Fizika astronomiya




Download 377.02 Kb.
bet1/4
Sana10.04.2017
Hajmi377.02 Kb.
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

FIZIKA KAFEDARASI
YULDASHEVA SANOBAR ULJAYEVNANING

5140200 – “FIZIKA ASTRONOMIYA”

TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA BAKALVR DARAJASINI OLISH UCHUN

AKADEMIK LITSEY



VA KASB – HUNAR KOLLEJLARIDA TERMODINAMIKA ASOSLARI

BOBINI O’QITISHDA DIDAKTIK

METODLARDAN FOYDALANISH

USLUBI” MAVZUSIDAGI

BITIRUV MALAKAVIY

ISHI

ILMIY RAHBAR : Dotsent I.Qo’qonboev

QO’QON 2011



M U N D A R I J A




Kirish ………………………………………………………………




1-BOB Al VA KXKLARDA FIZIKA FANINI O’QITISHNING MAZMUNI




§1.1Al va KXKlar uchun fizika fanida DTS talablari ......................




§1.2 Al va KXKlarda Termodinamika bo’limini mazmuni..............




2-BOB TALABALARGA TERMODINAMIKA BOBIGA OID MAVZULARNI O’QITISHDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH




§2.1 “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik materiallarning qo’llanilishi................................................................




§2.2 “Qaytar va qaytmas jarayonlar Termodinamikaning ikkinchi qonun va uning talqini” mavzusini o’tishda didaktik materiallarning qo’llanilishi..........................................................................................




§2.3 “Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsipi. Sovutgich va uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining fiklari va ularni oshirish yo’llari. Karno sikli” mavzusini o’tishda didaktik materiallarning qo’llanilishi...........................................................................................




§2.4 “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi” mavzusini o’tishda didaktik materiallarning qo’llanilishi.................................................................




XULOSA ............................................................................................




Foydalanilgan adabiyotlar ...................................................................




ILOVALAR ........................................................................................



KIRISH


O’zbekiston Respublikasi Prizedenti I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 19 yillikka bag’ishlangan tantanali yig’ilishida “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusidagi ma’ruzasida 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilindi.
Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.

Ma’ruzada yoshlarimiz o’zlari egallayotgan eng zamonaviy bilim va ko’nikmalarni amalda joriy etishi uchun kasb hunar kollejlari va oly o’quv yurtlari bitiruvchilarini kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohalariga keng jalb qilish haqida bordi.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi” qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi parmoni muhim qadam bo’ladi.

Hozirgi keskin raqobat sharoitida innavatsion texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.

Bu masalaga ustivor ahamiyat bermasdan turib taraqiyot haqida so’z yuritib bo’lmasligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bugun zamonning o’zi ushbu masalani siyosatimizning eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda.

Alohida katta etiborni talab etadigan yana bir masala shuki, hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, asosan, savdo sotiq, xizmat va

aloqa sohasida qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha ko’proq rivoj topmoqda. Lekin, shu bilan birga, sanoat sohasida, yuqori texnologiyalarini talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda, innavatsion va nanotexnologiyalar, farmokologiya va farmaseftika, axborot -kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya, muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar aytganda, ilg’or ilm fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishimiz zarur.

Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik –jamiyatimizning bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo’lishi shart.

Men AL va KHK larda o’tiladigan fizika darslarida “Termodinamika asoslari” bobini o’qitishda didaktik materiallardan foydalanish mavzusini tanlashimdan maqsad hozirgi davrda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va ta’lim samaradorigini oshirishda o’qitishning ilg’or yangi pedagogik texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishga alohida e’tibor berilganligidir.

Xususan, tabiiy fanlar fizika fani sohasida kompyuterdan didaktik materiallardan foydalanib mavzular bayonini tasvirdagi animatsiya harakatlar, yani tabiatda o’z ko’zi bilan ko’rish imkoni bo’lmagan fizik jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi 2008 yil 18 fevraldagi 07-1-20 sonli majlis bayoni bilan 2008 – 2009 yillarda ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi XTV ning 07.03.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
08 yildagi 2008 yilda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’im tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish bo’yicha tadbirlarni ijrosini ta’minlash to’g’risidagi 60-sonli buyrug’ini bajarish yuzasidan AL va KHK larda fizika fanini o’qitishda didaktik materiallardan keng miqyosida foydalanish uslubiga katta e’tibor berganligi hozirgi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi. Shu boisdan AL va KHK larda “Termodinamika asoslari” bobini o’qitishda didaktik materiallarni dars jarayoniga qo’llab darslarni tashkil qilish uslubini ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman.


1-BOB Al VA KXKLARDA FIZIKA FANINI O’QITISHNING MAZMUNI

§1.1Al va KXKlar uchun fizika fanida DTS talablari


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi

Fizika

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

fan dasturi


Toshkent-2011

Fizika fanidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining

Davlat ta’lim standarti

  • fizikani rivojlanish tarixini, unga Sharqning buyuk allomalari qo’shgan hissalarini, jamiyat rivojlanishida fizika va texnikaning ahamiyati, O’zbekistonda fizika va texnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;

  • fizik kattaliklarni Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ni tushintira olish;

  • mexanika: kinematika, dinamika, Nyuton va mexanikada saqlanish qonunlari, statika elementlari, suyuqliklar va gazlar mexanikasiga oid qonunyatlarni bilish va misollar yordamida tushuntira olish;
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.


  • molekulyar fizika va termodinamika asoslari; molekulyar kinetik nazariya asoslari, gaz va termodinamika qonunlari, suyuqlik va gazlarning o’zaro aylanishi, qattiq, jismlar fizikasiga oid qonunyatlarni bilish;

  • elektrodinamika: elekrostatika, o’zgarmas to’k, turli muhitlarda elektr to’ki magnit maydon, moddalarning magnit xossalari, elektro magnit induksiya qonunlarini bilish;
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.


  • tebranish va to’lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi: mexanik va elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar, tovish, geometric optika nisbiylik nazarya elementlari, kvant, atom va elementar zarralar fizikalariga oid qonunlarni bilish hamda olamni fizik manzarasi to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish;

  • tabiat hodisalarini fizik qonunyat asosida tushuntira olish malakasiga ega bo’lish;

  • fizik qonunyatlarni amalda qo’lay olish;

  • o’lchov asboblaridan foydalana olish, o’lchov xatoligini baholay olish;

  • tajribalarni o’tkaza olish, natijalarni jadval, grafik,diagramma ko’rinishda tasvirlash va tahlil qila olish;

  • fizik asboblar ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.


KHK larda fizika kursidan mavzular bo`yicha o`quv rejasi




Fizika kursining bo`limlari va mavzulari nomi



Jami

Darslar turi bo`yicha soatlar

Ma’ruza

Masala yechish

Laboratoriya

Takrorlash




Kirish

2













1

Mexanikaning fizikaviy asoslari

22

16

4







1.1

Kinematika asoslari

8

6

2







1.2

Dinamika asoslari

6

5

1







1.3

Mexanikada saqlanish qonunlari

2

1

1







1.4

Mexanik tebranishlar va to`lqinlar

4

4










1.5

Takrorlash

2

2










2

Molekulyar fizika va termodinamika asoslari

24

17

2

3

2

2.1

Molekulyar – kinetik nazariya asoslari va gazlarning xossalari

8

6

1

1




2.2

Suyuqlikning xossalari

6

4

1

1




2.3

Qattiq jismlarning xossalari

4

3

1







2.4

Termodinamika asoslari

4

3

1







2.5

Takrorlash

2

2










3

Elektrodinamika asoslari

80

56

6

14

4

3.1

Elektr maydon

8

6

1

1




3.2

O`zgarmas tok qonunlari

8

5

1

2




3.3

Turli muhitlarda elektr toki

12

7

1

4




3.4

Magnit maydoni

6

5

1







3.5

Takrorlash

2

2










3.6

Elektromagnit induksiya

4

3

1







3.7

Elektromagnit tebranishlar

12

10

1

1




3.8

Elektromagnit to`lqinlar

6

5

1







3.9

Optika. Yorug’`lik to`lqinlari

16

11

2

3




3.10

Nisbiylik nazariyasi elementlari

4

4










3.11

Takrorlash

2

2










4

Kvant fizikasi asoslari

26

22

2

2




4.1

Kvant optika elementlari

10

8

2

2




4.2

Atom va atom yadrosi

8

8










4.3

Yadro energikasi

6

6










4.4

Takrorlash

2

2










5

Umumlashtiruvchi dars

2

2










5.1

Olamning zamonaviy fizikaviy manzarasi

1

1










5.2

Fizika va ilmiy – texnika taraqqiyoti

1

1










6

Umumiy takrorlash

4

4













JAMI

160

121

12

19

8

1.1. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun “Fizika” fanidan o’quv dasturi

Ushbu o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2003 yil 16 oktyabrdagi 256/151 – sonli qo’shma buyruғi bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb – ҳunar kollejlari uchun fizika fanidan uzviylashgan o’quv dasturi sifatida uzliksiz ta’lim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan.

Tushuntirish xati

Fizika o’quv fanidan ta’lim berishning II boskichida akademik litsey,


kasb-hunar kollejlarida umumiy ta’lim predmet sifatida o’qitiladigan
fizika kursining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan
fundamental bilim berish, fizik xodisalarni va olamning fizik
manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy
dunyokarashini va falsafiy mushoxada yuritish qobiliyatini rivojlantirish,
nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, tabiatda va
texnikadagi fizik jarayong`larni idrok etish saloxiyatlarini oshirish, olgan
bilimlarini ijtimoiy xayotga va xalq, xo’jaligidagi faoliyatlari uchun
tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan
iborat.

Dasturning asosiy vazifasi:

-akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining o’qitilish izchilligini ta’minlash;

-fizik tushuncha, hodisa va qonunlarning uqtirish ketma-ketligida oddiydan murakkablikka qarab borish tizimini saqlash;

-o’qituvchilar ta’lim berish jarayonining bir me’yorda bo’lishiga


erishish;

-o’qituvchining ish rejalarini tartibga tushirish;

-oliy o’quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir.

Dasturni tuzishda quyidagi g’oyalar asos qilib olindi:

-umumiy urta ta’limning 6-9-sinflarida fizikaning ma’lum darajada mantiqan yakunlangan kursining yuzaga kelganligi, bu bosqich bitiruvchilarini akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika predmetidan bilim olishning uzluksiziligi va uzviyligini ta’minlash zaruriyati;

-o’quvchilarni hozirgi zamon fizika bilimlari bilan qurollantirish, uning amaliy tatbig’iga doyr tajribalar o’tkazish, tajriba natijalarini qayta taxlil qilib xulosalar chikarish, tabiat va texnikada kechadigan fizik jarayonlar moxiyatini bilishga, ularning texnik tatbiqlarini o’rganishlari zarurligi;

-fizika kursining o’qitishni xozirgi zamon talablari darajasiga ko’tarish va rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi.

Dasturning tarkibi va mazmuni shu davrgacha amal qilib kelgan o’n bir yillik umumta’lim maktablarining fizika dasturi tarkibi va mazmuniga yaqindir. Bunda 6-9-sinflarda o’rganilgan fizik bilimlarning akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta’lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu o’quv dastur materiali 160 dars soatiga mo’ljallangan. Ajratilgan soatlar xar bir bosh mavzu mazmunini o’zlashtirishga, shu mavzular buyicha ma’ruza o’qishga, ko’gazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masala va test topshiriklarini yechishga, o’quvchilarning olgan bilim, kunikma va malakalarini baxolashga mo’ljallangan.

Laboratoriya ishlari, masalalar echish, ekskursiyaga borish, umumlashtirish va takrorlash darslarini uyushtirish o’qtuvchi ixtiyoriga beriladi.

O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli


shakllaridan (ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar echish, amaliy ish,
ko’razmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek,
darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan baxs-`
munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Dasturning mazmuni (160 soat)

Kirish (1 soat)

Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni. Fizika va texnika taraqqiyoti.


Fizikaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar. Tabiatni o’rganish
ilmiga Sharqning buyuk allomalarining qo’shgan hissalari.
Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
O’zbekistonda
fizika va texnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar. .

Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI).



Mexanika

1. Kinematika (9 soat)

Kinematikaning vazifalari. Jismlarning. ilgarilanma harakati. Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash: koordinatalar va sanoq, sistemasi. Vektor kattaliklarning koordinata o’qlaridagi proektsiyalari.

To’g’ri chizikli tekis va notekis harakatlar. O’zgarmas, o’rtacha va oniy tezliklar. Kuchish va tezliklarning nisbiyligi.

Tezlanish. Tekis o’zgaruvchan harakatdagi yo’l – formulalari. Yuqriga tik otilgan jism harakati. Gorizontga qiya otilgan jism harakati.

Egri chizikli harakatda kuchish, tezlik va tezlanishlar. Aylana bo’ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar o’rtalaridagi bog’lanishlar.

Ko’rgazma va tajribalar


1, Mexanik harakat.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

2. Harakatning nisbiyligi

3. Stroboskop.

4. To’gri chiziqli va egri chiziqli harakat,

5. Spidometr.

6. Kuchishlarni qo’shish.

7. Jismlarni havoda va havosi siyraklashgan fazoda (Nyuton nayida) tu shishi.

8. Erkin tushishda tezlanishni o’lchash.

9. Aylana bo’ylab harakatlanayotgan jismning chizqli va burchak tezligi.

Laboratoriya ishi


1. Gorizontga otilgan jism harakatini o’rganish.

2. Dinamika (6 soat)

Dinamikaning vazifasi. Nyuton qonunlari. Inertsial va noinertsial sanoq sistemalari.

Gravitatsiya maydoni va butun olam tortishish qonuni. Birinchi va ikkinchi kosmik tezliklar.

Jismning bir necha kuchlar ta’siridagi. harakati, Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish. Jismning muvozanat sharti.

Gidrodinamika elementlari: jismning suyuqlik va gazlardagi harakatida chegara qatlam, peshona qarshilik va ko’tarish kuchi.

Qozg’almas o’q atrofida aylanma harakatlanuvchi qattiq jism dinamikasi. Kuch momenti va inertsiya momenti. Markazdan qochma kuch.

Ko’rgazma va tajribalar

1. Inertsiyaning paydo bo’lishi.

2, Jismlar massalarini taqqoslash.

3. Kuchlarni o’lchash.

4. Kuchlarni qo’shish.

5. Nyutonning ikkinchi qonuni.

6. Nyutonning uchinchi qonuni

7. Nyutonning birinchi va ikkinchi qonunlari kinofragmenti.

8. Tezlanish bilan ko’tarilish va tushishda jismning o’girligi.

9. Vaznsizlik.



3. Saqlanish qonunlari (3 soat)

Kuch impulsi va jism impulsi. Impulsning saqlanish qonuni. Reaktiv harakat. Mexanik ish. Potentsial va kinetik energiya. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni.

Ko’ r g az m a v a tajribalar

1. Kuch impulsi.

2. Jism impulsi.

3. Impulsning saqlanish qonuni.

4. Jism impulsi kinofragmenti.

5. Reaktiv harakat.

6. Raketaning modeli.

7. Ish bajarishda jism energiyasining o’zgarishi.

8. Potentsial energiyaning kinetik energiyaga va aksincha kinetik energiyaning potentsial energiyaga aylanishi.
4, Tebranishlar va to’lqinlar (5 soat)

Tabiatda tebranma harakat. Erkin va majburiy tebranishlar. Amplituda, davr, chastota. Matematik mayatnikning tebranish davri. Prujinaga osilgan yukning tebranishlari. Tebranma harakatlarda energiyaning aylanishi. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Mexanik to’lqinlar. Kundalang va bo’ylama to’lqinlar. To’lqin uzunligi, To’lqin uzunligining tebranish davri va chastotasiga bog’liqligi.

Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi. Tovushning qattiqligi va balandligi. Ultratovushlar haqida tushuncha.

Ko’rgazma va tajribalar

1. Ip va prujinaga osilgan yuklarning tebranishlari.
2. Tebranma va aylanma harakatlarni taqqoslash.

3. Tebranma harakat tasvirini yozish.


4, Majburiy tebranishlar.

5. Rezonans hodisasi.

6. Kundalang va bo’ ylama to’lqinlarning hosil bo’lishi va tarqalishi.

7. Tultqin uzunligining tebranishlar chastotasiga bog’liqligi.

8. Tebranuvchi jism tovush manbai sifatida.

9. Tovush balandligining tebranishlar chastotasiga bog’liqligi.

10. Tovush qattiqligining tebranishlar amplitudasiga bog’liqligi.

11. Akustik rezonans.

12. Ultratovushdan foydalanish I

Laboratoriya ishi

2. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini anitqlash.

Molekulyar fizika va termodinamika asoslari

5. Molekulyar-kinetik nazariya asoslari (6 soat)

Gazning termodinamik (mikroskopik va makroskopik) parametr lari. Ideal gaz. Molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. Temperatura-molekulalar o’rtacha kinetik energiyasining o’lchovi, Ideal gaz xolatining (Mendeleev-Klapeyron) tenglamasi. Izojarayonlar va ular uchun xolat tenglamalari.

Ko’r g a z m a v a tajribalar

1. Termometrlar.

2. Izotermik jarayon.

3. Izobarik jarayon.

4. Izoxorik jarayon.

Laboratoriya ishi

3. Izojarayonlarni o’rganish.

6. Suyuklikning xossalari. Suyuklik va gazlarning

bir-biriga aylanishi (6 soat)

Suyukliklarning molekulyar tuzilishi. Suyuklik sirti. Sirt taranglik kuchi. Xullash. Kapillyarlik.

Buglanish va kondensatsiya, Tuyingan va tuyinmagan buglar. Suyukdikning kaynashi. Suyuklik kaynash temperaturasining atmosfera bosimiga boglikligi. Kritik temperatura. Havoning namligi.

Ko’rgazma va tajribalar

1. Sovun parda sirtining qisqarishi.

2. Xullash hodisasi.

3. Ingichka shisha naylarda suvning ko’tarilishi.

4. To’yingan bug’larning xossalari,

5. Past bosimda suvning qaynashi.

6. Gigrometr va psixrometrlarning tuzilishi va ishlashi.

Laboratoriya ishi

4, Kapillyar naychaning ichki diametrini aniklash.



7. Kattik jismlarning xossalari (4 soat)

Qattiq, jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq, jismlarning mexanik xossalari: elastiklik, plastiklik, murtlik va cho’zilish


diagrammasi. Qattiq, jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq, jismning
erishi va qotishi.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Kristall jism modelli.

2. Kristall panjara modelli

3. Kristallarni o’stirish.

4. Elastiklik va qoldiq deformatsiyaning namoyon bo’lishi.

L a b o r a t o r iya ish i

5. Yung modullini aniqlash.





8. Termodinamika asoslari (6 soat)

Termodinamikaning birinchi qonuni. Izojarayonlarga termodinamikaning birinchi qonunini qo’llash. Adiabatik jarayon. Qaytar va


qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini.

Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsiplari. Sovutgich va


uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining FIKlari va ularni oshirish
yo’llari. Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda
issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiatni
muxofaza qilish.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Adiabatik kengayish va siqilishda temperaturaning o’zgarishi.

2. Diffuziya hodisasining qaytmasligi.

3. Issiqlik mashinasining tuzilishi va ishlashi (modelli).

Takrorlash (2 soat) Elektrodinamika asoslari

9. Elektr maydon (8 soat)

Zaryadlarning o’zaro ta’siri. Elektr maydon. Kulon qonuni. Dielektrik


singdiruvchanlik. Elektr maydon kuchlanganligi. Elektr maydonning bajargan
ishi. Potentsiallar ayirmasi. Kuchlanish. Kuchlanish bilan bir jinsli
maydonning kuchlanganligi orasidagi boglanish. Elektr maydonda o’tkazgichlar
va dielektriklar. Elektr sig’imi. Kondensatorlar va ularni qo’llash. Elektr
maydon energiyasi.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Elektrometr va uning ishlashi.

2. Kulon qonuni.

3. Zaryadlangan sharchalarning elektr maydoni.

4. Elektr maydonda o’tkazgichlar vadielektriklar.

5. Kondensatorlarning tuzilishi va ishlashi.

6. Yassi kondensator elektr sigimining plastinkalar yuzasiga, ular


orasidagi masofaga va muhitning dielektrik singdiruvchanligiga
bog’liqligi.

7. Zaryadlangan kondensatorlarning energiyasi.

Laboratoriya ishi

6.Kondrnsatorni ketma-`ket va parallel ulash.



10. O’zgarmas tok qonunlari (6 soat)

Elektr tokining mavjud bo’lish shartlari. Zanjirning bir qismi uchun


Om qonuni. Qarshilikning o’tkazgich uzunligiga, kundalang kesim yuzasiga va
materialga bog’liqligi. Ketma-ket va parallel ulash. Elektr yurituvchi kuch.
Berk zanjir uchun Om qonuni.

Elektr tokining ishi va quvvati. Joul-Lents qonuni.

Ko’rgazma v a tajribalar
1. O’zgarmas tok manbai (batareya)

2. O’tkazgichlar va qarshiliklar (rezistorlar),

3. Kalit.

4. Ampermetr.

5. Voltmetr.

6. Reostat.

7. Berk zanjirni yig’ish.

8. Ketma-ket va parallel ulangan o’tkazgichlardan iborat zanjirlarda tok va kuchlanishlar taqsimoti.

9. Tok kuchining manba EYUKiga va zanjirning to'liq qarshiligiga bog’liqligi.

Laboratoriya ishlari


7. O’tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniklash.

11. Turli muhitlarda elektr toki (13 soat)

Metallarda elektr toki. Elektronlarning tartibli harakat tezligi. Qarshilikning temperaturaga bog’liqligi. O’ta o’tkazuvchanlik.

Yarim o’tkazgichlarda elektr toki. Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi va uning temperaturaga bog’liqligi. Yarim o’tkazgichlarning xususiy va aralashmaviy o’tkazuvchanligi. Elektron-kovakli o’tish. Yarim o’tkazgichli diod. Tranzistor. Yarim o’tkazgichli asboblarning qo’llanilishi.

Vakuumda elektr toki. Elektron emissiya. Ikki elektrodli lampa.


Elektron-nurli trubka.

Suyuqliklarda elektr toki. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizning qo’llanilishi.

Gazlarda elektr toki. Nomustaqil va mustaqil razryadlar.

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Plazma haqida tushuncha

Ko’gazma v a tajribal ar

1. Metallar qarshiligining temperaturaga bog’liqligi.

2. Yarim o’tkazgichlar qarshiligining haroratga. Bog’liqligi.

3. Termorezistorlarning ishlashi.

4. Yarim o’tkazgichli diodning bir tomonlama elektr o’tkazuvchanligi.



5. Yarim o’tkazichli dioddagi tok kuchining kuchlanishga bog’liqligi.

6. Tranzistor yordamida o’zgarmas tokni kuchaytirish.

7. Tranzistorning elektron-kovakli o’tishlari.

8. Termoelektron emissiya

9. Vakuumli diodning bir tomonlama elektr o’tkazuvchanligi.

10. Elektron-nurli trubkaning tuzilishi va ishlashi.

11. Suv va tuz eritmasininng yoki kislotaning elektr o’tkazuvchanligini takkoslash.

12. Mis (II) sulfat eritmasining elektrolizi.

13. Nomustaqil razryad.

14. Mustaqil razryad (past bosimlarda).


Laboratoriya ishlari

8. Yarim o’tkazgichli diodning bir tomonlama o’tkazuvchanligini o’rganish.

9. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniklash.

12. Magnit maydon (6 soat)

Tokning magnit maydoni. Tokli o’tkazgichlarning o’zaro ta’siri. Tokli g’altakning magnit maydoni. Magnit induktsiyasi. Magnit oqim. Amper kuchi. Lorents kuchi. Elektr o’lchov asboblarining ishlash printsipi.

Moddalarning magnit xossalari. Ferromagnitlar. Axborotlarni magnit usulida yozish. EXMning magnitg`xotirasi. Magnit disketlar va ularning qo’llanilishi.

Ko’gazma va tajribalar

1. Parallel toklarning o’zaro ta’siri.

2. Magnit maydonning tokka ta’siri.


3, Elektronlar dastasining magnit maydonda og’ishi.

4. Ampermetr va voltmetrning tuzilishi va ishlashi.

5. Ferromagnitlar domen tuzilishining modelli.

6. Tovushni magnit usulida yozish.

Laboratoriya ishi

10. Elektr o’lchov asboblarining ishlash printsipini o’rganish.



Takrorlash (2 soat)

13. Elektromagnit induktsiya (5 soat)

Elektromagnit induktsiya hodisasi. Induktsiya EYUK. Induktsiyaviy


elektr maydon. Elektromagnit induktsiya qonuni, Lents qoidasi. O’zinduktsiya va
o’zaro induktsiya. Transformator va uning ishlash printsipi. Induktivlik. Magnit maydon energiyasi.

Ko’rgazma v a tajribala

1. Elektromagnit induktsiya.

2. Lents hodisasi.

3. Induktsiya EYUKning magnit oqimi o’zgarish tezligiga bog’liqligi.

4. O’zinduktsiya.

5. O’zinduktsiya EYUKning zanjirdagi tok kuchi o’zgarish tezligiga va

o’tkazgich induktivligiga bog’liqligi. Laboratoriya ishi.

11. Elektromagnit induktsiya hodisasini o’rganit.


14. Elektromagnit tebranishlar (14 soat)

Tebranish konturi. Konturdagi erkin elektromagnit tebranishlar va energiyaning aylanishlari. Sunuvchi elektromagnit tebranishlar.

Tebranish konturidagi elektromagnit tebranishlarni tavsiflovchi tenglama uning yechimi. Elektromagnit tebranishlar fazasi va davri (Tomson formulasi).

Avtotebranishlar. So’nmas tebranishlar generatori (tranzietorli).


Majburiy elektromagnit tebranishlar. O’zgaruvchan tok va uni tavsiflovchi
kattaliklar. O’zgaruvchan tok generatori. O’zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv,
sig’im va induktiv qarshilik. O’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni. Elektr
rezonans.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Elektromagnit tebranish konturi.

2. O’zgaruvchan tok ostsillogrammalari

3. Tranzietorli generatordagi so’nmas elektromagnit tebranishlar.

4. Elektr rezonans

L a b oratoriya i sh lari
12. Magnit maydonda chulg’am(o’ram)ni aylantirib o’zgarmas, o’zgaruvchan
tok xosil qilish.

15. Elektromagnit tulkinlar (6 soat)

Elektromagnit maydon. Ochiq tebranish konturi. Elektromagnit tulqinlar va ularning xossalari. Elektromagnit maydon energiyasi.

Radioning kashf etilishi. Radiotelefon aloqa printsipi. Modulyatsiya va dedektorlash. Eng sodda radio. Telekursatuvlarning fizik asoslari. Toshkent telekursatuv vatani.

Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
Radiolokatsiya haqida tushuncha. Aloqa vositalarining rivojlanishi.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Elektromagnit tultqinlarni tarkatish va qabul qilish.

2. Elektromagnit tulqinlarning qaytishi va sinishi.

3. Dedektorli radio.

4. Eng sodda radio.

Laboratoriya ishi

13. Eng sodda radioni yig’ish va ishlatishni o’rganish.



16. Optika (16 soat)

Yorug’likning – elektromagnit nazariyasi haqida tushuncha. Yorug’likning turli muhitlarda:tarqalish tezligi.

Yorug’likning qaytish va sinish qonunlari. Linzalar va yupqa linza formulasi. To’la ichki qaytish. Yorug’lik interferentsiyasi va uning texnikada qo’llanilishi. Gyuygens`Frenel printsipi. Yorug’lik difraktsiyasi. Difraktsion panjara.

Yorug’lik dispertsiyasi. Chiqarish va yutilish spektrlari. Spektral tahlil. Spektroskop. Yorug’likning qutblanishi. Golografiya haqida tushuncha. Rentgen nurlari va ularning tatbig’i. Elektromagnit tulqinlar shkalasi.

Yorug’lik oqimi. Yorug’lik kuchi. Yoritilganlik. Yoritilganlik qonunlari. Ravshanlik.

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Yorug’likning qaytishi va sinishi.

2. To’la qaytish.

3. Interferentsiya manzaralarini xosil qilish.

4. Tor tirqishda yorug’lik difraktsiyasi.

5. Difraktsion panjara yordamida yorug’likni spektrga ajratish.

6. Elektromagnit tulqinlar shkalasi.

7. Fotometr,

8. Lyuksmetr.

Laboratoriya ishlari

14. Mikroskop yordamida shishaning nur sindirish kursatgichini aniqlash.

15. Difraktsion panjara yordamida yorug’lik tulqin uzunligini

aniqlash.



17. Nisbiylik nazariyasi elementlari (4 soat)

Nisbiylik nazariyasi asoslari. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi postulatlari. Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni. Vaqt oralig’ining, jism massasi va o’lchamlarining tezlikka bog’liqdigi. Massa va energiyaning o’zaro bog’lanish qonuni.



Takrorlash(2 soat)

Kvant fizikasi asoslari

18. Kvant optikasi elementlari (8 soat)

Kvant fizikasining paydo bo’lish tarixi. Istalgan jismning nurlanishi. Plank gipotezasi, Fotoeffekt va uning qonunlari. Yorug’lik kvantlari. Fotoeffekt tenglamasi. Yorug’likning kimyoviy ta’siri.

Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
Vakuum va yarim o’tkazgichli fotoelementlar. Fotoeffektdan texnikada foydalanish. Fotonlar. Korpuskulyar-tulqin dualizmi. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish va uning rivojlanish istiqbollari

Ko’rgazma va tajribalar

1. Fotoeffektni kuzatish.


2. Vakuumli va yarim o’tkazgichli fotoelementlar.

3, Fotoelementlar yordamida fototokni xosil qilish.

Laboratoriya ishlari

16. Fotoelementli relening tuzilishi va ishlashini o’rganish.

17. Fotoeffekt hodisasini o’rganish.

19. Atom va atom yadrosi (10 soat)

Atomnning tuzilishi. Rezerford tajribasi. Atomning yadroviy modelli. Borning kvant postulatlari. Energetik sathlar. Yorug’likning kvant manbalari lazerlar, ulardan fan-texnikada va xalkq xo’jaligida foydalanish.

Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar. Atom yadrolarining bog’lanish energiyasi. Yadro reaktsiyalari. Radioaktivlik. Alfa, beta va gamma nurlanishlar. Elementar zarralarni kuzatish va qayd qilish usullari. Radioaktiv aylanishlar. Radioaktiv yemirilish qonuni.

Elementar zarralar va ularning xossalari. Zarralar va antizarralar. Zarralar va elektromagnit nurlanish kvantlarining o’zaro aylanishi.


Ko’r g a z m a v a tajribalar

1. Rezerford tajribasining modelli.

2. Vilson kamerasida izlarni kuzatish.

3. Ionlovchi zarralarni qaydlagichning tuzilishi va ishlashi.



20. Yadro energegikasi (6 soat)

Uran yadrosining tuzilishi. Zanjirli reaktsiya. Yadro reaktori. Atom elektrostantsiyasi. Termoyadro reaktsiyalari. Quyosh va yulduzlar energiyasi. Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri. Yadro energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish istiqbollari.

O’zbekistoda yadro fizikasi soxasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo’jaligida foydalanish.

Takrorlash (2 soat)

21. Olamning zamonaviy fizik manzarasi (1 soat)

Olamning mexanik va elektromagnit manzaralari. Materiya


tuzilishining birligi va yagona fizik manzara. Fizika va fan-texnika
taraqqiyoti.

Umumiy takrorlash (3 soat)
  1   2   3   4


Download 377.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


Fizika astronomiya

Download 377.02 Kb.