• Geoaxborot ta’limi istiqbollari
  • Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.57 Mb.
    #58945
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mustaqil ish--2
    111, 2-lab, Тест 2, Kirish differensial tenglamalar, aziz, Ayolmisan ayol bo`l, 2-синф, iqtisodiy matemdan savollar bazasi, Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va un, 5 tashabbus, 38-41, ҚУРИЛИШДА БАҲОНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ ВА СМЕТА 2017 ЎУМ 8, 13-laboratoriya ishi, geometrik loyihalash 9 mavzu
    Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari 
     
    Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va 
    muhim qism hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar 
    ham oʻz navbatida, rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga 
    ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari 
    toʻrtta tizimga boʻlinadi. Ular jumlasiga ishchi stoli kompyuterlariga, server 
    kompyuterlariga va rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib 
    yuriladigan qurilmalarga oʻrnatiladigan dasturlar kiradi. Ishchi stoli 
    kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc Reader, Intergraph 
    Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, ESRI Arc View-
    ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia Professional va boshqa 
    dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning vazifalari oddiy kartalarni 
    koʻrish, shuningdek, professional ishlar boʻlmish ma’lumot toʻplash va tahlil 
    qilish, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik ma’lumotlarni qayta ishlash va 
    tahlil qilish kabilarni bajarishdir. 
    Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham 
    zarur darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH 
    dollaridan 20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan 
    birga undan foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, 
    foydalanuvchilar uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni 


    bildiradi. Shu jumladan GAT dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga 
    moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab chiqishni koʻp emas, balki bir yilga 
    qoʻymoqda. 
    Geoaxborot ta’limi istiqbollari 
     
    Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga 
    geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda 
    geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror 
    qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham qaralmoqda. 
    Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq dasturlarni oʻqitish 
    yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda ishlashni oʻrganish 
    boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga bakalavrlik, magistrlik hamda 
    doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida sanalgan sohalarni oʻz ichiga 
    olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi 
    va aynan geoinformatika sohasidagi bilimlarni egallashi juda muhimdir
    Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish dasturlari, ya’ni ilmiy 
    yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar fikricha 
    quyidagilarni qamrab olishi zarur: 
    ishbilarmonlik va boshqaruvchilik; 
    geografik bilimlar tamoyillari; 
    geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish
    tashkiliy masalalarni bilish; 
    moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish; 
    xodimlar bilan ishlash tamoyillari; 
    turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar; 
    turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari; 
    malaka oshirish va tahliliy malakalar. 
    Dunyodagi koʻpgina geoaxborot mutaxassislari oʻzlarini texnik 
    yoʻnalishdaman deb hisoblashadi, vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik 
    bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur. Bunday 
    bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, malaka va 
    tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan uch 
    tamoyilga asoslanishi zarur. 

    Download 0.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari

    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish