Farpi S4-19 YeUTT guruh
talabasi Akbarxo'jayev
Aqliddinxo'ja
DETALLARNINIG ISHLASH SHAROITLARI .
DETALLARNING TAMIRBOPLIGI.
REJA :
1. Kirsh : maqsad .
2. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar.
3. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari.
4. Detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanish.
Tayanch so’z va iboralar:
Mashina, mexanizm, uzel, detal, mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, yeyilishga va
titrashga chidamlilik, kuchlanish, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi,
toliqish chegarasi, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik,
titrashga chidamlilik, chegaraviy kuchlanish, kontakt kuchlanish.
Mаqsаd:
Mashina detallari fanining tarixi,
vazifasi va mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’rganish. Mashina
dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlarini o’rganish hamda
detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar bilan
tanishish.Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur
bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda
olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli,
mustahkam va foydali ish koeffisienti yuqori
bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar
loyihalashda ular detallarining mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam,
ishqalanishga chidamli, rasmi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat
standartlarida qo’yilgan talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak.
Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda
yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur.
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Anna
shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi.
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir
turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki
akliy faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va
ijro etuvchi.
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan
oddiy zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va
boshqalar).
Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga
ajralmaydigan qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).
Uzel - mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta
detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar).
Mashinalar quyidagicha tasniflanadi:
1. Mehnat vositalarining rasmini, xossalarini, holatini va joylanishini o’zgartiruvchi
ishchi mashinalar.
2. Har qanday turdagi quvvatni mexanik ishga aylantiruvchi harakatlantiruvchi
mashinalar (ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv va elektr dvigatellar, bug’
mashinalari).
3. Mexanik ishni boshqa turdaga quvvatga aylantiradigan mashiialar - geeneratorlar
deyiladi (dinamomashinalar, sovutgichlar).
4. Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi mashinalar.
5. Axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’llash uchun ishlatiladigan
mashinalar kibernetik mashinalar deyiladi.
Hozirgi zamon texnikasini elektron hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish
tizimlarisiz tasavvur qilish qiyindir.
Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan. Boltlar,
gaykalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, podshipniklar, vallar va ьoshqalar shular
jumlasidandir. Bunday detal va uzellar mashinalarda umumiy vazifalarni bajaradi.
Ularning tuzilishi hamda loyihalanish usullari «Mashina detallari» fanida o’rganiladi.
Shunday qilib, «Mashina detallari» fani muhandislik amaliyotida ko’plab
uchraydigan, deyarli barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va
uzellarning tuzilishini hamda ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va
loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Shu bilan birga, u mashinasozlik
ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi.
«Mashina detallari» fanida o’rganiladigan asosiy detal va uzellar quyidagilardan
iborat:
1. Detallardan uzellar, uzellardan mashina hosil qilish uchun ularni o’zaro qandaydir
vosita bilan bir-biriga biriktirish zarur. Anna shunday vazifani o’taydigan birikmalar
va ularni tashkil qiluvchi qismlar guruhi mazkur fanda o’rganiladigan detallarning
birinchi turkumini tashkil etadi.
2. Mashinaning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismlari orasida joylashib,
harakat tezligini talab qilinganicha boshqarishga imkon beradigan vosita har turli
uzatmalardir. Bunday uzatmalar va ularni hosil qiluvchi detallar «Mashina detallari»
kursining yana bir qismini tashkil qiladi.
3. Ma’lumki, aylanadigan har qanday detalning harakatini ta’minlash va ularni
o’rnatish uchun val va o’qlar deb ataladigan detallardan foydalaniladi. Val va o’qlar
o’zlarining tayanchlariga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, harakatlanadigan bir
uzel ikkinchi uzel bilan o’zining vallari orqali ulanadi. Vallarni ulash uchun esa har
turli muftalardan foydalaniladi.
Binobarin, talab qilingan aylanma harakatni ta’minlaydigan vallar, o’qlar va ularning
tayanchlari hamda vallarni bir-biri bilan ulaydigan muftalar mashina detallarining
navbatdagi turkumini tashkil qiladi.
4. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, turli prujinalar, moylash tizimini tashkil
qiluvchi qismlar, korpus detallar va shu kabilar ham deyarli barcha mashinalarda
uchraydi va mazkur fanda o’rganiladi.
Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo-da Vinchi (1452-
1519 yillar) o’z asarlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli
mashinalar haqida ba’zi ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalar-da, mashinalarni hisoblash
va loyihalash faniga faqat XIX asarda asos solindi.
Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim «Mashinalar haqida ommaviy
leksiyalar» (1859 y) va «Кo’tarish mashinalari kursi» (1872 y) nomli asarlar muallifi
prof. I.A. Vishnegradskiydir.
«Mashina detallari» deb atalgan birinchi kitobni prof. V.L. Кirpichev 1881 yilda
Peterburg shahrida nashr ettirdi. O’sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni
boyitishda vatanimiz olimlaridan P.К. Xudyakov, A.I. Sidorov, M.A. Saverin, N.S.
Acherkan, N.I. Кolchin, V.A. Dobrovolskiy, A.I. Petrusevich, N.B. Кudryavsev, L.D.
Chasovnikov, D.N. Reshetov va M.N. Ivanov asarlari muhim rol o’ynaydi. Chet el
olimlaridan К. Bax, F. Retsher, O. Reynolds, A. Zammerfeld, V. Lyus, E. Bakingem
va D. Shigleyning «Mashina detallari» faniga oid asarlari
ham diqqatga sazovordir.
Кursning maqsadi va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Кursning maqsadi: turli mashinalar uchun bir xil bo’lgan detallarni hisoblashda va
loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, muhandislik
tafakkurini rivojlantirishdir (boltlar, gaykalar, vallar, tishli g’ildiraklar, muftalar va
boshqalar).Кursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini hisobga
olgan holda hisoblash va loyihalash malakalarini singdirish, materiallarni to’g’ri va
aniq tanlash, detal rasmini, aniqlik darajasini va yuzaning ishlanish sifatini to’g’ri
belgilash, bikrlikka, ustuvorlikka, ishqalanishga va yeyilishga, zanglashga
bardoshlilik va chidamlilikka hisoblashni o’rgatishdir.«Mashina detallari» kursi
matematika, fizika, nazariy mexanika, metallar texnologiyasi,
materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materialshunoslik,
mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod, sanoat dizayni va badiiy konstruksiyalash,
metallar zanglashi kabi bir qator fanlarga chambarchas bog’likdir.
Mashina va ularning detallariga hamda detal materiallariga qo’yiladigan talablar
Mashinalarga quyidagi talablar qo’yilishi mumkin:
- yuqori unumdorlik;
- ishonchlilik va umrboqiylik;
boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;
mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning tezda o’zini
qoplashi;
o’lchamlarining kichikliga;
yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi.
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi asosiy
talablar qo’yilishi mumkin:
lozim bo’lgan mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik, issiqbardoshlik, titrashga va
yeyilishga
chidamlilik, zanglashga moyil emaslik, ishchanlik qobiliyatining mezonlariga javob
berishi;
- arzon va serob materialdan tayyorlanishi mumkinligi;
rasmi oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi;
yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi.
Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki mexanizmlar
yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan kimyoviy apparatlarda,
yuqori bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda, chorvachilik va meliorativ
texnikada, gidroelektr stansiyalarning generatorlarida uchraydi), ba’zilari esa yuqori
harorat, bo’shliq, radiasiya ostida ishlatiladi. Кo’p hollarda mashinalarning
ishonchliligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga
olinadi. Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi.
Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning
konstruksiyasini qulaylashtirish usullari ishlatiladi.
Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon;
oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha
yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda
materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga
mustahkamlik, rasm o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy
cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik kabilar kiradi.
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib ishlanuv va
quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi
esa asosan uning tannarxidir.
Loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma’lumotlar
Detalning o’lchamlarini asosiy ishchanlik qobiliyatiga (masalan, mustahkamlik,
bikrlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalar) mos keluvchi ifodalar orqali aniqlash
loyiha hisobi deyiladi. Bu hisoblash usuli detalning yoki konstruksiyaning o’lchamlari
oldindan noma’lum bo’lganda qo’llaniladi. Loyiha hisoblari qator cheklanishlarga
asoslangan va dastlabki hisob rasmida bajariladi.
Detalning asosiy ishchanlik qobiliyati mezonining amaldagi tavsiflarini aniqlash va
ularni ruxsat etilgan qiymatlari bilan taqqoslash tekshiruv hisobi deb ataladi.
Tekshiruv hisobida hisobiy kuchlanishlar va mustahkamlik zahirasi koeffisientlari,
haqiqiy solqilik va kesimning qiyalik burchagi, harorat va shu kabilar aniqlanadi.
Tekshiruv hisobi aniqlashtirilgan usul hisoblanadi. Bu hisob detalning rasmi va
o’lchamlari loyiha hisobidan aniqlangan yoki konstruktiv asosda qabul qilingan
holatlarda bajariladi.
Hisob va konstruksiyalash uzviy bog’langandir. Loyiha va tekshiruv hisoblari asosida
chizma ko’rinishida mexanizm yoki mashinani yaratishning ijodiy jarayoni
konstruksiyalash deyiladi. Mashinakonstruksiyasining ishlanmasi bajarilayotganda
mashinani tayyorlash va ishlatishga sarflanadigan
xarajatlarning kamligida uning kerakli tavsiflarini ta’minlay oladigan qulay
konstruksiyani olish uchun turli variantlar ko’rib chiqiladi.
Кonstruksiyalash maxsus omillarni va loyihalanayotgan mashinaning ko’rsatkichlarini
shu rusumdagi mashinalarni ishlatish tajribasini aks ettiruvchi statik material va
ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilishni hamda zamonaviy mashinasozlikning
hamma talablarini e’tiborga olishni talab etadi.
Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari
Detallarning ishchanlik qobiliyati ularning ishlash sharoitlaridan kelib chiqadigan
qatormezonlar orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, mashina detallarini
hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mashina yoki detalning ish sharoiti,
muhiti, unga ta’sir ko’rsatadigan omillari albatta e’tiborga olinishi lozim. Masalan,
abraziv sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak
juftligi bilan toza sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi birdek xizmat
muddatiga ega emas. Yuk ko’tarishda ishlatiladigan po’lat arqonlar bilan faqat biror
konstruksiyani ushlashda qo’llaniladigan po’lat arqonning ish sharoitini bir xil deb
bo’lmaydi. Shuning uchun ham detallarni hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini
baholashda mezonlar kiritilgan. Bunday mezon larga mustahkamlik, bikrlik,
yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik, titrashga chidamlilik
kabilar kiradi.
Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu
mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama
ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Mustahkamlikni
hisoblash usullari asosan «Materiallar qarshiligi» kursida o’rganiladi. Detallarning
ishlash sharoiti, ularga ta’sir etadigan turli yuklamalar detallarning albatta qisman
bo’lsada, deformasiyalanishiga olib keladi. Detallar ish jarayonida
deformasiyalanganda ham o’z xizmat vazifasini benuqson
bajarishi va sinmay ishlay olish xususiyatini ularning mustahkamligi deb atash joiz.
Detallarni mustahkamlikka hisoblashda normal [σ] va urinma [τ] ruxsat etilgan
kuchlanishlarni to’g’ri aniqlay olish birlamchi ahamiyatga molikdir. Normal va
urinma kuchlanishlar juda ko’p omillarga bog’likdir. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
a) tanlab olingan material va zagotovka (tanovar)larni olish usuli (quyma, bosim
ostida rasm berish, qirqish va boshqalar), termik ishlov turi;
b) detalning ma’suliyatlilik darajasi va uning ish maromi;
v) detalning rasmi va o’lchamlari;
g) detal yuzasining notekisligi va b.
Mazkur kursda ruxsat etilgan kuchlanishlarni tanlash to’g’risidagi aniq ko’rsatmalarni
mos detallarni hisoblashlarda berishni lozim topdik.
Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini
o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi. Ba’zi detallarning mustahkam
bo’lishi etarli bo’lmaydi, ularning bikr bo’lishi ham talab etiladi. Ayniqsa, kuch va
momentlarning birgalikdagi ta’siri ostida ishlaydigan detallar mustahkam bo’lishiga
qaramay, kutilganidan ortiq darajada egilishi mumkin. Misol tariqasida vallarni
keltirish mumkin. Ruxsat etilganidan ortiq egilgan
valning ishlatilishi mumkin emas, chunki valga o’rnatilgan detallar (tishli g’ildiraklar,
muftalar, yulduzchalar, podshipniklar) muddatidan ilgari ishdan chiqishi mumkin.
Ba’zi detallarning ishlashiga ularning haddan tashqari bikr bo’lishi salbiy ta’sir
ko’rsatadi, chidamliligining kamayishiga, shovqinning oshib ketishiga, qo’shimcha
dinamikaviy kuchlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Bu holatni po’latdan
tayyorlangan tishli g’ildiraklarda kuzatish mumkin.
Bundan shunday xulosa chiqarish lozim: zarur hollarda detallarning nisbatan
beriluvchan bo’lishiga erishish kerak. Mashina detallarining bikrlik me’yorlari
mashinalarni ishlatish tajribasiga asosan tajribaviy yo’llar bilan aniqlangan hamda
turli ma’lumotnomalarni jamlagan kitoblarda keltirilgan.
Detallarning beriluvchanligi «Materiallar qarshiligi» kursida bayon etilgan usullar
orqali anikdanadi.Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida
detallarning ishqalanish yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati
yeyilishga chidamlilik deyiladi. Yeyilishga chidamlilik tanlangan materialning
xossalariga, yuzalarning termik ishloviga va
notekisligiga, bosim yoki kontakt kuchlanishlarning qiymatiga, sirpanish tezligaga,
moy turi va moylanish maromiga, ishlash sharoiti va maromiga hamda boshqalarga
bog’liqdir. Yeyilish detallarning mustahkamligani kamaytiradi, kontakt sharoitini
og’irlashtiradi, moy tarkibini o’zgartiradi, shovqinni vujudga keltiradi.
Aksariyat hollarda detallarni yeyilishga chidamlilikka hisoblash ruxsat etilgan bosim
[p], solishtirma bosim bilan ishqalanish tezligining ko’paytmasining ruxsat etilgan
qiymati bilan solishtirish usuliga ko’ra aniqlanadi:
r ≤ [r]; rv ≤ [rv]Amaliyotda yeyilishni kamaytirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi.
Ishqalanuvchi detallarni kerakli darajada moylab turish, yeyilishga chidamli
materiallarni qo’llash (bronza, plastmassa, latun, o’z-o’zini moylab turish
xususiyatiga ega bo’lgan moy shimdirilgan g’ovak
detallarni ishlatish, yuzaga termik ishlov berish va boshqalar) ana shunday
tadbirlardan hisoblanadi.
O’zbekiston hududining asosiy qismi cho’llar, qumliklar, tog’liklardan iborat.
O’zbekistonda yillik yog’in-sochin miqdori ham juda kam. Orol dengizining qurib
borishi mamlakatimizning ekologak barqarorligini izdan chiqarishga sabab
bo’lmoqda.Sug’orma dexqonchilik rivojlangan mamlakatimizda ishlatiladigan barcha
mashinalar kabi qishloq xo’jalik texnikasiga ham qator talablar qo’yiladi. Abraziv
muhit, yerlarning sho’rlanganlik darajasining yuqoriligi, yer osti suvlarining yer
sathiga yaqinligi, kunlik o’rtacha haroratning keskin farqlanishi kabi omillar mashina
detallarining mustahkamligiga, yeyilishiga, issiqlikka chidamliligiga hamda titrashga
ustuvorligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv
tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay
olish qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi. Detallarning ish vaqtida qizib ketishi xavfli
va zararli hodisadir, chunki bunday holda ularning mustahkamligi kamayadi,
moylarning xossalari yomonlashadi, harakatchan birikmalardagi tirqishlarning
kamayishi yeyilishning oshishiga va sinishga olib kelishi mumkii. Shuning uchun
mashinalarni loyihalashda mashinada ish jara yonida hosil bo’ladigan issiklik
miqdori Q mashinadan tashqi muhitga tarqaluvchi issiqlik
miqdoridan Q1, kichik yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu holatni quyidagicha
ifodalash o’rinlidir:
Q ≤ Q1
Mashina detallarining issiqbardoshlikka hisobi ularning me’yoriy issiqlik maromini
ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans sohalaridan yetarlicha
uzoqdagi kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga
ustuvorliga deyiladi.Tezlikning oshishi, detallarning yengillashuvi, konstruksiyaning
noto’g’ri tuzilganligi, mashinalardagi elastik elementlar xossalarining ish davomida
yomonlashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan
kuchlanishlar, mahkamlangan detallarning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga
keltirishi mumkin.
Bu holatlardagi titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi.
Ma’lumki, detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil
bo’luvchi tebranishlar chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi.
Titrashga ustuvorlik masalalari asosan «Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi.
Shuni qayd etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda
mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun (qisqacha tizim) bajariladi.
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qotish chora
tadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati baholangavda,
yuqorida keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart emas, balki
ma’lum detal uchun asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir nechtasi baholansa
etarlidir.Mashina detallarining asosiy materiallari
Mashina detallarining asosiy materiallarini uch guruhga bo’lish mumkin: 1) qora
metallar; 2) rangli metallar; 3) metallmas materiallar. Bulardan eng ko’p
ishlatiladigani qora metallar – po’lat va cho’yandir.
Qora metallarning ko’p ishlatilishiga sabab shuki, ular mustahkam bo’lish bilan birga,
nisbatan arzon turadi. Qora metallarning salbiy tomoni zichligi katta bo’lib,
korroziyaga uncha chidamli emasligidir.
Mashinalarni loyihalashda ularning detallari uchun material tanlash muxandis
konstruktorning eng mas’uliyatli vazifalaridan biridir.
Mashina detallari uchun material tanlashdagi asosiy talab shuki, tanlab olingan
material avvalo, detalning ishga layoqatli bo’lishini ta’minlashi hamda nisbatan arzon
turishi kerak. Bu talabni hamma vaqt ham osonlikcha qondirib bo’lmaydi, chunki,
odatda, mustahkam, puxta, sifatli materiallar qimmat turadi. Shunday ekan, material
tanlashda yanglishmaslik uchun ulardan
bir necha xilini tanlab, ularni hisoblab ko’rgan ma’qul. Masalan, diametri 100 mm va
aylanish chastotasi 5000 min-1bo’lgan shkivni cho’yandan yoki alyuminiy
qotishmasidan tayyorlash mumkin. Alyuminiy qotishmasi cho’yanga qaraganda ikki
marta qimmat turadi. Lekin alyuminiy
qotishmasi dastgohda cho’yanga qaraganda 8 - 10 marta tez ishlanadi. Natijada
alyuminiy qotishmasidan shkiv cho’yandan tayyorlangan shkivga qaraganda 25 %
arzon bo’ladi. Кo’rinib turibdiki, tannarxi qimmat bo’lsa-da, alyuminiy qotishmasidan
shkiv tayyorlash cho’yandan tayyorlashdagiga qaraganda foydalidir. Bordi-yu detalga
nisbatan qo’yilgan hamma talabga ham
javob beradigan material tanlash mumkin bo’lmasa, u holda eng zarur talablarni
qondiruvchi materialni olish lozim. Qo’yilgan talablarni qondirish uchun ayrim
hollarda, bir detalning o’zi turli materiallardan ishlanishi ham mumkin. Masalan,
gidroturbinalarning parragi avvalo mustahkam, qolaversa korroziyabardosh bo’lishi
kerak. So’nggi yillargacha bu maqsadda yuqori
sifatli zanglamas, ammo qimmatbaho po’lat ishlatilar edi. Hozirgi vaqtda bunday
parraklar oddiy uglerodli po’latdan tayyorlanib, ularning sirtiga zanglamas po’lat
qoplanmoqda, natijada kattagina mablag’ tejalmoqda. Ma’lumki, tishli g’ildirak
tayyorlash uchun ishlatiladigan materialning asosiy massasi uning tanasiga ketadi.
Holbuki, tishli g’ildirak tanasiga to’g’ri
keladigan kuchlanish tishlariga to’g’ri keladigan kuchlanishning juda ham oz qismini
tashkil etadi. Anna shu nazarda tutilib, ToshDTU «Mashina detallari» kafedrasida
tishli g’ildirakning yangi turi yaratildi. Bu g’ildirakning tanasi arzon turadigan
cho’yandan, tishli gardishi esa sifatli
po’latdan yasalib, ular elastik material vositasida bir-biriga ulanadi. Bunday
g’ildiraklar etarli darajada chidamli bo’lishi bilan birga, ishlash vaqtida paydo
bo’ladigan shovqin odatdagi tishli g’ildiraklardagiga qaraganda birmuncha kamdir.
Mashina detallari materiallari sifatida metallmas materiallar, ya’ni plastmassalar ham
keng qo’llanilmoqda. Ular ikki guruhga bo’linadi: termoplastlar (termoplastik
plastmassalar) va reaktoplastlar (termoreaktiv plastmassalar).
Termoplastlar (har xil poliamidlar, hamma turdagi kapralonlar, poliuretanlar,
poliformalьdegid, polikarbonat, polipropilen, polivinilxloridlar, polietilen,
ftoroplastlar) ga xos xususiyat shundan iboratki, ular suyuqlantirilib, so’ngra
sovitilgandan so’ng suyuqlantirishdan
oldingi xossalari tiklanadi. Demak, bunday material chiqindilarini, undan yasalgan
detallarni qayta suyuqlantirib, yangi detal tayyorlash mumkin.
Reaktoplastlar (tekstolitlar, voloknitlar va yog’och qatlamli plastiklar (DSP))
suyuqlantirilib, so’ngra sovitilgandan keyin ularning dastlabki xossalari tiklanmaydi.
Plastmassalarning qora metallarga nisbatan asosiy kamchiligi shundaki, birinchidan,
ularning mustahkamligi etarli darajada bo’lmaydi, ikkinchidan, vaqt o’tishi bilan
tashqi muhit ta’sirida mexanikaviy xossalari, ba’zan esa detalning o’lchamlari o’z-
o’zidan o’zgaradi.
|