Qizilo‘ngachni rentgenologik tekshirish usullari




Download 2.74 Mb.
bet8/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Qizilo‘ngachni rentgenologik tekshirish usullari. U har xil holatlarda rentgenoskopiya va rentgenografiya qilishdan, qator hollarda esa qo‘shimcha tekshirish usullari: rentgenokimografiya, tomografiya, qizilo‘ngachni kontrastlash bilan pnevmomediastinografiya qilishdan iborat.

Kontrast aralashma bilan to‘ldirilgan qizilo‘ngachni bemorni qiya vaziyatlarda tekshirishdan boshlanadi, chunki to‘g‘ri vaziyatda rentgen nurlari sagittal yo‘nalganda qizilo‘ngach umurtqa pog‘onasi, to‘sh suyagi va yurak-tomirlar dastasi soyasi orqasida yashiringan bo‘ladi.

Qizilo‘ngach shilliq pardasi pnevmorelefi manzarasini olish uchun bemor bariy aralashmasini kichik-kichik qultumlar bilan to‘xtamasdan ichishi kerak. Bariy aralashmasi bilan u ko‘p miqdorda havo yutadi va shilliq pardaning qo‘shaloq kontrastli manzarasi vujudga keladi.

Ezofagoskopiya qizilo‘ngach devorini ko‘zdan kechirishga imkon beradigan juda qimmatli usul hisoblanadi, u ko‘rsatmalar bo‘lganda esa gistologik tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchasini olish (biopsiya) va ayrim zarur xirurgik operatsiyalarni bajarishga sharoit hozirlaydi.

Zamonaviy ezofagoskop yoki bronxoezofagoskop qizilo‘ngach va nafas yo‘llarini ko‘zdan kechirish uchun chiqariladigan asboblar (bir-biriga o‘xshashligidan odatda bronxoezofagoskop nomi ostida birlashgan komplekslar chiqariladi). Metalldan yasalgan ko‘rish nayi, yoritgich moslamasi va operatsion asboblar yig‘indisi (yot jismlarni olib tashlash va biopsiya uchun har xil omburlar, zondlar, operatsion qovuzloqlar, elektr koagulyatorlar, metall yot jismlarni chiqarish uchun maxsus elektr magnitlar va boshqalar) dan tashkil topgan.

So‘nggi yillarda egiluvchan ezofagoskop-fibroskoplarning Yangi modellari ishlab chiqilmoqda. Fibroskoplar diag­nostik ezofagoskopiya o‘tkazishni yengillashtiradi va qizilo‘ngachga egilmaydigan uzun metall naycha kiritish bilan borliq xavf-xatarni ma'lum darajada bartaraf etishga imkon beradi.



Biopsiya - gistologik tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchalarini kesib olish - odatda ezofagoskopiya vaqtida qizilo‘ngach rakiga gumon qilingan hollarda o‘tkaziladi. Qizilo‘ngach rakini aniqlashda qizilo‘ngach yuvindisi yoki qirmasi va shubhali qismini sitologik tekshirish katta yordam ko‘rsatadi. Bu usul yetarli darajada aniq ma'lumotlar beradi. Turli mualliflarning fikricha, tekshirishning ijobiy natijalari qizilo‘ngach raki bilan kasallangan bemorlarning 70-95 foizida qayd qilinadi. Sitologik tek­shirish uchun material olish texnikasi oddiy va bemor uchun hyech qanday xavf-xatar tug‘dirmaydi.



Download 2.74 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qizilo‘ngachni rentgenologik tekshirish usullari

Download 2.74 Mb.