• INSTITUTSIONAL TAHLIL. Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari
  • Institutsional tahlil tuzilmasi
  • Fan: Investitsion loyihalar tahlili mavzu: Institutsional tahlil Guruh: 25-19 iq bajardi: L. I. Qo’shimova




    Download 22.32 Kb.
    bet1/3
    Sana19.03.2023
    Hajmi22.32 Kb.
    #46020
      1   2   3
    Bog'liq
    Otrabotka
    Otrabotka (3)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
    NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK-TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    QaYTA O’ZLASHTIRISH


    FAN: Investitsion loyihalar tahlili
    MAVZU: Institutsional tahlil
    Guruh: 25-19 IQ
    Bajardi:L.I.Qo’shimova
    Qabul qildi:­­­­­­­­­­____________

    Navoiy-2023


    INSTITUTSIONAL TAHLIL.


    Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari

    Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimlaridan biriga aylandi. Loyihalarining natijalari ko‘p jihatdan tashkiliy tuzilma sifatiga ham bog‘liq. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o‘rganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy hokimiyatning loyiha uchun mutasaddi bo‘lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baholashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va hokazolarga ega bo‘lmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin (yoki hech bo‘lmaganda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi).


    Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga ko‘mak berishi lozim.


    Institutsional tahlil tuzilmasi

    Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil uchun aniq sharoitlarga tezda moslashtirsa bo‘ladigan standart yechimlar yoki modellar deyarli yo‘q. Shuning uchun institutsional tahlilga kreativ yondashish lozim bo‘ladi. Buning uchun istitutsional tahlilchi ekspertni xulosa va tavsiyalaridan foydalaniladi. Xalqaro loyihalarda institutsional tahlilchi konsultantdan foydalaniladi. Umuman olganda, institutsional tahlilga quyidagi vazifalarni bajarish kiradi:



    • loyiha amalga oshiriladigan institutsional shart-sharoitlarni aniqlash va tasvirlab berish;

    • loyihada ishtirok etuvchi tashkilotlarning moddiy va mehnat resurslari, texnik malakasi, tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv va ma’muriy imkoniyatlari, moliyaviy ahvoli nuqtayi nazaridan kuchli va zaif tomonlarini baholash;

    • qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalar o‘zgarishining loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga ehtimol bo‘lgan ta’sirini baholash;

    • loyihada qatnashuvchi tashkilotlarning zaif jihatlarini bartaraf qilishning muqobil yo‘llarini hamda qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalarning loyihaga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan potensial salbiy ta’siriga qarshi chora-tadbirlarni ilgari surish;

    • tavsiya qilinayotgan tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kerak

    bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik yordam bo‘yicha takliflarni ilgari surish hamda zarur ishlarni o‘tkazish grafigini ishlab chiqish.





    Download 22.32 Kb.
      1   2   3




    Download 22.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: Investitsion loyihalar tahlili mavzu: Institutsional tahlil Guruh: 25-19 iq bajardi: L. I. Qo’shimova

    Download 22.32 Kb.