2.3. Fizika darslarida integratsiya xususiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish.
Ma’lumki, tabiatda ro’y beradigan hodisa va jarayonlar turli paytda va xilma - xil ko’rinishda sodir bo’ladi. Bu hodisa va jarayonlarning ro’y berish sabablarini, o’zgarishi hamda holatlarini tabiiy fanlar alohida o’z fundamental qonunlari va tushunchalari asosida izohlaydi. Bizga ma’lumki, tabiiy fanlar jumlasiga fizika, kimyo, biologiya,geologiya, ekologiya, geografiya kabi fanlar kiradi. Fizika ta’limi jarayonida noan’anaviy energiya manbalari tushunchalarini shakllantirish va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lash, ya’ni noan’anaviy energiya manbalari mazmunidagi bilim va ko’nikmalarni fizika ta’limida shakllantirishda fanlar integratsiyasidan foydalanish imkoniyatlari muhim bo’lib hisoblanadi. Fizikada energiya manbalarining zamonaviy asoslari o’rganilganda, albatta noan’anaviy energiya manbalari fizikaviy asoslarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insoniyat turmush tarzini va boshqa barcha sohalarni energiya manbalari ta’minotisiz ta’savvur etib bo’lmaydi.
Demak, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, energetika bu nazariy va amaliy jihatdan bir qancha aniq va tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, energiya resurslari hamda manbalaridan samarali va tejamkor foydalanishda energetika-iqtisodiyot-matematika fanlari integratsiyasi tadbiq etilsa, katta ijobiy yutuqlarga erishish mumkin. Noan’anaviy energiya manbalari to’g’risidagi fundamental ma’lumotlarni fizika ta’limida shakllantirishda fizika kimyo-ekologiya fanlari integratsiyasidan foydalanish dars samaradorligini yanada oshiradi. Fizika, kimyo va ekologiya fanlari integratsiyasidan foydalanishni fizika ta’limida noan’anaviy energiya texnologik xaritasini ishlab chiqish zarur. Bu fanlar orasidagi bo’g’lanishlar, ya’ni noan’anaviy energiya manbalari to’g’risidagi ma’lumotlarning fizika o’qiitish jarayonidagi tabiiy fanlar integratsiyasi mavzuni to’liq, aniqva tushunarli uzlashtirishga yordam beradi.
Fanlar integratsiyasidan foydalanilganda mavzuga tegishli ma’lumotlarni to’liq va aniq o’zlashtirish, bilim hamda ko’nikmalarga nisbatan to’lik eta bo’lish imkoniyati o’qituvchi mahoratiga bog’liqdir.
Noan’anaviy energiya manbalari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni fizika ta’limi jarayonida shakllantirishda fizika-kimyo-ekologiya fanlari integratsiyasi bo’yicha quyidagi asosiy fundamental tushunchalar ketma-ketligi dars jarayonida tadbiq etiladi:
Noan’anaviy energiya manbalari fizikaviy asoslari;
Noan’anaviy energiya manbalarining atrof-muhit ekotizimiga ta’siri nazariy asoslari;
Noan’anaviy energiya manbalarini shakllantirishda kimyoviy usul va metodlar qo’llanilishi texnologiyasi.
Noan’anaviy energiya manbalari tushunchalarini fizika ta’limida shakllantirishda fizika-kimyo-ekologiya fanlari integratsiyasidan foydalanib dars jarayonlarini olib borishni an’anaviy dars turlari va metodlariga qaraganda, dars samaradorligini 20-25 % ga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishning mazkur bobida fizika fanini o’rganishda informatsion texnologiyalarni integratsiyalash xususiyatlari, ilm-fan va ta’lim integratsiyasi, ilm-fan va ta’limni integrastiyalash masalalari va muammolari, fizika darslarida integratsiya xususiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish ahamiyati tahlil qilindi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, hozirgi vaqtda ro’y beradigan globallashuv jarayonida xalq xo’jaligining barcha sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlash masalasi bugungi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Bunday muhim tadbir va g’oyalarni amalga oshirishda boshqa fanlar qatori, fizika fani oldiga ham yangi-yangi talablar qo’yilmoqda. Fizikani o’qitishda yangi metodlar, yangi masalalar, yangi ko’rgazmalar, yangi laboratoriya va yangi praktikumlarni hal qilish masalalari, shu qatorda boshqa fanlar bilan bog’lab o’qitishning yangi usullarini ishlab chiqish davr taqoza etayotgan asosiy talablardandir.
XOTIMA.
Bitiruv malakaviy ishida axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish informatsion texnologiyalarning o’quv jarayonidagi o’rni va ahamiyati, informatsion texnologiyalar integratsiyasining fizika ta’limidagi tadbiqi, ta’lim jarayonida integratsiyalashdan foydalanishning ahamiyati, kasb-hunar kollejlarida integratsiyalashgan ta’lim muammolari va yechimlari, innovatsion texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalari ko’rib chiqildi. Jumladan, tajriba-tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ta’lim jarayonida quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim:
integratsiyalashtirilgan darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
ilg‘or pedagogik, innovatsion texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
pedagogika universitetlari va industrial pedagogika institutlarining bakalavriat bosqichida talabalarga mo’ljallangan, integratsiyalashtirilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklardan unumli foydalana olishlari;
o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lishi;
dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
Kasb-hunar kollejlarida umumta’lim fanlarini maxsus va kasbiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlik, (integratsiyalashgan darslar asosida) o’qitish zamon talabi bo’lib, u pirovard natijada, o’quvchilarning fan va tanlagan kasbiga qiziqishini oshiradi. Bu esa kasb-hunar kollejlarida yuqori malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi.
Fizika fanini o’rganishda informatsion texnologiyalarning integratsiyasi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. O’qituvchi fizika fanini o’rganishda informatsion texnologiyalarning integratsiyasiga oid bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlardan doimo xabardor bo’lib turish va uni to’g’ri baholay olish, o’zi o’zlashtirgan bilimlar ko’lamini unutmaslik, aksincha uni kengaytirib borish va ijro malakasini oshiib borishi uchun to’xtovsiz o’z ustida ishlash kerakligi aniqlandi.
2. DTS talablari darajasida AL va KHK larida dars berish va dars jarayonida informatsion texnologiyalarning integratsiyasi xususiyatlari prinsiplaridan foydalanib, dars samaradorligini oshirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
3. Dars mavzusiga ko’ra, fizika fanini o’rganishda informatsion texnologiyalarning integratsiyasini, metod va usullarni to’g’ri tanlash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish bu metodlarning to’g’ri tanlanganligi va mavzuni yoritishdagi o’rni belgilandi.
4. Dars mavzusiga ko’ra faoliyat turlarini to’g’ri tanlash va bu faoliyat turlari darsning mazmunini tashkil qilishning ketma-ketligi belgilandi.
5. Dars mavzusi mazmuniga ko’ra qaysi fan bilan bog’liqlik holda dars o’tish hamda bu darsda qaysi faoliyat turlaridan foydalanish samarali natija berishi ishlab chiqildi va har bir faoliyat turiga bog’liq bo’lgan fanni aniqlab faoliyat jarayonida qo’llanildi.
|