|
Bulutli texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 3/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 116,49 Kb. | | #238282 | Turi | Referat |
Bog'liq eew-5BEF5-5FvhoP3i4xwWPpujEaaH00Bulutli texnologiyalardan foydalanish.
“Bulut”, “bulutli texnologiya” atamalari hozirgi kunda yangi atama sifatida fanga kirib keldi hamda amaliyotda qo‘llanilyapti. “Bulutli texnologiya” o‘zi nima? “Bulutli texnologiya” ni qayerda qo‘llash mumkin? Web-texnologiya rivojlanishi bilan yangi on-layn platformalar, yangi on-layn xizmat turlari ham paydo bo‘la boshladi. “Elastic Computing Cloud” atamasini birinchi bo‘lib Amazon kompaniyasi 2006 yilda qo‘llay boshladi. Bu platformada Snapchat hozir ham faol ish olib boradi. Hech qancha vaqt o‘tmasdan “Cloud”, “Computing Cloud” atamalari Google kompaniyasi tomonidan ham qo‘llanildi. “Bulut” atamasi metafora sifatida ishlatilib, dasturiy ta’minot hisoblanadi.
“Bulutli texnologiya” nafaqat fayllarni saqlash uchun joy, balki juda keng imkoniyatlarga ega platformadir. Masalan, biznes sohasidan tortib, dasturiy ilovalarni “bulutli muhit” da ishlab chiqish, testlash, shuningdek, avtomatik ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini ham taklif qiladi. Bulutli texnologiyalar dastlab axborot texnologiyalari (AT) sohasining yetukkompaniyalari tomonidan ishlatilgan boʻlsa-da, keyinchalik kuchli hisoblash resurslarini talab qiladigan ishlarda hamda axborotlarni saqlash va qayta ishlash uchun boshqa sohalarda ham ishlatila boshlandi. Hozirda “bulutli xotira”lar (Dropbox kabi), “bulutli server”lar (pullik boʻlsa-da, lekin ishonchli) va “bulutli xizmat turlari (servis)” mavjud bo‘lib, ko‘p ilovalar “bulutli xizmat turlari” dan foydalanadilar. Bularga misol qilib Instagram, Feysbuk, messenjerlar, elektron pochta xizmatlari, on-layn ta’lim sohasida Google on-layn ilovalari, Zoom-konferensiyalar, LMS-tizimlari, Smart – ta’lim texnologiyalari, shuningdek, taksi, taomlarni buyurtma qilish xizmatlarini taklif qiluvchi web-ilovalarni keltirish mumkin. Bulutli texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil qilsihning yangi usuli bo‘lib, ta’lim jarayonini tashkil etishning an’anaviy usullariga muqobil variantni taklif qiladi, shaxsiy ta’lim, jamoaviy o‘qitish va interfaol imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida “bulutli” texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash masalasi hali yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lib, adabiyatlar ham yetarli emas. Ya’ni, ta’lim jarayonida zamonaviy shaxs nafaqat bilim va ko‘nikmalar to‘plamini to‘plashi, balki mustaqil ravishda va boshqa shaxslar bilan birgalikda mazmunli maqsadlar qo‘yish, o‘z-o‘zini tarbiyalash vaziyatlarini yaratish, izlash va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, muammolarni hal qilish vositalari va usullarini ishlab chiqa olishi kerak. Ana shu maqsadlarni amalga osirishga bulutli texologiyalar juda qo‘l keladi. Unda bolalar hamkorlikda chiza va yoza oladigan oddiy online insturentlardan tortib, murakkab hamkorlikdagi texnologik loyihalar ham mavjud. Bu jarayonda pedagoglar va talabalar faol bo‘lishi kerak. Bu jarayonga SaaS – texnologiyalar ko‘proq mos keladi. Bulutli texnologiyalarni ta’limda qo‘llash tizimlariga elektron kundalik, elektron jurnallar (talabalar va professor-o‘qtuvchilarning shaxsiy kabinetlari), interfaol tizimlar (o‘quvchilar o‘zaro axborot almashinishlari uchun tematik forumlar), axborot qidiruv tizimlari (o‘qituvchi nazorati yoki nazoratisiz o‘quvchilar ma’lum o‘quv masalalarini yecha olishi) ni misol qilsih mumkin. Shuningdek, ta’lim sohasida hujjatlar bo‘yicha o‘qituvchi va xodimlarning hamkorligi. Masalan, ta’lim dasturi yoki yillik reja. Ushbu hujjat ma’muriyat xodimlari va har qanday yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lgan o‘qituvchilar (psixolog, fan o‘qituvchisi yoki sog’liqni saqlash uchun mas’ul) tomonidan yuritilishi mumkin. Har kim hujjatning o‘z qismi uchun javobgardir va boshqa bloklarga o‘zgartirish kirita olmaydi. Bulutda hamkorlik qilish uchun siz bulutli xotirada hujjat yaratishingiz yoki joylashtirishingiz va uni havola yoki elektron pochta manziliga ega bo‘lganlar bilan baham ko‘rishingiz kerak. Bulutli texnologiyalarni ta’limda qo‘llashda talabalarning birgalikdagi loyiha ishini samarali tashkil qilish mumkin. Talabalarga loyihalar uchun mavzular beriladi. Keyin ularni 2 guruhga bo‘linadi. Har bir guruhning o‘z vazifalari bo‘ladi. Nazoratchi (o‘qituvchi) hujjatni yaratadi va talabalarga hujjatga kirish huquqini beradi. Bu havolalar yoki elektron pochta manzillari ham bo‘lishi mumkin. Talabalar uyda yoki ta’lim muassasasida loyiha ustida ishlashadi, hujjatlarni mazmunan to‘ldiradilar, ya’ni topshiriqni bajaradilar. Ishni yakunlashgach, loyiha bulut xotirasida saqlanadi. Agar kerak bo‘lsa, o‘qituvchi o‘quvchilar tuzatishlar kiritishi uchun sharhlar qoldiradi. Bunday tizimlarga masalan, Google Docs ni keltirish mumkin. Uning asosiy afzalligi hujjatlarni (matnlar, rasmlar, taqdimotlar, jadvallar) birgalikda tahrirlash imkoniyatidir. Bulutli texnologiyalardan masofaviy ta’limda ham unumli foydalanish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga elektron kundalik yordamida topshiriq taklif qiladi. Masalan, yozma topshiriqlar. Talaba hujjat yaratadi yoki hujjat bilan ishlaydi. O‘qituvchi o‘zgartirilgan hujjatni ko‘rishi mumkin, chunki u tizim ga kirish huquqiga ega bo‘ladi. Bulutli texnologiyalarni qabul qilish tizimdan hujjatni qabul qilish kabi bo‘lib, qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir.
|
| |