Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish




Download 16.21 Kb.
Sana29.09.2022
Hajmi16.21 Kb.
#26555
Bog'liq
1-mavzu.FJKAY
Загадка Лермонтова, 5 - Mexanikalıq jumıs, quwatlıq hám energiya, Malakaviy ish. Ortiqova, malaka ishi Tutob to\'la, 961-18-guruh Ro\'zmetov Sanjar mustaqil ish, linklar, I.Abram, ENERGIYA NAZORATI VA HISOBLASHNI, Sirtqi Иқтисодий таълимотлар тарихи силлабус, UV FANLARIDA AXBOROTNI ANIQLASH VA UNDAN FOYDALANISHGA OID TURLI MASHQLARNI BAJARGANSIZ, 2, ФД Ахборот хавфсизлиги асослари 2020, 5130200-Амалий математика malaka talap, Doc1

Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish” fanining maqsadi va vazifalari.
Reja
1. Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish” fanining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
2. Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratishda qo`llash uchun mumkin bo`lgan dasturiy mahsulotlar va ularning imkoniyatlari.
Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish” fani talaba shaxsining birinchi o’rinda turishini ta’minlash, avtomatlashtirilgan o’qitish va nazorat tizimlaridan, multimediya yaratuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanishga o`rgatish, zamonaviy ta`lim tendensiyalarini anglash va qo`llay olish tushiniladi. Shu nuqtai nazardan har bir talaba avtomatlashtirilgan o’rgatish va nazorat qilish dasturi bilan ta’minlangan kompyuterlarda ishlab mustaqil bilim olishi, bilim darajasini orttirib borishi hamda o’qitish tizimi tarkibidagi nazorat topshiriqlari orqali o’zining olgan bilim darajasi haqida muntazam ravishda ma’lumotga ega bo’lib borishi maqsadga muvofiqdir.
Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy «eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko`rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman», degan ekan.
Ta`limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo`llaganda talaba eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma`lum bir shart sharoitlar mavjud. Birinchidan, axborot resurslari bilishi kerak.
Bularga

  • Shaxsiy komp`yuter

  • Proektor

  • Mul`timedia vositalari

  • Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni komp`yuterga utkazish uchun)

  • Raqamli fotoapparat 

  • Video kamera (video konferintsiyalar o`tkazish uchun va yana boshqa maqsadlarda)

  • Printer, nusxa ko`chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog`ozga tushirish va ko`paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar.

Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta`minotlar hisoblanadi. Ta`lim tizimda mult`mediali elektron o`quv adabiyotlar, ma`ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, xar hil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo`ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi.
Bu dasturlar juda ko`p bulib, misol uchun: Animatsion roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Mult`mediali taqdimot ma`ruzalarini yartishda hammamizga ma`lum bo`lgan Power Point va Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o`quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar xam mavjud bulib ularga misol uchun, Adobe Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi.
Shuningdek, CorelDraw dasturi orqali xar xil grafiklarni yaratish mumkin. Tovush va videolarni tahrirlash uchun esa mos ravishda SoundForge va Adobe Premier dasturlaridan keng foydalaniladi.
So'nggi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvchilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish, masofadan turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab millati, dini va tilidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnalogiyasi haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishingiz lozim.
Turli sayyoralarni tadqiq etish inson xayoti uchun havfli bo`lganligi sabab, kosmik apparatlardan foydalaniladi (masalan, Oyni o`rganish uchun tadqiqot modeli sifatida “Lunoxod” va b.q.). Mamalakat iqtisodi bo`yicha o`tkaziladigan tajriba, uning oqibatlariga ko`ra qimmat bo`lganligi uchun, boshqaruvchi echimlarning oqibatini o`rganishda iqtisodning matematik modellaridan foydalaniladi. Metallarga ishlov berish jarayoni vaqt bo`yicha tezkorligi sabab, uni vaqt ko`lami (mashtab) katta, zanglash (korroziya) jarayoni – vaqt ko`lami kichik, atom – fazo ko`lami katta, kosmosdagi jarayonlar – fazo ko`lami kichik modelda o`rganiladi.
Download 16.21 Kb.




Download 16.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish

Download 16.21 Kb.