|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
|
bet | 111/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishMasalalar:
«Nexiya» yengil avtomashinasi Qarshidan Buxorogacha bo‘lgan 150 km yo‘lni x minutda bosib o‘tdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligini toping va dasturini tuzung;
O‘quvchining uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa x metrga teng. O‘quvchi 2,5 km/soat tezlik bilan yursa, maktabda necha minutda yetib boradi? dasturini tuzung.
Jism dastlabki 5 sekundda x1 metr, keyingi 20 sekundda x2 metr va oxirgi 10 sekundda x3 metr masofani bosib o‘tgan. Yo‘lning har bir qismidagi va butun qismidagi o‘rtacha tezliklarini topingva dasturini tuzung;
Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib 5 sekund ichida o‘z tezligini x1 m/s dan x2 m/s gacha oshirdi. Jism qanday tezlanish bilan harakatlangan? dasturini tuzung.
Samolyot qo‘nish paytida g‘ildiraklari yerga tekkandagi tezligi x km/soat. Agar uning tezlanishi –2,0 m/s2 bo‘lsa, u qancha vaqtdan keyin to‘xtaydi? dasturini tuzung.
Uzunligi x metr bo‘lgan ingichka ip boshidan jo‘nagan chumoli ip oxiriga kelguncha 5 minut o‘tdi. Chumolining tezligini toping (sm/s) va dasturini tuzung.
x m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 4 s da to‘xtadi. Avtomobil tezlanishining modulini toping (m/s2) va dasturini tuzung.
Avtomobil g‘ildiragi 0,5 minutda x marta tekis aylandi. G‘ildirakning aylanish davri va chastotasini toping va dasturini tuzung;
0.2 sekund davomida g‘ildirak x rad ga burildi. Uning o‘qidan 6 sm uzoqlikdagi nuqtasining chiziqli tezligini topingva dasturini tuzung;
Aylana bo‘ylab tekis harakat qilayotgan jismning aylanish davri 0,125 s, radiusi x metr da teng. Jismning markazga intilma tezlanishini toping va dasturini tuzung?
Uzunligi 1 metr ipga bog‘langan sharcha 1 minutda x marta aylandi. Sharchaning aylanish chastotasi, davri hamda chiziqli tezligini toping va dasturini tuzung;
Shkiv 50 rad/s burchakli tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o‘qidan x mm masofadagi nuqtaning tezligini toping va dasturini tuzung;
Yo‘lning radiusi 100 m bo‘lgan burilish joyida avtomobil x km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Avtomobilning markazga intilma tezlanishini toping va dasturini tuzung.
Massasi 2 t bo‘lgan avtomobil tirkagichi, avtomobilga birligi 100 kN/m bo‘lgan tros yordamida ulangan. Agar ular x m/s2 tezlanish bilan harakatlansa tros qanchaga uzayadi?
Kosmik kema yer sathidan besh yer radiusiga teng masofaga uzoqlashsa, uning yerga tortilish kuchi qanday o‘zgaradi? dasturini tuzung.
Massasi 2,5 t bo‘lgan avtomobil tirkagichi avtomobilga 150 kN/m bo‘lgan tros yordamida ulangan. Agar ular x m/s2 tezlanish bilan harakatlansa tros qanchaga uzayadi?
|
| |