|
Rektifikatsion kalonani boshqarish usullari va algaritimlari
|
bet | 12/18 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #239919 |
Bog'liq kurs ishiRektifikatsion kalonani boshqarish usullari va algaritimlari.
|
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo’llanilgan instrumental programma paket xisoblangan Rossiyada faoliyat ko’rsatayotgan “AdAstra” guruxi tomonidan yaratilgan «TRACE MODE» programma paketini maksad va imkoniyatlari tug’risida to’xtalmoqchimiz. CHunki biz loyixalagan va xozirda mamlakatimizni bir necha korxonalarida qo’llanilayotgan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari shu paket yordamida amalga oshirilgan.
«TRACE MODE» programma paketini xozirgacha bir necha versiyalari mavjud. «4.10» versiyagacha bo’lgan paketlar DOS muxitida, keyingi «5.0» versiyadan boshlab esa Window muxitida ishlaydi.
«TRACE MODE»programma paketi kompleks programma bo’lib u, texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalarini yaratish, sozlash va real vaqtda ishga tushirshni taominlaydi. «TRACEMODE» paketi tarkibiga kiruvchi programmalar ikki gruxga bulinadi:
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari (TJ ABS) ni loixalash instrumental sistemasi;
TJ ABS ni bajarish moduli(runtime).
Instrumental sistema o’z ichiga uchta redaktorni oladi.
Ular quydagilar:
Kanallar bazasi redaktori;
Ma’lumotlarni ifodalash redaktori;
SHablonlar redaktori.
Bu programmalar yordamida texnologik jarayonlarni borishini kompyuter ekranida ifodalash(vizualizasiya), real ma’lumotlar bazasini tashkil etish, texnologik jarayonlarni boshqarish, olingan ma’lumotlarni boshqarish, texjarayonni vaqt bo’yicha arxivini tashkil etish va zaruriy ko’rinishlarda xisobot formalarini tayyorlash kabi operasiyalar amalga oshiriladi.
Instrumental sistemalar bir biridan kayta ishlay oladigan informatsiya olish va chiqarish umumiy nuktalari soni bilan farqlanadi. Litsenzion programmalar bitta prektda(avtomatlashtirilgan sistemada) informasiya kirish-chiqish kanallar soni 128, 1024talik bo’ladi.
Bu yerda kirish signallari(nuktalari) deyilganda avtomatlashtirilgan sistemani texnologik jarayondagi qurilmalarda foydalanilayotgan datchiklaridan olinadigan signallar tushiniladi. CHiqish signallari deyilganda texnologik jarayonda qo’llanilayotgan bajaruvchi mexanizimlarga va o’lchov asboblariga yuborilayotgan signallar tushuniladi. Datchiklarga temperaturani sezuvchi qurilmalar: termopara, termoqarshilik; bosimni, bosimlar farqini, vakumni sezuvchi qurilmalar – sapfir va metranlar; biror qurilmani ishlayotgan yoki ishlamayotganligi to’g’risida signal beruvchi rele qurilmalari kiradi
|
| |