Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish




Download 204 Kb.
bet6/13
Sana19.01.2024
Hajmi204 Kb.
#141471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR MUHOFAZASI

3. Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish


Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:

  1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi);

  2. FV ning mohiyati (mazmuni);

  3. FV ning sabablari;

  4. FV ning shikastlovchi omillari;

  5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;

  6. FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);

  7. FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish);

  8. Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).

Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi.
Ya’ni:
havf-xatar (FV manbai, havfli tabiat hodisasi, Ma’lum sharoit va muhitda
h avf bor ob’ektlar, ekologik vaziyat) FV
FV oqibatlari turli tuman bo‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: o‘lim, odamlarni kasallanishi, inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning ko‘pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bo‘ladi. Bu paytda o‘ta kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfli eri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir xududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV havfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bo‘lsa, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshoatlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish o‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish o‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bo‘ladigan o‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yong‘in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko‘p turli) shikastlanish o‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yong‘in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli bo‘ron, inshoatlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong‘inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.
FVlardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O‘z vaqtida va aniq olingan ma’lumot samarali himoya uchun o‘ta muhimdir.

Download 204 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 204 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish

Download 204 Kb.