Ilm - arab tilidan olingan bo’lib, o’qish, o’rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui; Fan [3].
Ilm - arab tilida ﻋﻠﻢ “ilmun” tarzida yoziladi, ilm deb talaffuz etiladi. Bu so’z arab tilida ﻔﻌﻞ [fe’lun] qolipida yasalgan bo’lib I bob fe’lining masdaridir, ma’nosi “bilish” – “o’rganish”, ma’nosini anglatadi. «Ilmiy» so’zi ham arab tilidan o’zbek tiliga o’zlashtirilgan bo’lib, ilm so’zi ma’nosida “iy” qo’shimchasi asosida arab tilidan fors tiliga, fors tilidan o’zbek tiliga o’zlashtirilgan. Bu qo’shimcha asosan o’zbek tiliga arab va fors tilidan o’zlashgan nisbiy sifat yasaydi. Uning “viy” shakli ham mavjud: Masalan: ma’no-ma’naviy “shu’ro”-shu’roviy [4] .
Tadqiqot- arab tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan bo’lib, “tadqiq” so’zining “to’g’ri ko’plik” shaklidir. Arab tilida ﺘﺩﻗﻴﻗﺎﺖ - [tadqiqotun] deb yoziladi, talaffuzda esa [tadqiqat] deb aytiladi. Ma’nosi: “maydalab o’rganish”, “tadqiq” so’zi “daqqaqa” fe’li bo’lib “aniq bo’lmoq” “aniqlamoq” kabi ma’nolarini beradi [5].
Ilmiy mavzu – ilmiy tadqiqot talab etadigan, ma’lum sohaning dolzarb muammosi echimiga qaratilgan ilmiy xarakterdagi vazifadir.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqarish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga ob’yektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqotning hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir - biri bilan bog’langan ikki qism - tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba o’tkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalaridan fanning o’zidagina emas, balki ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng foydalaniladi [6].
Hozirgi texnologik jarayonlar rivojlangan davrda, oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladigan tadqiqotlar mavjud muammolar echimiga qaratiladi. Bu o’rinda ilmiy laboratoriyalarning o’rni alohida ahamiyatga ega.
Tadqiqot ishi talabani mas’uliyat hissini anglab etish va oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda intizomga qat’iy rioya qilishga undaydi. Ilmiy tadqiqot ishlarining ilmiy-nazariy echimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlar “Talaba-yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish modeli” asosida samarali amalga oshirilishiga erishilsa, tadqiqot ishi muvafaqqiyatli bajarilgan bo’ladi.
Bugungi axborot texnologiyalari asrida oliy ta’lim jarayonida faqat mavjud bilimlarnigina o’zlashtirib, so’ngra ilm bilan shug’ullanish emas, balki ta’lim jarayonini ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir vaqtda va bir-biri bilan bog’lagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda tashkil etilgan ta’lim jarayoni juda ko’p ma’lumotlarga asoslanilgan tarzda amalga oshirilishi tufayli talaba barcha ma’lumot yoki axborotlarni o’zlashtira olmaydi hamda ularni tizimlashtirish imkoniyatiga ham ega bo’lmaydi. Shuning uchun bo’lajak mutaxassisning bilim darajasi mukammal bo’lmay turib o’z ishiga yuqori qiziqish bilan yondashmaydi [25].
Ta’lim ilmiy tadqiqot jarayoni bilan qo’shib amalga oshirilganda esa, talaba o’zi ishtirok etayotgan yoki olib borayotgan ilmiy tadqiqot natijalarining aniqligi va ishonchli bo’lishi uchun, mavjud bilim va axborotlarni o’zi mustaqil ravishda o’zlashtiradi hamda tanlagan, qiziqqan sohasini mukammal egallash maqsadida barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Fan bilan ta’lim jarayoni integrastiyasini yuqori darajada tashkil etish uchun avvalo, o’quv va ilmiy, ilmiy-muammoli laboratoriyalar holati hamda ularda olib boriladigan tadqiqotlarning mazmun - mohiyatiga e’tibor berish kerak.
Bunda asosiy e’tibor talabaning ushbu faoliyatga qiziqishi va kerakli ko’nikmalarni hosil qila olishiga qaratilishi, buning uchun ilmiy laboratoriyalarda olib boriladigan tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar ko’proq mahalliy muammolar bilan bog’langan bo’lishi lozim. Chunki talaba o’zi duch keladigan muammo echimi bilan bog’liq tarzda olib boriladigan tadqiqotlarga ko’proq e’tibor beradi. Ushbu jarayon ta’lim va fan integrastiyasini tashkil etishning bosh mezonlaridan biridir.
Ilmiy tadqiqot natijalari bayonining maqsad va vazifalari ushbu yo’nalishdagi yangiliklar va ma’lumotlarni ommalashtirishdan iboratdir. Buning natijasida ilmiy tadqiqot ishidan olingan xulosalar soha vakillari va mutaxassislarning e’tiboriga havola etiladi va bildirilgan munosabatlar orqali ish samaradorligini aniqlash, zarur hollarda yangi ma’lumotlar bilan to’ldirish imkoniyati vujudga keladi [26].
Shunday qilib, fan va ta’limning maqsadlari umumiy bo’lib, muammoning yagona echimini topishga qaratilgandir. Ilmiy tadqiqotlar oliy ta’limni keng doirada rivojlantirish, ilmiy xizmat ko’rsatishning samaradorligini oshirish hamda ta’lim-tarbiya va tadqiqot jarayonlari oxirgi natijalarining takomillashuviga yo’naltirilishi kerak.
Uzluksiz ta’lim tizimi davomida talaba reproduktiv fikrlashga undovchi ta’limiy vazifalar o’rniga mahsuldor ijodiy izlanishga yo’llovchi ta’lim-tarbiyaviy muammolarni yechishga qodir bo’ladi.
Demak, ushbu jamiyatga munosib va uni faol rivojlantirishda ishtirok etuvchi shaxs, mutaxassis sifatida ilmiy izlanish olib borishi, olingan axborotlarni tizimlarga ajratishi, muammoga xos fikr va texnikaviy yechimlarning maqbul variantlarini tanlash usullarini bilishi zarur. Aqliy faoliyat bevosita ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida, tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan foydalanish orqali istiqbolli vazifalarning optimal echimini tanlay bilish va amaliy faoliyatida tajriba-sinov ishlarini o’tkazishni talab qiladi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning rivoji va uni takomillashtirishga bo’lgan intilish, izlanishlar har bir jamiyatning ilmiy-ijodiy taraqqiyoti va madaniyatining yuksak ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblangan.
Demak, ta’lim tizimining hozirgi holati va unga qo’yilgan talablar oliy ta’lim jarayonini optimal boshqarish dolzarb muammolardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishning mazkur bobida axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish Informatsion texnologiyalarning o’quv jarayonidagi o’rni va ahamiyati, informatsion texnologiyalar integratsiyasining fizika ta’limidagi tadbiqi, ta’lim jarayonida integratsiyalashdan foydalanishning ahamiyati, kasb-hunar kollejlarida integratsiyalashgan ta’lim muammolari va yechimlari, innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalari ko’rib chiqildi. Jumladan, tajriba-tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ta’lim jarayonida quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim:
integratsiyalashtirilgan darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
ilg‘or pedagogik, innovatsion texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
pedagogika universitetlari va industrial pedagogika institutlarining bakalavriat bosqichida talabalarga mo’ljallangan, integratsiyalashtirilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklardan unumli foydalana olishlari;
o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lishi;
dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
Kasb-hunar kollejlarida umumta’lim fanlarini maxsus va kasbiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlik, (integratsiyalashgan darslar asosida) o’qitish zamon talabi bo’lib, u pirovard natijada, o’quvchilarning fan va tanlagan kasbiga qiziqishini oshiradi. Bu esa kasb-hunar kollejlarida yuqori malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi.
|