Faza va nol farqi?




Download 117.15 Kb.
Sana10.05.2022
Hajmi117.15 Kb.
#20599
Bog'liq
Faza va nol farqi, zazemleniya
anatatsiya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.

@elektrik_kundaligi

Faza va nol farqi?
Ma’lumki elektr toki ikki xil bo’ladi. Bular o’zgaruvchan va o’zgarmas toklar.
O’zgaruvchan tokda faza va nol tushunchasi mavjud. Faza bu elektr energiyasi manbadan istemolchiga tomon yo’naluvchi o’tkazgich hisoblanib uning soni 1 yoki 3 taga teng bo’ladi. Elektr toki manbadan istemolchiga oquvchi o’tkazgich simning faza deb nomlanishiga sabab, faza so’zi yunon tilida “paydo bo’lish, mavjud bo’lish” ma’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqib ko’zga ko’rinmas tokning mavjud sohasi bir faza deya nomlangan yani uch tarmoqli liniyaning bir o’tkazgichi ma’lum fazadur deb yuritilgan va natijada har bir o’tkazgich faza deb nomlana boshlangan.
Nol sim bu istemolchi joylashgan qismda linya simlarining birlashgan qismi hisoblanadi. Nol deyilishiga sabab uchta liniya o’tkazgichlari (L1, L2 va L3) birgalikda tutashgan qaytish tarmog’I nolga teng bo’ladi. Nol sim deyilgani bu unda elektr oqimi bo’lmaydi degani emas. Unda umumiy oqim oqadi shunchaki ular birgalikda nol qiymatga ega bo’ladi. Bu tarmoq boshqacharoq qilib neytral deb ham nomlanadi. Neytral tarmoqlar ko’p hollarda yerga ulanish orqali olinadi. Bu tarmoq ingliz tilida “PEN Explorer” deb nomlanadi uning manosi “birlashtirilgan neytral o’tkazgich” deganidir. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki agar nol(neytral) tarmoq bo’lmasa hech bir elektr uskunasi ishlamaydi.


Заземления ( Yerga ulash) – bu o’z nomi bilan elektr uskunalari, apparatlar, mashinalar va jihozlarni yerga ulash hisoblanadi. Bunga sabab elektr uskunalarining tashqi qismlari, korpusi metaldan iborat va u yerda yig’iladigan statik zaryadlar insonlarni zararlashi mumkin. Inson biror faza ulanib qolgan ishchi uskuna korpusiga tekkanda u orqali tok oqib o’tadi va insonni elektr toki jarohatlaydi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida uskunalar korpusi yerga ulanadi. Yerning qarshiligi juda kichik hisoblanib elektr toki doim qarshiligi kichik muhitga tomon harakatlanadi va yerga ulangan korpusga odam tekkanda tok inson orqali emas yerga ulanuvchi tarmoq orqali oqib o’tadi. Yerga ulanish po’lat qoziqlarni yerga qoqish va ularga o’tkazgichlarni ulab o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Sanoat korxonalarida umumiy yerlatish amalga oshiriladi. Bunda kariyer sharoitida umimiy yerlatgichning qarshiligi 4 omdan, shaxta sharoitida 2 omdan va fabrika va zavodlar sharoitida 8 omdan oshmasligi lozim.
Download 117.15 Kb.




Download 117.15 Kb.