Farg’ona Politexnika Instituti Mexanika-mashinasozlik fakuleti




Download 3.68 Mb.
Sana28.05.2022
Hajmi3.68 Mb.
#22199
Bog'liq
Mustaqil ish AT va HXA
Independent work, OAK jurnallari 2019-2022 yillar, 1-mustaqil ish Muzaffarov Nuriddin, 3-mavzu Pedagogik riskologiyaning 2 soat, 4, Iqtisodiy tahlil darslik (2), 2, 1 topshiriq att, BOLTIBOYEVA RUXSHONA, 2 лаборатория (1), 1709922592, 1710515490, 10-sinf nazorat ishi 8, 524047.pptx

Farg’ona Politexnika Instituti

Mexanika-mashinasozlik fakuleti

29-19 guruh talabasi

Mirzayev Fahriddinning

AVTOMOBILDA TASHISH VA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TASHKIL ETISH

fanidan tayyorlagan mutaqil ishi

O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi


Avtomobil ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreyaning “Daewoo Motors” kompaniyasi bilan tuzilgan manfaatli shartnomadan boshlangan. 1993-yilda Asaka shahrida “UzDaewooAuto” nomi ostida korxona qurish ishlari boshlangan. Zavod Koreyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. 1000 ga yaqin O’zbekistonlik yoshlar Koreyaga borib ish o’rganib kelishgan.
Zavodda 1996-yildan 1-bo’lib “Damas” rusumli avtomobil, mart oyidan boshlab “Tiko”, iyun oyidan “Neksiya” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1996-yil 19-iyulda zavodning ochilish marosimi bo’lib o’tdi va unda marhum Prezidentimiz Islom Karimov ishtirok etdi.
2000-yili “UzDaewooAuto” zavodiga ISO-9001 sertifikati berilgan. 2001-yilga kelib “Matiz” rusumli 2003-yilga kelib esa “Lasetti” rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarilishi boshlandi. 2007-yilda UzDaewooAuto kompaniyasi negizida “Generals-Motors” korparatsiyasi bilan hamkorlikda “GM-Uzbekistan” kompaniyasi tashkil etildi. Buning natijasida zamonaviy “Kaptiva, Epika, Malibu” kabi mashinalar “Chevrolet” brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda “Spark” rusumi ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.
2009-yild “UZAVTOSANOAT” va “MAN” shirkatlari o’rtasidagi kelishuvlarga binoan “JV MAN AUTO-UZBEKISTAN” tashkil topgan. Kelishuv Islom Karimov va Man bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavod Samarqandda joylashgan. Barcha ishchilar nemis tilini o’rganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan o’qitilgan. 2009-2012-yillari yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarildi. 2012-yilda Jonboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi.
1995-yilda UZAUTOSANOAT kompaniyasi Turkiyaning “KOCHHOLDING” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida avtobus ishlab chiqarishni boshladi. “SAMKOCHAVTO” davlat ro’yhatiga olindi va 1999-yilda “Otayol” rusumli avtobuslarni tayyorlash boshlandi.
Shu yilning o’zida 163 ta avtobus, 302 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. 2000-yilda esa bu ko’rsatkich 483 va 102 tani tashkil etdi. 2001-yilda O’zbekistonda avtomobil sanoatida band bo’lgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.
Xulosa
O’zbekiston respublikasida avtomobilsozlik sanoatining vujudga kelishiga eng katta hissa qo’shgan inson shaksiz marhum prezidentimiz I.A.Karimov hisoblanadi. O’zavtosanoat tufayli ko’plab sohalar rivojlanmoqda. Bular banklar, fan, madaniyat, yo’llar, kimyo, metallurgiya va rezina ishlab chiqarish texnologiyalari, ixtisoslashgan kadrlarga talab oshmoqda, universtitet muhitida avtomobilsozlik yo’nalishi jadal rivojlanmoqda. Dunyo tan olgan barcha mamlakatlardan faqat 49 tasi avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega va bu ro’yhatda O’zbekistonning mavjudligi bizning katta yutug’imizdir.
Foydalanilgan internet manbalar:
  • www.google.com
  • www.Yandex.ru
  • www.uzavtosanoat.uz
  • www.uzautomotors.com

Download 3.68 Mb.




Download 3.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona Politexnika Instituti Mexanika-mashinasozlik fakuleti

Download 3.68 Mb.