Evolutsion ta'limot




Download 134.5 Kb.
bet1/13
Sana30.03.2023
Hajmi134.5 Kb.
#47743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Berdiyorova N
Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, 15-top, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1

Reja.
1.Kirish.


2.Mikroevolutsiya. Makroevolutsiya.
3.Populyatsiya-evolutsiyaning boshlang‘ich birligi.
4.Evolutsiyaning boshlang‘ich hodisasi.
5.Evolutsiyaning boshlang‘ich omillari.
6.Genlar dreyfi.
7.Populyatsiya to‘lqini.
8.Xulosa.
9.Foydalanilgan adabyotlar.

Kirish
Evolutsiyaning sintetik nazariyasi X asrga kelib, irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har kiruvchi xil turga organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi. Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirada bir xil tarqalmagan bo'lib, ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarda esa zich joylashgan. Chunonchi, qayin G'arbiy Sibirning o'rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida tarqalgan. Bir turga kiruvchi individlarning arealda bir xil tarqalmasligi, turli yerlarda hayot sharoitining har^xil bo'lishi-dandir. Populyatsiya deyilganda bir tur tarqalgan arealning ma'lum


qismida joylashgan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan, urchib ko'paya oladigan individlar yig'indisi tushuniladi. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanish mumkin bo'lgan organizmlarning kichik yig'indisidir. Tur doirasida orga­nizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular uzoq mud-dat shunday holatda bo'lmay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populyat­siyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joy-lardagi turlarda populyatsiyalar soni ko'p, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan awalo egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simlik-larning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq.
EVOLUTSIYANING SINTETIK NAZARIYASI

XX asrga kelib, irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi.


Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kombinativ, rekombina-tiv o'zgaruvchanlik.
2. Evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi mutatsion jarayon.
3. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi populyatsiya.
4. Evolutsiyaning boshlang'ich omillari populyatsiya to'lqini, genetiko-avto-matik jarayonlar, alohidalanish.
5. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
6. Tur morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuv-chi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo'lishi mumkin.
9. Evolutsiya asta-sekin uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chiqishi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almashinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'tiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib
bo'lmaydi.
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so'z yuritilar ekan, awalo evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'lgan populyatsiyani yoritish joizdir.

Download 134.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 134.5 Kb.