Falsafa va hozirgi zamon




Download 55,19 Kb.
bet8/27
Sana04.01.2024
Hajmi55,19 Kb.
#130270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Falsafa va hozirgi zamon

Texnooptimizm. Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta'sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, Sharqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi.. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste'mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e'lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e'lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «Yangi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta'sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e'tibor qaratiladi.
Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 yillarda Sorbonna universitetida o‘qilgan ma'ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to‘laroq asoslab berildi.
Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta'sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu yerda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.
Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-Shrayber), «o‘ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i faqatgina ular emas, balki fan va ta'limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.
Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shakl-shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday degan edi: «Shunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»6.
D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko‘p sonli muqobil yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne'matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»7, deb qayd etgan edi.

Download 55,19 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Download 55,19 Kb.