Ezofagotonokimografik tekshirish




Download 2.74 Mb.
bet9/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Ezofagotonokimografik tekshirish. Qizilo‘ngach qisqarishlarini, uning ichki bosimini va devori tonusini yozib olish - ezofagotonokimo-grafiya deyiladi, bunda olinadigan egri chiziqlar esa ezofagotonokimo-gramma deb ataladi.

Ko‘pincha ezofagotonokimografiyani uchiga mo‘jazgina ballonchalar mahkamlab qo‘yilgan ko‘p kanalli zond yordamida o‘tkaziladi. Zondni qizilo‘ngachga yuboriladi, uning erkin uchini qayd qiladigan apparaturaga ulanadi.

Qizilo‘ngach funksional holatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri qizilo‘ngach ichidagi «tinchlik bosimi», ya'ni unda aktiv qisqarishlar yo‘qligi hisoblanadi. Normada halqumdagi bosim taxminan atmosfera bosimiga teng, halqum bilan qizilo‘ngach chegarasida (halqum-qizilo‘ngach sfinkteriga mos keladi) turli-tuman ma'lumotlarga ko‘pa atmosfera bosimidan simob ustuni hisobida 30-80 mm oshadi (bu qizilo‘ngachdagi oshgan bosimning yuqori sohasi nomini olgan), qizilo‘ngachning o‘zida, ayniqsa. uning ko‘krak bo‘limida sust manfiy (simob ustuni hisobida 2 dan 10 mm gacha), qizilo‘ngach - me'da (kardial) fiziologik sfinkteri sohasida esa u yana oshgan va simob ustuni hisobida 8-35 mm ga yetadi - bu oshgan bosimning quyi sohasi deyiladi.



Download 2.74 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 2.74 Mb.