Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar




Download 1.17 Mb.
bet12/17
Sana15.05.2023
Hajmi1.17 Mb.
#60030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Компьютер лингвистикаси
comtronic cheatsheet tmux A4, 1-ma’ruza Kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Ulush, Презентация2, Hayot faoliyati xafsizligi, DAS, zamonaviy-televideniening-interaktiv-kontent-masalasi, sug-urta-1334, 88151 ОНФ Психолог консултант, 2.Guruh va seksiya komandiri tayinlash buyruq 2, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Kontur-toklar-usuli, 8-MAVZU TAQDIMOT KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI-CYSF16MBK, Opredelenie-obrazovatelno-tehnicheskih-sredstv-informacionnyh-tehnologij, 3-amaliy mashg\'ulot (1)
8. Reyting baholash tizimi
8.1. Reyting nazorati jadvali
«Kompyuter lingvistikasiga kirish» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
“Kompyuter lingvistikasiga kirish” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Kompyuter lingvistikasiga kirish» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib taqsimlanadi.




Download 1.17 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 1.17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

Download 1.17 Mb.