Lazerlarni tibbiyotda qo`llanilishi




Download 37,32 Kb.
bet8/12
Sana19.05.2024
Hajmi37,32 Kb.
#243739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
lazerlar

Lazerlarni tibbiyotda qo`llanilishi
Xirurg pichog’i kesadi va payvandlab tikib qo`yadi, badanni kesmasdan operatsiya qilish. Ko`z xirurgiyasida, onkologiyasida, tishni davolashda. (bormashina)
Terapiyada lazerli biorag’batlantirish.
Diognostika lazer nuri quvvati va to`lqin uzunligini boshqarish orqali organizmdagi to`planib qolgan hamma elementlar, chetlanishlar, qon aylanishi ritmlarini aniqlash.
Sanoat lazerlari paydo bo`lishi bilan jarroxlikda yangi davr boshlandi. Bu borada metallarni lazerda qayta ishlash sohasi mutaxassislarining tajribalari qo`l keldi.
Lazer nuri xirurgiyada to`qimalarni qonsiz kesishlarni bajarishda ishlatiladi, chunki uning ta'sirida kesilayotgan tuqimaning chetlari payvanlanib qolishi natijasida kapillyar qon ketishni oldi olinadi. Onkologiyada rak hujayralarini yemirishda ishlatiladi (chunki lazer nuri ularda kuchli yutiladi).
Oftalbmalogiyada lazer nuri o`rnidan ko`chgan ko`z to`r pardasini «payvandlashda» va glaukomani davolash uchun ko`z ichidagi suyuqlikni oqizib chiqarish uchun, sklerada mikroskopik teshiklar hosil qilishda ishlatiladi.
Dermotologiyada gaz lazerining nurlanishidan terapevtik maqsadda qo`llaniladi.
Lazer nurlanishining biologik to`qimalarga ta'sirining xususiyatlarini hisobga olib, u bilan ishlash jarayonida tajriba o`tkazuvchiga nurning tushishini bartaraf qilish lozim, (hattoki, biror buyumdan qaytganini ham).
Lazer skalpel avtogen keskich hisoblanadi. Suyaklarni payvandlash – alangalantirish orqali zich payvandlashdir. Muskul to`qimalarini birlashtirish ham payvandlash vositasida amalga oshiriladi. Lazer nurlanishi qandaydir ta’sir ko`rsatishi uchun to`qima uni yutishi lozim. Tibbiyotda eng ko`p qo`llaniladigan lazer karbonat angidridli lazerdir. Boshqa lazerlar monoxromatikdir. Ular isitadi, parchalaydi yoki ba’zi bir alohida xususiyarga ega bo`lgan to`qimalarni payvandlaydi. Misol uchun argon lazerining nuri shaffof dag’al jismdan erkin tarzda o`tib o`zining energiyasini hujayraga beradi va qizil rangga yaqin rang bilan bo’yaydi. Karbonat angidridli lazer ko`p hollarda qo`l keladi. Masalan, turli rangdagi to`qimalarni bir-biriga payvandlash yoki bir-biridan ajratishda. Ammo bunda boshqa muammo yuzaga keladi. Qon va limfa bilan to`la to`qimalar ko`p suvni o`zida tutib turadi, lazer nurlanishi energiyasi esa suvli sharoitda o`z kuchini yo`qotadi. Lazer energiyasini oshirish mumkin. Lekin bu to`qimalarning kuyishiga olib kelishi mumkin. Jarroxlik lazerlari yaratuvchilari bunday noqulayliklardan qochishlari lozim bu esa uskuna narxini keskin oshirib yuboradi.



Download 37,32 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 37,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lazerlarni tibbiyotda qo`llanilishi

Download 37,32 Kb.