Fakultet: Kompyuter injiniringi Kafedra: Kompyuter tizimlari “ Parallel kompyuter arxitekturasi va dasturlash ” fanidan Kurs ishi




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana19.01.2024
Hajmi0,7 Mb.
#141198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
Tizimli shina 
Xotira shinasi AGP shinasi 
PCI shinasi 
IDE shinasi
3-rasm.Kompyuterning umumiy sxemasi. 
Markaziy protsessor 
Tizimli nazorat 
Funksiyaviy nazorat 
Tezkor xotira 
Video karta 
PS/2 porti 
klaviatura, 
sichqoncha 
Ketma-ket 
portlar (COM) 
Parallel portlar 
(LTP) 
USB portlari 
BIOS 
Mikrosemasi 
PCI shinasini 
kengaytirish 
kartasi 
Diskovot 
Qattiq disk 
Optik disklar 
Kesh xotira 


15 
Qo’shish va ayirish operatsiyasini bajaradigan qurilma summator deb 
nomlanadi, ko’paytirish operatsiyasini bajaradigan qurilmaga esa ko’paytirgich 
deyiladi. 
Bu 
qurilmalar 
arifmetik-mantiqiy 
tarkibida bo’lib, mantiqiy 
operatsiyalarni bajaradi. Qo’shish operatsiyasi ko’paytirish operatsiyasiga nisbatan 
tezroq bajariladi. Istalgan mantiqiy operatsiya qo’shish/ayirish operatsiyasiga 
nisbatan tez bajariladi. Har bir kompyuterda standart operatsiyalarning bajarilish 
davomiyligi bir-biridan farq qiladi. 
Keng qo’llaniladigan taqsimlangan resursli hisoblash tizimlari arxitekturasiga 
ko’p protsessorli tizimlar, klasterli hisoblash tizimlari, vektorli protsessorlar, 
VLIW protsessorlari, superskalyar protsessorlar kiradi va ular muayyan maqsadga 
yo’naltirilgan bo’ladi. 
Ko’p protsessorli tizimlar 
Ko’p protsessorli tizimlarning 2 xil turi bor: 
1. Umumiy xotirali 
2. Taqsimlangan xotirali 
Umumiy xotirali tizimlarda protsessorlar soni ko’p bo’ladi ammo ular yagona, 
umumiy xotiraga ega bo’ladilar. Umumiy xotirali tizimlarning tipik vakili sifatida 
simmetrik protsessorli SMP(symmetric multiprocessors) tizimni olish mumkin. 
SMP tizimida har bir protsessor bir xil unumdorlikga ega va umumiy xotiraga 
barcha prosessorlarning murojaat huquqi hamda murojaat vaqti davomiyligi ham 
bir xil bo’ladi. Quyida SMP tiziming strukturasi keltirilgan. 
Barcha zamonaviy kompyuterlar uchun operatsion sistema uning ajralmas 
qismi hisoblanadi va uning dasturiy davomchisi sanaladi. Bir kompyuterning 
o’zida bir nechta opertasion sistema bo’lishi mumkin. Masalan, shaxsiy 
kompyuterlar uchun MS-DOS, Windows, Unix operatsion sistemalari keng 
ommalashgan. Ularning har biri o’ziga xos xususiyatiga ega va mustaqil ravishda 
o’z vazifasini bajaradi.


16 
Tizimli shina 

……………….………………………… 

4-rasm.SMP tizimi strukturasi. 
Taqsimlangan xotirali tizimlar – parallel superkompyuterlar bo’lib, ularning 
tipik vakili MPP (massive parallel processing) hisoblanadi. MPP tizimi ko’p 
miqdorda protsessor va xotiraga ega. Bu tizim yuqori tezlik ega kanal orqali 
bog’langan, ajratilgan mashina (tugun) massivi qilib qurilgan, superkompyuter 
modeli sifatida foydalaniladi. Har bir mashina (tugun) faqatgina lokal xotiraga 
murojaat qiladi. Bunda har bir mashina ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish yo’li 
orqali o’zaro bog’liq bo’lmagan jarayonlarni parallel ravishda bajaradi. Quyida 
MPP tizimining strukturasi keltirilgan. 
Asosiy xotira 
Arbitr shinasi 
Kesh 
Kesh 
Kesh 
Kiritsh-
chiqarish 
Protsessor_1 
Protsessor_2 
Protsessor_n 


17 
Ssh 
5-rasm. MPP tizimining strukturasi. 
Yuqoridagi ikkala sinf kompyuterlari ko’p hollarda ishchi sinf kompyuteri 
mikroprotsessorlari yordamida quriladi. 
Hisoblash klasteri va hisoblash tarmog’i 
Hisoblash klasteri kommunikatsion muhit bilan bog’langan, ko’plab 
tugunlardan tashkil topgan tizim sanaladi. Bunda tugunlar lokal yoki global 
tarmoqdagi kompyuter vazifasini bajaradi. Har bir tugun lokal xotiraga ega biroq 
umumiy operativ xotira mavjud emas. Klaster tarkibida turli xil unumdorlikdagi va 
har xil arxitektura asosida qurilgan tugunlar bo’ladi. Agar tugunlar unumdorligi va 
arxitekturasi bir xil bo’lsa bunday klasterlar bir jinsli deyiladi, aks holda esa har xil 
jinsli klasterlar deyiladi. Klasterlarning arxitekturasi MPP superkompyuterlar 
arxitekturasiga o’xshash bo’ladi.

Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultet: Kompyuter injiniringi Kafedra: Kompyuter tizimlari “ Parallel kompyuter arxitekturasi va dasturlash ” fanidan Kurs ishi

Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish