Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.74 Mb.
bet14/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Patologik anatomiyasi. Zararlanish darajasi zaharning miqdori va konsentratsiyasiga bog‘liq. Refleks tarzida tezda qayt qilish tufayli yutilgan suyuqlik miqdori odatda unchalik mo‘l bo‘lmaydi, biroq og‘iz, qizilo‘ngach va me'daning qattiq kuyib qolishi sodir bo‘lishi uchun bir necha tomchi kuchli kislota yoki ishqor kifoya qiladi.

Shilliq parda giperemiyasi va shishdan keyin tezda qizilo‘ngach devori nekrozi sodir bo‘ladi. Nekrozlangan qismlar mayda-mayda zarralar va yirik bo‘laklar holida kuygan to‘qimadan ko‘chib tusha boshlaydi. Ayrim hollarda yara hosil bo‘lishi yuza, boshqa hollarda chuqur bo‘ladi. Shilliq pardaning yuza zararlanishlari birmuncha tez epiteliylanadi. Chuqur zararlanishlari esa granulyasiya va biriktiruvchi to‘qima hosil qilib bitadi, yaralanish 8-10 kungacha saqlanib qoladi.

Yaralar juda sekin bitadi. Rivojlanayotgan biriktiruvchi to‘qima asta-sekin (2-6 oy ichida) chandiq (yamoq) hosil qiladi va bujmayadi. Agar shikastlanish shilliq parda bilangina chegaralanib qolgan bo‘lsa, qizilo‘ngach bo‘shlig‘i toraymagan holda yuza chandiq hosil bo‘ladi. Shilliq parda osti qavati va mushak qavati zararlanganda sklerozlangan, juda zich (Van Gekker bo‘yicha qadoqsimon bujmayish), chuqur chandiqli to‘qima hosil bo‘ladi. Chandiqning ichki yuzasi notekis, rangsiz, ba'zan yara chaqasi bor. Chandiqli to‘qimaning bujmayishi bir necha haftaga cho‘ziladi.

Qizilo‘ngachning chandiqli o‘zgarishlari, odatda, fiziologik toraymalar sathida: aksariyat o‘rta (bronx-aortal) torayish sohasida, so‘nrpa qizilo‘ngachga kirish qismida yoki diafragmal teshik sohasida hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, kuyishda patologik o‘zgarishlarning shartli ravishda 4 bosqichini farq qilish mumkin: 1) shilliq parda giperemiyasi va shishi; 2) nekroz va yara hosil bo‘lishi; 3) granulyasiya; 4) chandiqlanish.



Download 2.74 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.74 Mb.