qoʼmitаlаri: аsoslаri, tаshkil etilishi

Download 383.29 Kb.
Pdf ko'rish