Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish




Download 25.05 Kb.
Sana17.04.2024
Hajmi25.05 Kb.
#199724
Bog'liq
Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil q
Kichik axborotli, 21dw4ozHKozppVUKpdZ0sapaNuDtkAgygV3Z8ECO, 14-CAE tushunchasi, Izzatullayeva Laylo 5, 9 may xotira, RAJABOVA RO`ZIGUL, file (6), Laylo1, Iqtisod va biznes, Shavkatov Behro, Savod o\'rgatish davrida ta\'lim tarbiyaning birligi tamoyilini amalga oshirish, Malumotlar bazasi ustida ish olib borish, SHARTNOMA Otabek, 005-mavzu, ARIZA-ANKETA YANGI

Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
Reja:
1. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
2. Iqtisodiy va ijtimoiy xavflar tahlili
3. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
4. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati
1. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim muammo hisoblanadi. Haqiqatan ham, xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘ talab qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyasiya va boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalanib, potensial xavfni o‘lchash va turli xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy xavflar tahlili
Boshqa xavflar kabi, iqtisodiy xavflar ham jamiyatga moddiy ziyon yetkazuvchi omillar hisoblanib, ular natijasida insonlar qashshoqlashuvi, davlat katta talofat ko‘rishi mumkin. Deyarli barcha xavf turlari bevosita iqtisodiy xavflarni ham olib kelishi mumkin. Masalan, bir korxonada antropogen xavf, ishchilar e’tiborsizligi tufayli yong‘in paydo bo‘ldi deylik, natijada, ish ob’ektlari yaroqsiz holga kelishi, korxona katta zarar ko‘rishi mumkin. Bu esa korxonada iqtisodiy xavfni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:
- ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik;
- sanoat sohasidagi xavfsizlik;
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- demografik xavfsizlik;
- moliyaviy xavfsizlik;
- axborot xavfsizligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo‘yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va jarayonlardir. Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar:
- mamlakat iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi;
- milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
- yuqori darajadagi inflyatsiya;
- mineral – xom ashyo bazalarining kam o‘rganilganligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo‘nalishlarida ilg‘or o‘rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro‘- e’tiborining tushib ketishi;
- infratuzilmaning rivojlanmaganligi;
- ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi;
Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘rganishda ijtimoiy, texnik, gumanitar fanlar qatorida ergonomika fanining ham ahamiyati katta. Ergonomika atamasi (grekcha ergon – ish, nomos-qonun) degan ma’noni anglatadi.
Ergonomika - bu mehnat qurolining va mehnat sharoitining inson talablariga moslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi inson mehnat qilish jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratish, mehnat unumdorligini oshirishga bo’lgan imkoniyatlarni o‘rganishdan iborat. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsiflari mos tushishi o‘rganiladi va xavfsizlik bilan bog‘liq vazifalar yechiladi.
Yashash (faoliyat) muhiti – inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Biosfera – yer yuzining litosfera (yerning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami)dan iborat inson yashayotgan qismidir.
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin.
Qulay (comfort) muhit – insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit – insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit.
Xulosa
Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, yetarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga yetarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va rihiy zo’riqish holatida bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 foizi zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu yerda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.

Adabiyotlar


1.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
2.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
3.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
4.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
5.G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-2003
Download 25.05 Kb.




Download 25.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish

Download 25.05 Kb.