F itopatagen viruslar va ularning xalq xòjaligidagi ahamiyati




Download 61.55 Kb.
Sana04.03.2024
Hajmi61.55 Kb.
#166715
Bog'liq
FITOPATAGEN VIRUSLAR VA ULARNING XALQ XÒJALIGIDAGI AHAMIYATI
1696843116 (1), INSON PSIXOLOGIYASI, Ma’ruza. 2-otm pedagogika tarixi va pedagogik mahorat, Кибер

F ITOPATAGEN VIRUSLAR VA ULARNING XALQ XÒJALIGIDAGI AHAMIYATI
V iruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" atamasi har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa, nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng viruslar tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim Viruslar (masalan, gripp viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Masalan, bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab viruslar vujudga keladi. Viruslarning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi viruslarning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Laboratoriyada oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina Viruslar yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi viruslar tashqi k oʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan i borat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteidlar, uglevodlar va lipidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen viruslar tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK (Ribonuklein kislota) (dezoksiribonuklein kislota) bor. Baʼzi viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (masalan, tamaki mozaikasi viruslar) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Viruslarning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki Viruslar morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. Viruslar urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (masalan, Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.
V iruslar organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, viruslar oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp viruslar va boshqalarda hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. Viruslar organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina viruslar hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli granulyoz). Viruslar bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. Viruslar ekologik, biologik va boshqa. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. Viruslar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi viruslar urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha viruslar kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. Viruslarning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). Viruslarni virusologiya fani oʻrganadi.
Bir guruh olimlarning fikricha viruslar qadimgi hujayra shakliga ega bo’lmagan tirik parazit sistemaning turkumi bo’lib, faoliyati bo’yicha xo’jayin hujayrasi bilan bog’liq, ammo mustaqil holda rivojlanuvchi va irsiy jihatdan xo’jayin hujayrasidan alohida bo’lgan organizmdir. Ularda turli xil nuklein kislotalarining bo’lishi, yo’q bo’lib ketgan hujayralargacha bo’lgan bir ipli RNK ning ikki ipli DNK ga aylanishi evolyusiyasidir.
Ikkinchi guruh tarafdorlari viruslar evolyusiya jarayonnda oqsil sintez qiluvchi sistemani yo’qotgan va haqiqiy hujayra ichidagi parazitga aylanib qolgan degan fikrdalar.
Uchinchi guruh olimlarning fikricha, viruslar hujayra elementlaridan hosil bo’lib. avtonom sistemaga aylanib qolgan. Bu gipotezaga ko’ra viruslarning irsiy materiali xilma-xil, bundan tashqari hujayra tarkibida ko’pgina tuzilmalar bo’lib, ular virus komponentlariga qardosh bo’lishi mumkin. Masalan: DNK, RNK, plazmidalar va boshqalar.
H ozirgi tushunchaga muvofiq viruslar tuzilishi, kimyoviy tarkibi, irsiy apparatiga ko’ra prokoriot va zukariotlardan farq qiladi. Ammo barcha tirik sistema kabi ular o’z-o’zidan hosil bo’lish, o’zgaruvchanlik, irsiy materiallarni o’tkazish, xo’jayin hujayrasi bilan o’zaro munosabatining o’ziga xosligi, yashash muhitiga moslashganligi, xo’jayinni o’zgartirib, tabiatda aylanib yurish xususiyatiga ega.
V iruslar xo’jayin hujayrasiga kirguncha yirik molekula shaklida bo’lib, hujayraga kirgach tirik sistemaga aylanadi, ko’payadi va o’z xususiyatlarini nasldan-naslga beradi. Viruslar tabiatda ikki xil: 1) hujayradan tashqarida virion va 2) hujayra ichida vegetativ (ko’payadigan) shaklda bo’ladi.
Viruslar qat’iy hujayra ichida yashovchi parazitlari bo’lib, organizmdan tashqarida to’g’ima elementlari bo’lmagan sun’iy oziq muhitlarda o’smaydi «Karrel to’qima kulturalari, Meydlan Tirode zardobli to’qima bulaklari, Sinsser Tirode zardobli agari va boshqalar).
Viruslarning xo’jayin hujayrasi bilan tasirlashuvi ko’p bosqichli murakkab jarayon hisoblanadi. Bu ta’sirlashuv natijasida produktiv, abortiv, integrativ jarayon rivojlanadi. Produktiv shaklda virus reproduksiyasi kuzatiladi, abortiv ko’payish jarayoni amalga oshmay, virus chiqarib yuborilishi mumkin, integrasiyada virusning nuklein kislotasi hujayra genomiga biriktiriladi.
Viruslarning ko’payishi bakteriyalarning ko’payishidan tubdan farq qiladi. Ularning kupayishi disyunktiv (lotincha disjunctus – alohida ajralgan holda) tipda amalga oshadi. Bunda virusning tarkibiy qismlari (Nuklein kislota, virus oqsili va boshqalar) hujayrada, virus nuklein kislotasida kodlangan axborotga binoan alohida-alohida sintez qilinadi va keyin virion yig’iladi.
V irus reproduksiyasini shartli ravishda ikki fazaga bo’lish mumkin. Birinchi fazada virusning hujayraga adsorbsiyasi va uning ichiga kirishi, nuklein kislotasining oqsillardan xalos bo’lishi va infeksiya qo’zg’atishi uchun modifikasiya qilinishi yotadi. Binobarin, bu faza 3 bosqichdan tashkil topgan: 1) virusning hujayraga adsorbsiya qilinishi; 2) hujayra ichiga kirishi: 3) virusning hujayrada "yechinishi". Bu bosqichlar virusning unga moyil hujayraga kirishi va uning ichki komponentining himoya qobiqlaridan xalos bo’lishiga qaratilgan. Birinchi faza tamom bo’lishi bilan reproduksiyaning ikkinchi fazasi boshlanadi. Bu fazada quyidagi bosqichlar mavjud: 1) transkripsiya: 2) a-RNK ning uzatilishi; 3) genom replikasiyasi; 4) virus komponentlariniig yig’ilishi.
Reproduksiyaning oxirgi bosqichida virus hujayradan chiqadi.
Birinchi bosq i c h - adsorbsiya. Virionlar hujayra mbranasidagi neyramin kislotani tutuvchi glikoprotein tabiatli reseptorlarga birikadn. Bunday resentorlar organizmdagi ko’pgina hujayralarda mavjud, eritrositlar shu jumlaga kiradi. Sial kislotasini tutuvchi (gangliozitlar) orto- va paramikroviruslar uchun, hujayra membranasidagi oqsil glikolipidlar va lipidlar esa boshqalar uchun maxsus reseptorlar hisoblanadi.
Kapsid va superkapsidlar tarkibidagi oksidlar viruslarning reseptorlari sifatida xizmat qiladi. Ular (adenoviruslarning kiprikchalari) yoki tikanak (orto- va paramikso-, rabdo-, areno- va bunyaviruslarning tashqi qobig’idagi glikoproteinlar) ko’rinishida bo’ladi.
Adsorbsiyaning birinchi bosqichi molekulalar o’rtasidagi tortilish kuchlarn hisobiga, ikkinchisi virusga moyil hujayralar reseptorlarining tuzilishidagi gomologiya (o’xshashlik) yoki komplementarlik hisobiga amalga oshadi.
Ikkinchi bosqich- virusning hujayra ichiga kirishi. Bu jarayon reseptorli endositoz (viropeksis) va membranalarning qo’shilishi natijasida ro’y beradi. Viropeksisda plazmatik membraning reseptor tutuvchi invaginasiya qilingan knsmiga virus birikadi. Keyin virus atrofida vakuola hosil bo’ladi va undan virus o ’zagi sitoplazmaga chiqadi. Bunday yo’l adenovirus, gripp virusi va boshqalarga xos.
Ikkinchi bosqichda virus qobig’i va hujayra membranasi qo’shiladi, natijada virion o’zagi sitoplazma ichiga; agar yadro membrana bilan qo’shilsa, hujayra yadrosiga kiradi.
Uchinchi bosqich virioilarning «yechinishi». Bunda virusning nuklein kislotasi superkapsid va kapsiddan xalos bo’lishi lozim. Virionning «yechinishi» uning hujayra reseptorlariga birikkanidan boshlanib, lizosomalardagi proteolitik fermentlar va yadro membranasiga qo’shilayotgan davrlarigacha amalga oshadi.
To’rtinchi bosqichda virus genomining transkripsiya va replikasiya amalga oshadi. Ikki ipli DNK tutuvchi viruslarda transkripsiya hujayra genomidagi mexanizm bo’yicha kechadi: DNK -RNK→ oqsil. Bunda faqat DNK-bog’liq RNK-polimerazani kelib chiqishi bo’yicha farq qiladi. Masalan, xo’jayin hujayraning sitoplazmasida transkripsiya amalga oshiradigan viruslarda (chechak virusi) o’zining virus maxsus RNK-polimerazasi bo’ladi. Genomlarini hujayra yadrosida transkripsiya qiladigan viruslar (adenoviruslar, gerpes viruslari) bu jarayonda hujayraning RNK-polimerazasini ishlatadi.
RNK tutuvchi viruslar genomining transkripsiyasi bir necha usulda amalga oshadi.
1. Manfiy-ipli genom tutuvchi viruslar (orto-, paramikso- va rabdoviruslar) o’z tarkibida virus maxsus RNK-polimeraza yoki transkriptaza tutadi. Ular a-RNK ni, genom RNKsi matriiasida sintez qiladi. Bunday ferment virus bilan zararlangan hujayralarda sintez qilinadi, ammo u normal hujayralarda bo’lmaydi,
2. Musbat genomli (musbat ipli) viruslarda (pikorno-, togoviruslar va boshqalar) a-RNK vazifasi genomini o’zi bajaradi va axborotni xo’jayin hujayrasida translyasiya qiladi.
R NK- tutuvchi retroviruslar tarkibida qayta transkriptaza yoki revertaza mavjud bo’lib, bu ferment axborotni RNK dan DNK ga uzatadi. Bu jarayon qayta transkripsiya deb nomlanadi. Transkripsiya hujayra va virusning maxsus mexanizmlari yordamida nazorat qilinadn. Bunda axborot birinchi «erta», keyin « kechki» genlardan o’qiladi. Birinchi genlarda transkripsiya va replikasiyada qatnashuvchi virus maxsus fermentlar to’g’risidagi axborot joylashgan bo’lsa, ikkinchilarida kapsid oqsillarining sintezi to’g’risidagi axborotni tutadi.
Virus maxsus axborot xo’jayin hujayrasi ribosomalariga uzatiladi va virus maxsus polisomalarda yig’iladi.
Be sh i n ch i bosqich - virionning yig’ilishi. Bu jarayonda birinchi bo’lib, nukleokapsid yig’iladi. Virusning nuklein kislota va oqsillari hujayraning har xil joylarida sintez qilingani uchun ular virus yig’iladigan joyga yetkazilishi kerak. Virusning oqsil va nuklein kislotalari bir-birini taniydi va o’z-o’zidan bir-biriga birikadi. Viruslar, asosan, endoplazmatik retikulum va Golji apparati membranalarida yig’iladi.
Oltinchi bosqich - virus zarrachalarining hujayradan chiqishi. Bu jarayon ikki xil usulda amalga oshiriladi. Superkapsidi yo’q oddiy viruslar, masalan, pikorno, adenoviruslar va boshqalar hujayrani parchalab (rus, distruksiya) tashqariga tushadi. Ular lipoproteid tabiatni tashqi qobiqka ega. Viruslar esa kurtaklanish yo’li bilan hujayradan chiqadi. Bu jarayonda virus kurtaklanish joyidagi hujayra membranasi komponentlarini o’ziga tashqi qobiq tuzishda ishlatadi, shuning uchun bunday viruslar odam orgonizmida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Bitta virus zarrachasida bir siklda 102,3 ga sikldan so’ng 106 virionlar hosil bo’ladi.
V irionlarni ko’paytirish uchun tripsin bilan ishlov berib tayyorlangan bir qavatli kulturalar keng qo’llaniladi. Tripsin hujayralar orasidagi biriktiruvchi to’qimalarga ta’sir etib. hujayralarni bir-biridan ajratadi. Hujayra kulturalari klinik letallik holatidagi odamning normal to’qimasidan va abort qilingan embrion hujayralaridan, hayvonlarning ichki a’zolaridan, har xil xavfli o’sma to’qimalaridan (Hela, Hep-1, Ner-2, KV va boshqalar) tayyorlanadi. Masalan. Hela hujayra kulturasi (bachadon raki hujayralari) 1950 yildan beri o’stirib kelinadi va bu hozirgacha bugui dunyodagi virusologik laboratoriyalarda ishlatiladi.
Hujayralarning hayot faoliyatini saqlab turish uchun tarkibida hujayraning odam organizmidagn tashqarida yashashi uchun kerak bo’lgan moddalar to’plami, aminokislota, uglevod, vitamin va boshqalar hamda ma’lum bir tuzlar tutuvchi va rN ga ega bo’lgan oziq muhitlardan (199, igla va boshqa muhitlar) foydalaniladi. Hujayra kulturalarini kuchli nazorat ostida, standart oziq muhitlar va toza biologik moddalardan foydalanib o’stiriladi.
Yuqtiralgan hujayra kulturasida viruslarning reproduksiyasini ularning hujayraga sitopatogen tasir (SPT) etishi bo’yicha aniqlash mumkin. Virusning hujayraga patogen ta’siri natijasida morfologiyasi keskin o’zgaradi, yani yadrolarda piknoz yuzaga kelib, simlastlar (yirik, ko’p yadroli hujayralar) va kiritmalar hosil bo’ladi.
Qizil neytral bo’yoq qo’shilgan kulturada viruslarning SPT ni pilakchalar hosil bo’lishidan bilish mumkin. Viruslar ko’paygan joyda degenerasiyaga uchragan hujayralar hosil kolgan pilakchalar qizil fonda yaltiroq, dog’ shaklida ko’rinib turadi. Bundan tashqari, viruslar yuqtirilgan hujayra kulturasida gemadsorbsiya qiliyilik xususiyati (RGads), yani bu hujayralarning o’zining ustiga eritrositlarni biriktirishi va gemagglyutinasiya qilishi oshadi.
I nfeksiyaning surunkali latent shakllaridan virusni ajratib olish uchun: I) birga o’stirish usuli, bunda bemordan yoki murdadan olingan to’qima biopsiyasiga tripsin qo’shiladi va yaxshilab silkitiladi. Hosil bo’lgan hujayra aralashmasi virusga moyil undiriluvchn hujayraning bir qavatli kulturasida o’stiriladi; 2) shikastlantan azolarning to’qimasinn o’stirish usuli, buning uchun ulardan birlamchi hujayra kulturasi tayyorlanadi. Natijada ko’paygan virus kultural suyuqlikka ajralib chiqadi.
Patologik o’zgarishlarni aiiqlash uchun shikastlangan a’zolardan kesmalar tayyorlanib gistologik tekshirishlar o’tkaziladi. Viruslarni tovuq embrionida ko’paytirish keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Buning uchun virus tutuvchi materialni amnionga, allantois bo’yilig’iga. tuxum sarig’i qopchasiga yuboriladi.
Tovuq embrionlaridagi maxsus o’zgarish o’choqli shikastlanish, qobiqning diffuz xiralaiplii, ko’pgina yaralar bilan birga ipli, nekroz bo’lgan joylar, qon quyilishi, pustula va pufakchalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tovuq embrionlaridagi viruslar reproduksiyasini gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi.
Viruslarni ularga moyil bo’lgan labaratoriya hayvonlarning organizmida ham kupaytirish mumkin, bunda ularga hujayra kulturalarida va tovuq embrionida ko’paymaydigan viruslar yuqtiriladi. Kupaytirish usuli virusning turiga qarab tanlanadi. Ajratib olingan viruslar umumiy qabul qilingan usullar bilan identifikasiya qilinadi (turlarga ajratiladi).
Garchi bakteriya ham, viruslar ham tanamizni zararlasa-da, ular biologik darajasi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bakteriyalar kichik va bir hujayrali boʻlib, jonli organizm hisobalanadi, chunki uning koʻpayishi uchun xoʻjayin hujayra talab etilmaydi. Ushbu farqlar sababli bakteriya va virus orqali kelib chiqqan kasalliklar turlicha davolanadi. Masalan, antibiotiklar faqat bakteriyalarga qarshi samara beradi, viruslarga qarshi emas.
Bakteriyalar viruslarga qaraganda birmuncha yirikroqdir. Oʻrtacha virusning diametri odatda 202020
300300300 nanometrnanometrstart text, n, a, n, o, m, e, t, r, end textga teng (111 nmnmstart text, n, m, end text ==equals 10-910-910, start superscript, start text, n egative, 9, end text, end superscript mmstart text, m, end text)44start superscript, 4, end superscript. Bu esa tipik E. coli bakteriyasi oʻlchami juda kichik boʻlib, uning diametri 100010001000 nmnmstart text, n, m, end textga teng! Bu odatiy virusdan 10 milliontasini ushbu bakteriyaga joylashtirish mumkin deganidir.
Viruslarning tuzilishi
H ayotda viruslarning xilma-xil turlari uchraydi. Viruslar bir-biridan oʻlchami, shakli va hayot sikli jihatidan farq qiladi. Agar bu siz uchun qiziq boʻlsa, sizga ViralZone veb saytini tavsiya etamiz. Tasodifiy virus nomlariga bossangiz, turli xil oʻlcham va shakldagi viruslarni topasiz!
Viruslar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

  • Kapsid deb ataluvchi oqsil qobiq

  • Kapsid ichida joylashgan DNK yoki RNKdan tashkil topgan genom

  • Gʻilof deb ataluvchi membrana qavati (hamma viruslarda ham uchramaydi)

Keling, ushbu jihatlarni batafsil koʻrib chiqamiz.
Viruslarning tuzilishi. Eng tashqi qavat – gʻilof membrana. Gʻilof ichida kapsid, uning ichida esa nuklein kislotali genom joylashgan.
Rasm quyidagi manzildan olingan: “Scheme of a CMV virus.” Emmanuel Boutet tomonidan olingan, CC BY-SA 2.5. Moslashtirilgan rasm CC BY-SA 2.5 litsenziyasi orqali tasdiqlangan.
Virus kapsidlari
Kapsid virusning oqsil qobigʻi boʻlib, bir qancha oqsil molekulalaridan tashkil topgan (bitta yirik oqsil molekulasidan emas). Kapsidni hosil qiluvchi oqsillar kapsomer deb ataladi. Kapsid oqsillari virus genomi orqali kodlanadi (sintezlanadi), yaʼni bu oqsillar viruslar boshqaruvi ostida xoʻjayin hujayra tomonidan sintezlanadi.
[Kapsomer va kapsidlar haqida koʻproq maʼlumotlar]
K apsidlar turli xil shakllarda boʻladi, lekin koʻpincha quyidagi turlari koʻproq uchraydi:
1. Ikosaedrik – ikosaedrik kapsidlarning 20 ta tomoni boʻlib, 20 ta tomonli geometrik shakli ikosaedr nomi bilan ataladi.
2 . Tolasimon – tolasimon kapsidlar ingichka, chiziqli va ipga oʻxshash tuzilishi sababli shunday nom olgan. Ular yana tayoqchasimon yoki spiralsimon deb atalishi mumkin.
3. Bosh-dum – bu turdagi kapsidlarga ikosaedrik va tolasimon kapsidlar oʻrtasidagi gibrid deb qarash mumkin. Ular odatda ikosaedrik bosh va tolasimon dum kabi qismlardan tashkil topgan boʻladi.
Ikosaedrik (deyarli sferik), tolasimon (tayoqchasimon) va bosh-dumli (ikosaedrik bosh tolasimon dumga birikkan) virus kapsidi turlari.
Rasm quyidagi manzildan olingan “Non-enveloped icosahedral virus,” “Non-enveloped helical virus,” va “Head-tail phage,” Anderson Brito tomonidan, CC BY-SA 3.0. Oʻzgartirilgan rasm CC BY-SA 3.0 litsenziyasi orqali tasdiqlangan.
Virus gʻiloflari
Baʼzi viruslarda kapsidlar bilan birga uni tashqaridan oʻrab turuvchi, lipiddan tashkil topgan gʻilof deb ataluvchi membrana ham mavjud.
Ushbu gʻilofga ega viruslar undagi lipidlarni oʻzi sintez qila olmaydi. Buning oʻrniga ular xoʻjayin hujayradan oʻzlariga kerakli lipidni “qarzga oladi”. Gʻilof tarkibidagi virus orqali kodlanuvchi oqsillar koʻpincha virusning xoʻjayin organizmga yopishishiga yordam beradi.
Gʻilofli ikosaedrik viruslarning tuzilishi
Rasm quyidagi manzildan olingan: “Enveloped icosahedral virus,” by Anderson Brito, CC BY-SA 3.0. Oʻzgartirilgan rasm CC BY-SA 3.0 litsenziyasiga ega.
G archi gʻiloflar keng uchrasa-da (xususan, hayvon viruslarida), ular hamma virusda ham boʻlavermaydi (yaʼni bu hamma viruslarga xos universal xususiyat emas).
Virus genomi
Har bir virusning nuklein kislotadan tashkil topgan genetik materiali (genomi) mavjud. Biz va boshqa biz kabi hujayraviy hayot shakllarida DNK asosiy genetik materialdir. Viruslarda esa nuklein kislotalarning ikki turi – DNK yoki RNKdan bittasi genom vazifasini bajarishi mumkin.
Biz koʻpincha DNKni ikki qavatli, RNKni esa bir qavatli deb hisoblaymiz, chunki bizning hujayralarimizda ular shunday tuzilgan. Lekin viruslarda bunday holatning toʻrt xil turi boʻlishi mumkin: qoʻsh zanjirli DNK, qoʻsh zanjirli RNK, bir zanjirli DNK, bir zanjirli RNK. Virus genomi turli xil shakl va oʻlchamlarda boʻlib, ular odatda boshqa tirik organizm genomlaridan koʻra kichikroq boʻladi.
[Qanchalik kichkina?]
Shuni taʼkidlash kerakki, DNK va RNKli viruslar tirik organizmlarniki bilan bir xil genetik koddan foydalanadi. Agar bunday boʻlmaganda, ular xoʻjayin hujayra ichida umuman koʻpaya olmagan boʻlardi!
Virus bilan zararlanish nima?
Har kunlik hayotimizda virusni yuqtirish deganda gripp yoki suvchechak kabi kasalliklarda yuzaga keladigan yoqimsiz simptomlar toʻplami koʻz oldimizga keladi. Lekin virusni yuqtirib olganimizda tanamizda aslida nima sodir boʻladi?
Mikroskopik jihatdan olib qaralganda virusning yuqishi deganda koʻp virus hujayralarimizdan koʻpayish uchun foydalanayotgani tushuniladi. Virusning hayot sikli deganda virus organizmni tanib, uning ichiga kirishi va oʻzidagi DNK yoki RNKdan foydalanib qaytadan shakllanishi va xoʻjayin organizmdan foydalanib koʻproq virus hosil qilishi bosqichlari tushuniladi.
Download 61.55 Kb.




Download 61.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F itopatagen viruslar va ularning xalq xòjaligidagi ahamiyati

Download 61.55 Kb.