Ilm-fan va ta’limni integrastiyalash masalalari va muammolari




Download 0,52 Mb.
bet12/18
Sana11.04.2021
Hajmi0,52 Mb.
#14205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1.3. Ilm-fan va ta’limni integrastiyalash masalalari va muammolari.

O’zbekiston Respublikasida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida olib boriladigan islohotlarning tub maqsadi davlat va jamiyatning ta’lim jarayoni oldiga qo’ygan buyurtmasini ta’minlashdan iborat. Jumladan, davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun zarur, raqobatbardosh, ilmiy salohiyatga ega bo’lgan etuk mutaxassislarni tayyorlash, ularga beriladigan ta’lim-tarbiya va ilmiy bilimlar mazmunini takomillashtirishga qaratilgan.

Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: “Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi” [1].

Oliy ta’limda o’quv-tarbiya jarayoni o’ziga xos pedagogik ilmiy tadqiqot faoliyatidan iboratdir. Oliy ta’lim yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirishda eng muhim bo’g’in hisoblanadi.

Ta’lim amaliyotidan ma’lumki, o’quvchi talabalikka qabul qilingandan boshlab, har bir fanning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o’rganishi bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratiladi [3].

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to’g’risida» gi qonun asosida O’zbekistonda amal qilinayotgan ko’p bosqichli ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’lim jarayonida yangi standartlar va dasturlarga asosan ta’limning eskirgan metodikalar bo’yicha olib borilishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng qamrovli islohotlarni Respublika pedagoglari ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayonida qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur. Buning uchun o’quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishda talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo’naltirishga o’rgatish talab etiladi. Bu esa ta’lim jarayonini innovastion yondashuvlar asosida tashkil etishda talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirmay ta’lim tizimini isloh qilishni va uni taraqqiy ettirishni tasavvur qilib bo’lmasligini ko’rsatadi. Talaba - yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishga innovastion yondashuvning ilmiy asoslari haqida respublikamiz pedagog olimlari tomonidan muayyan darajada fikrlar bildirilgan. Bu esa mazkur ishning jadal sur’atda davom etayotganligini ko’rsatadi.

Yoshlarni integrativ bilimlar tizimi bilan qurollantirish, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish oliy ta’lim tizimi bosh maqsadidan kelib chiqqan, bajarilishi zarur bo’lgan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ta’lim texnologiyalari vositasida talaba - yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:



  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish;

  • Ta’lim-tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida o’qituvchi va talabaning o’zaro pedagogik hamkorlik faoliyati samaradorligini oshirish;

  • Barkamol avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanish.

Bugungi davrga kelib, fan va texnikaning jadal rivojlanishi ilmiy axborotlar ko’lamining ko’payishiga olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida, ilmiy bilimlar asosida shakllantirilgan o’quv fanlarining mazmuni yil sayin yangi bilim va tushunchalar bilan boyitib borilishi tufayli fan asoslaridagi o’quv materialining hajmi ortishiga sabab bo’lmoqda. Amaldagi o’quv mashg’ulotlari uchun ajratilgan vaqt me’yorlari esa katta hajmdagi o’quv materialining o’quvchilar tomonidan to’laqonli o’zlashtirilishiga imkon bermaydi. Demak, mavjud vaqt me’yorlariga amal qilgan holda o’quv materialining mazmunini o’quvchilarga etkazib berish uchun ta’limda yangicha yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv zamonaviy ta’limda fanlararo bog’lanish tarzida amalga oshirib kelinmoqda. Biroq bu metod ham mavjud muammoni to’la hal etib berolmasligi sababli boshqa metodlardan foydalanish ehtiyoji vujudga keldi. Bunda asosiy e’tibor o’quv materialining hajmi va mazmunini ixchamlashtirishga qaratilishi lozim.

Vujudga kelgan muammoni hal etish yo’llaridan biri sifatida bugungi kunda metodist olimlar tomonidan ta’lim mazmunini integrastiyalash metodi keng e’tirof etilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, integrastiyalash metodi o’quv mashg’ulotlarining mazmunidan tashqari ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari integrastiyasida ham muhim ahamiyatga ega.

«Integrastiya» atamasi mazmun va mohiyat jihatdan uzoq tarixga ega. “Integrastiya” - lotincha «integration» so’zidan olingan bo’lib, «integr» - “to’liq, yaxlit”, “bir butun” degan ma’nolarni anglatadi. Bugungi kunga kelib, kishilar integrastiya jarayonining mohiyatini yaxshi anglashi, uning rivojlantiruvchi funkstiyalaridan foydalana olishlari natijasidagina muhim ilmiy muammolarni hal qilishda unga ehtiyoj sezmoqdalar. Biz integrastiya bir nechta o’quv predmeti materiallarini metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo’ysundirish asosida tuzish usuli yoki predmetlararo bog’lanishning eng yuqori darajasi, umummetodologik prinstiplar asosida muammoni kompleks o’rganish yo’li deb hisobladik. Unga bir butun bilimlar «monoliti»ni yaratishga imkon beruvchi vosita, atrof-muhit haqida yaxlit tasavvurni yaratishda bilimlarni yaqinlashtiruvchi, umumiy platformani belgilovchi omil, deya ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.

Shaxsga bilim berish hamda uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ilmiy-ijodiy faoliyatga yo’llashda eng kuchli potenstialga ega bo’lgan jahon axborot tarmog’iga bog’lanish, turli xildagi ma’lumotlar, amaliy tajribalar bilan batafsil tanishish, eng so’nggi tabiiy va gumanitar bilimlarni egallash zarur. Bunda axborot kommunikastiya texnologiyalaridan, elektron darsliklardan foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi davr talabidir.

Talabani o’zlashtirgan bilimlarini umumlashtirgan holda talabalarni fikrlashga o’rgatish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish masalalarida jiddiy kamchiliklar mavjud. Bu, o’z navbatida, DTS, o’quv dasturi, darsliklarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Oliy ta’lim tizimida talaba-yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda integrastiya jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi va u ilm – faning turli sohalarini o’zaro bog’langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq deganidir.

Talaba-yoshlarni ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo’naltirishga asoslangan integrastion jarayon qisqa muddat ichida oliy ta’lim muassasalari kafedralarining ilmiy imkoniyatlari kengayishiga ko’maklashadi. Bugungi kunda fan va ta’lim integrastiyasining rivojlanishi ko’p jihatdan amalga oshiriladigan tadqiqotlarga ham bog’liq.

Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda oliy ta’lim asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi va unda talabalar tadqiqotchilik faoliyatlarining aniq yo’nalishlariga ega bo’ladilar.

Talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirishga oid asosiy tayanch tushunchalarini quyidagicha izohlash mumkin:

Talaba - (lotincha - qunt bilan ishlovchi, shug’ullanuvchi, mustaqil ravishda bilim oluvchi) – oliy o’quv yurti bilim oluvchisidir.

“Talaba” so’zi arab tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan bo’lib, ma’nosi “istovchi, talab etuvchi, qidiruvchi, o’quvchi, tinglovchi” kabi ma’nolarni anglatadi. ﻄﻠﺒﺔ [talabatun] «Talabatun» so’zi “tolib” so’zining “siniq” ko’plik shakli bo’lib, o’zbek tilida birlik ma’nosida qo’llanadi [2].




Download 0,52 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilm-fan va ta’limni integrastiyalash masalalari va muammolari

Download 0,52 Mb.