• Tizimli yondashuv.
  • Dialogik yondashuv.
  • Muammoli ta’lim.
  • Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar




    Download 1.17 Mb.
    bet3/17
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.17 Mb.
    #60030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Компьютер лингвистикаси
    comtronic cheatsheet tmux A4, 1-ma’ruza Kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Ulush, Презентация2, Hayot faoliyati xafsizligi, DAS, zamonaviy-televideniening-interaktiv-kontent-masalasi, sug-urta-1334, 88151 ОНФ Психолог консултант, 2.Guruh va seksiya komandiri tayinlash buyruq 2, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Kontur-toklar-usuli, 8-MAVZU TAQDIMOT KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI-CYSF16MBK, Opredelenie-obrazovatelno-tehnicheskih-sredstv-informacionnyh-tehnologij, 3-amaliy mashg\'ulot (1)
    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo‘yiladi.
    Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
    Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko‘nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
    Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. O‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida “subyekt-subyekt” munosabatlari tarkib topadi.
    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi.

    Download 1.17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

    Download 1.17 Mb.