2.2. Informatsion texnologiyalar integratsiyasining fizika ta’limidagi tadbiqi.
Darsda faqat bo’r va latta ishlatiladigan vaqti o’tdi. O’quvchilarni samarali o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va AKT dasturlari bilan jihozlangan auditoriyalardan foydalanishlari kerak. Informatsion texnologiyalar kundalik hayot talabi va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, elektromagnetizm, difrakstiya, interferensiya, dispersiya, qutblanish hodisalarini, kvant, atom yoki yadro fizikasi jarayonlarini faqat darslikdan va unda tasvirlangan suratlar orqali o’qib tushunish juda qiyin. Agar fizika darsi davomida 3D ekranda elektromagnetizm mavzusini bosqichma bosqich tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo’lsa, bunday taqdimotni o’quvchi hech qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o’zlashtira oladi. Fizika bu har xil hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab ilmiy yondashib diagrammalar va suratlar orqali ko’rib chiqish bo’lib hisoblanadi. Elektr quvvati to’g’risida faqat kitobdan o’qib, aniq tushunchalariga ega bo’la olish oson narsa emas. Mazmun tushunarli va qiziqarli bo’ladi faqat amaliy, hayot bilan bog’langan bo’lsa. Boshqa o’quv fanlarida ifodali va mul’timediyali taqdimotlar bir birini yaxshi tushunishlikka yordam bersa, ulardan farqli ravishda, fizika fanida esa informatsion texnologiyalar dan asosiy g’oyani ravshanlashtirishda foydalaniladi. O’quvchilar ushbu fan haqida nazariyani egallashlaridan ko’ra yangi konsepsiya (g’oya) ni tushunishlari lozim. O’qituvchilarning aksariyati informatsion texnologiyalardan foydalanishi, fizika fani bo’yicha darslar samarali bo’lishi kerak. O’qituvchilar turli xil dasturlarni: Ms-Word, Ms-Excel, Ms-PowerPoint, Photoshop, Flash, Movie Maker va web 2.0 dasturlarini ishlatishi mumkin. Ms-Word yordamida savolnomalar, matnlar, tasvirlar va boshqa elektron hujjatlar tayyorlanishi mumkin. Ms-Excel dasturi yordamida grafiklar, diagrammalarni gistogramma va sektorli diagramma shaklida diagrammalar orqali ma’lumotlarni tasvirlash va taqdimot qilish mumkin. Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni Power Point dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish mumkin. Ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi mumkin.
2.2.1-chizma. Power Point dasturida yaratilgan taqdimot.
2.2.2-chizma. Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar.
Bunday vositalarni ishlatish orqali o’quvchilar konsepsiya (g’oyani) yaxshi o’zlashtirishlari mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o’qitish jarayonini qiziqarli qiladi, balki o’quvchilarga davomli ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchilarning e’tiborini olish uchun fotokameraga olingan video, o’qituvchilarga o’rgatilgan. Animatsiya va kliplar quyida sanab o’tilgan dasturlarda tayyorlanga ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi mumkin. Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish mumkin [7, 9, 12].
Tabiiy fanlarning o’qitilishida keying yillarda ta’lim mazmuni ortishi barobarida, bugungi kun pedagoglari oldida ularning integratsiyasiga murojaat qilish majburiyati paydo bo’ldi. Fizika fani misolida ushbu masalaga yondoshadigan bo’lsak, ta’lim jarayonida biror mavzuni o’qitish jarayonida bugungi zukko o’quvchilarimizning savollariga to’liq javob berish, fanga bo’lgan qiziqishini orttirish va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq holatda hayotiy misollar bilan tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan , umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Nuklein kislotalar“ mavzusi o’qitishda uning kashf etilishi tarix fani bilan bog’liq bo’lsa, DNK ning fazoviy tuzilishini tushuntirish uchun biologiya fani o’qituvchisi geometriya fanidan, kimyoviy tarkibini tushuntirish uchun kimyo fanidan xabardor bo’lishi lozim. DNK asosida belgilarning yuzaga chiqishi yani fenotipda namoyon bo’lishi kabi hodisalarni o’quvchilar ongida shakllantiris, uning mazmun mohiyatiga yetishi uchun elektron ta’lim vositalari, multimediyali elektron darsliklaridan samarali foydalanish talab etiladi. Bu esa, axborot texnologiyalari va uning dasturlaridan unumli foydalanishni taqozo etadi. Shu bilan birga, o’qituvchi mavzularga doir o’quv o’quv ko’rgazma qurollaridan, komp’yuter, informatsion va zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalangan holda o’z bilimlarini mustahkamlab borishi lozim. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda sohalar bo’yicha darslik va qo’llanmalarning yangi avlodlari yaratilgan. Navbatda oldimizda turgan eng muhim vazifalar shunday iborat:
ilmiy – pedagog kadrlar yangi bilimlar va malakalarni to’liq o’zlashtirgan va ularni amaliyotda qo’llay olishi lozim;
yangi davr o’quvchilariga yangicha yondashgan holda o’ziga xos dars o’tish metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;
ta’lim jarayonida darslarni tashkil etishda fanlarning o’zaro aloqadorligi va uzviyligiga alohida e’tibor berish;
fanlarning o’zaro aloqadorlik va uzviyligini ta’minlash tizimini yaratish va joriy etish.
Aniq va tabiiy fanlarning o’zaro integratsiyasi har ikkala soha uchun ham foydali hisoblanadi. Bunda nafaqat fanning rivojlanishi balki, shu fanni o’qitish tizimi ham takomillashadi. Qaysiki fanga matematika kirib borar ekan, o’sha fan geometrik progressiya bo’yicha rivojlanadi. Hozirgi kunda barcha tabiiy fanlar va ularning tadqiqot metodlari matematik modellashtirish orqali istiqbolidagi hodisalarni ko’ra olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Shu bois yuqorida ko’rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, fanlararo aloqadorlik va uzviylikni ta’minlash tizimini yaratish va uni amaliyotga tadbiq etish alohida ilmiy va amaliy ahamiyatni kasb etadi.
Ta'limda uzviylikni ta'minlash, uni takomillashtirish, zamon talablariga mos mutaxasislar tayyorlash, bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. O'rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o'qitishda o'quv fan dasturlarini yaratish va takomillashtirib borishda o'ziga xos jihatlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Fanlami o'qitishda qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalar o'zining samarasini ko'rsatib kelmoqda. Fizika fanini har bir mutaxasisliklar bo'yicha alohida o'qitish bugungi kunning eng muhim masalasidir. Chunki, har qanday fanda bo'lgani kabi fizika fanida ham o'rganilayotgan tadqiqot obyektlari mavjud bo'lib, uni kundalik turmushimizga tadbiq qilish kelajak rivojini ta'minlovchi asosiy ustuvor omildir. Masalan, tibbiyot kollejlarida fizika kursini o'qitishda aynan tibbiyotda keng qo'llaniladigan mavzular ketma-ketligiga akustik, ultrabinafsha va rentgen qurilmalari haqidagi tushunchalar bilan boyitish bugungi kun talablaridan biridir. Biz tibbiyot mutaxasislarini tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan birga tibbiyot texnik qurilmalarini ishlash prinsiplarini o'rgatib borsakgina yutuqlarga erishamiz. Zamonaviy tibbiyot asboblarining ko’pchiligi fizika fani qonunlariga asoslangan bo’lib, u fizik asbob hisoblanadi. Masalan, tibbiyot termometrining ishlash prinsipi simobning issiqlikdan kengayishiga asoslangan. Kishi tanasidagi qon bosimini tanometr asbobi yordamida o’lchaniladi. Bu asboblar ko’rsatadigan kattaliklar jumladan, temperatura, qon bosimi fizik kattaliklar hisoblanadi.
Zamonaviy fizik asboblar tibbiyot hamshiralarining, sanitarlarning, yosh vrachlarning ishonchli va zarur yordamchisi bo’lib qoladi.Masalan, zamonaviy ultra tovush qurilmasi muhim tibbiyot asbobi bo’lib, u ko’zda mikroxirurgik operatsiyalar o’tkazishga mo'ljallangan, suyak to’qimalarini birlashtirish mumkin bo’ladigan ultratovush apparati hisoblanadi.
Ekran nomli exokordioskop, u yurakning ikki o’lchovli tasvirini hosil qilishga va uning bo’limlari holatini tekshirishga imkon beradigan asbob.Bu asboblar fizika qonunlariga asoslangan bo’lib, u tibbiyot sohasida keng qo’llalaniladi. Fizika – tabiatni uning qonuniy ravishda bo’ladigan uzluksiz rivojlanishida, harakatida o’zgarishida va taraqqiyotida o'rganadi. Ko’pgina tekshirish va diagnostika usullari fizikaviy prinsiplar va go’yalarga asoslangan. Zamonaviy tibbiyot asbob – uskunalarining talaygina qismi tuzilishi va ishlash jihatidan fizikaviy asboblar hisoblanadi. Shunday qilib, tibbiyot sohasida quyidagi fizikaviy qonunlar va usullar (asbob-uskunalar) ishlatiladi:
1. Haroratni, bosimni o’chash.
2. Optika.
3. Elektrokardiografiya.
4. Tovush asoslangan usullar, ultratovush diagnostikasi va davolash.
5. Kalorimetrik usullar.
6. Rentgenografiya, rentgenostrukturali analiz.
7. Spetroskopiya (lyuminessentli analiz, ultrabinafsha flyuoressensiya, spektrofotometriya, EKG, YaMR) va boshqalar.
8. Komp’yuterli tomografiya.
Ba'zi fizik dalillar tibbiyotda qo’llaniladigan davolash metodlarining umumiy kompleksiga kiradi. Masalan, suyak sinishida qo’yiladigan gips bog’lash, bu shikastlangan suyakning vaziyatini mexanik ravishda tutib turuvchi vositachi vazifasini o’taydi, mos tanani tegishli joyini sovutadi, grelka esa isitadi. Zichligi va strukturasi bir xil bo’lmagan muhitlarda tovush tarqalish tezliklarning har xilligi bilan o’pka, jigar va yurakni tekshirishning perkussion (barmoq bilan urib ko’rish) metotidan foydalaniladi.
Tolali optikaga asoslangan zamonaviy tibbiyot asboblari organizmni ichki tomonlarini kuzatishga imkon beradi, radioaktiv preparatlar qon aylarnishdagi buzilishlarni aniqlashga, ozuqa moddalarning va dorilarninghazm bo’lishini kuzatishga ayrim ichki organlarning faoliyatini tekshirishga imkon beradi. Muhitga bog’liq terapiya (klimatoterapiya) va baroterapiya (muhit bosimiga bog’ liq ravishda davolash) shunga asoslahgan. Ayniqsa, quyosh vannasi, toza havo, suv va bolchiq bilan davolash ancha keng qo’llanilmoqda.
Gazlardagi tovush bosimini o’lchash akustik kattalikni elektr signaliga aylantirib beruvchi datkichdan, elektron kuchaytirgichdan va elektr o’lchov asboblaridan iborat o’lchov mikrofoni yordamidi o’lchanadi. Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri akustatsiya bilanchambarchas bog’liqdir. Bu usullar uchun stetoskop yoki fonendoskop qo’llaniladi. Fonendoskop tovushni uzatuvchi membranadan iborat. O’pkada hosil bo’lgan shovqinlarini kasallik uchun harakterli bo’lgan turli xil xirillashlarni eshitib ko’riladi. Auskultatsiyadan foydalanib, oshqozonda va ichakdagi to’lqinsimon qisqarishlardagi ortiqcha qo’zg'alishlarini va ona qornidagi bolani yurak urishlarini aniqlash mumkin.
Terapevtik maqsadlar uchun chastotasi 800 kHz, intensivligi 1Vt/sm ga yaqin ultratovushlardan foydalaniladi. Ultratovushlaming birlamchi ta’siri mexanizmi to’qimaga ko’rsatiladigan mexanik va issiqlik ta’siridir. Xirurgiyada ultratovush skalpeli sifatida ham yumshoq, ham suyak to’qimalarini kesishda foydalaniladi. Formasevtika sanoatida dori tayyorlashda foydalaniladi. Ultratovush ishtirokda tayyorlangan turli xil dorivorlar emulsiyalari o’pka kasali, yuqori nafas yo’llari qatori, bronxial astma kabi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.
Ta’lim-tarbiya amaliyotida, o’qitishning turli tuman yo’llari, usullari va shakllari keng qo’llaniladi. Ammo o’qitishda yagona samarali (integral) yondashov sohasidagi izlanishlar jadallik bilan hamon davom ettirilmoqda. O’qitishni, o’ziga xos ishlab chiqarish texnologik jarayonga aylantirishi mumkin bo’lgan didaktik yondashuvlar, didaktik vositalarni izlash davom etmoqda.
Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, mazmunining tahliliga ko’ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan: ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, yo’naltirilganlik, faoliyatli yondashuvlik, boshqariluvchanlik, tuzatuvchanlik, natijaviylik, egiluvchanlik, tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o’zaro bog’liq bo’lib, biri birini talab etadi va to’ldiradi. Bu tamoyillar asosida o’quv jarayoni tashkil etiladi, yani uning tayyorligi va o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, fanlararo aloqadorlikni va uzviylikni amalga oshirishda pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishi, interfaol metodlarni turli fanlar va turli darslarda takrorlanishi o’qituvchiga texnologik xarita tuzishda qulaylik yaratishi hamda fanlararo integratsiyani amalga oshishini ta’minlaydigan jarayon hisoblanadi.
|