Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.74 Mb.
bet4/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Qizilo‘ngach faoliyati. Qizilo‘ngachning fiziologik ahamiyati ovqatni halqum bo‘shlig‘idan me'daga o‘tkazish bo‘lib, ayrim hollarda esa buning teskarisini bajarishga (qayt qilish, kekirish) to‘g‘ri keladi. Yutish, qayt qilish va fiziologik regurgitatsiyadan tashqari vaqtlarda unga xalqumdan havo va me'da-ichaklardan suyuqlik tushishining oldini olish uchun qizilo‘ngach bo‘shlig‘i ikkala tomondan chegaralangan bo‘lishi kerak. Yuzaki qaraganda qizilo‘ngach funksiyasi juda oddiyga o‘xshab ko‘rinadi, haqiqatda esa u «juda murakkab va qarama-qarshiliklarga to‘la» deb hisoblanadi.

Yutishdan tashqari vaqtda sog‘lom odam qizilo‘ngachida qisqarishlar bo‘lmaydi. Uning bo‘shlig‘idagi bosim kuchsiz manfiy va ko‘krak qafasidagi bosimga va nafas fazasiga bog‘liq, bo‘ladi. Halqum qizilo‘ngach va uning me'daga o‘tadigan sohasida birmuncha yuqori bosim - yuqori va pastki «oshgan bosim sohalari» qayd qilinadi. Ular sfinkter vazifasini bajaradigan qizilo‘ngach bo‘limlari mushagining tonik qisqarishi natijasida hosil bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi yutishni ta'minlab berishdan iborat.

Yutish jarayoni odatda 3 fazaga bo‘linadi. 1 - fazasida chaynalgan va yumshab qolgan ovqat til ustiga suriladi va uning mushaklari tomonidan til asosiga yumalatiladi. Mushaklar qisqarishi natijasida og‘izning orqa qismida, halqumda va og‘izning yuqori qismida bosim manfiy bo‘ladi. Ovqat luqmasi Vasilev refleks sohasini (til asosi, orqa yoychalar, devorlari) ta'sirlantirib, halqum mushaklarini qiskartiradi (yutishning ikkinchi fazasi). Yutishning sof reflektor 2-fazasida ovqat halqumdan o‘tadi. Yutishning 3-fazasi boshlanishida halqum bo‘shlig‘iga burun-halqum, og‘iz bo‘shlig‘iga va hiqildoqdan holi bo‘ladi va ovqat luqmasi surilishi uchun faqat bir yo‘nalish qizilo‘ngach qoladi. Halqumni qisadigan mushaklar qattiq qisqarib ovqat luqmasi qizilo‘ngachga yo‘naladi.

Ovqatning qizilo‘ngach bo‘ylab surilishi 3 omilga bog‘liq:

1. Ovqat qizilo‘ngachga katta bosim ostida tushadi.

2. Ovqatning og‘irlik kuchi.

3. Qizilo‘ngach peristaltikasi.

Suyuqlik yoki qattiq ovqat yutilishida, shuningdek odam vaziyatiga bog‘liq holda ovqat luqmasining surilishida uchchala omil qatnashadi. Suv peristaltik to‘lqindan ilgarilab o‘tib, qizilo‘ngach orqali tez suriladi va yutishdan 1-3 sekund o‘tishi bilan me'daga yetib boradi. Shuning uchun qizilo‘ngach kimyoviy moddalardan kuyganda, masalan, o‘yuvchi ishqor yutib yuborilganda, shilliq parda bir xil zararlanmaydi. Qattiqroq ovqat luqmasi yutilayotganda u asosan qizilo‘ngach devorlarining peristaltik harakatlari tufayli harakat qiladi. Bunda qizilo‘ngachning luqmadan yuqori qismi qisqaradi, pastki qismi esa bo‘shashadi. Ovqatning qizilo‘ngach orqali o‘tishiga 6-8 (15 gacha) sekund kerak. Peristaltik to‘lqin beradigan bosim suv ustuni hisobida 20-140 sm (o‘rta hisobda suv ustuni hisobida 40-80 sm) va ovqat luqmasining katta-kichikligiga bog‘liq emas.

Yutish jarayoni murakkab reflektor jaroyon hisoblanadi. Yutish avvaliga ixtiyoriy bosh miya po‘stlog‘i ta'siri ostida sodir bo‘ladi. Ovqat tanglay yoychalari orqasiga tushganda (yutishning II va III fazalari) yutish beixtiyor, reflektor bo‘lib qoladi, hatto uyqu va hushsiz holatda ham sodir bo‘ladi. Yutish refleksining effektiv nervlari bo‘lib, til mushaklari uchun n. hypoglosus tarmoqlari, n. trigemeni ning 3 tarmog‘i m. mylohioideus uchun, n. glossopharyngeus ning halqum tarmog‘i, halqum hamda qizilo‘ngach mushaklari uchun n. vagus ning halqum va qizilo‘ngach tarmoqlari hisoblanadi. Yutish markazi ko‘prikda va uzunchoq miyada joylashgan. Birmuncha chegaralangan manzili n. vagus yadrosiga yaqin joyda bo‘ladi.

Me'da suyuqligining qizilo‘ngachga tushishiga to‘sqinlik qiladigan fiziologik mexanizmlar (regurgitatsiya va reflyuks) so‘nggi vaqtlargacha o‘rganib chiqilmagan. Ko‘p sonli tajribalar qizilo‘ngach -me'da birikadigan sohaning “bir tomonlama o‘tkazuvchanligi” borligini ko‘rsatdi. Kardiyaning yopqich mexanizmini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. Uning fiziologik funksiyasining buzilishi ko‘p kasalliklarda (kardiya axalaziyasi, peptik ezofagit, diafragma-qizilo‘ngach teshigi churrasi) kuzatiladi va qizilo‘ngach patologiyasining kattagina qismini tashkil qiladi.





Download 2.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.74 Mb.