Fizikaviy kimyo nazariy kimyoning asosi




Download 30 Kb.
Sana16.05.2023
Hajmi30 Kb.
#60450
Bog'liq
1 Fizikaviy kimyo nazariy kimyoning asosi
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

Fizikaviy kimyo nazariy kimyoning asosi
Fizikaviy kimyo kimyoviy muammolarni yechishda termodinamik usullarni qo‘llash bilan bog‘liq ravishda XX asrning boshida fan sifatida vujudga kelgan. Termodinamik yondoshuv juda ham samarali bo‘lib chiqdi va empirik kimyoning o‘rganib qolingan tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Kimyoviy o‘zgarishlar muammosiga umuman yangi qarash hosil qildi. Moddalarning kimyoviy reaksiyalarga kirishi faqat reagentlarning tabiatigagina bog‘liq bo‘lmasdan, balki jarayonni olib borishning fizikaviy sharoitlariga, ya’ni bosim va haroratga ham bog‘liqligini ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘lindi. Muvozanatdagi sistemalar uchun bunday bog‘liqlikni miqdoran ifodalashga erishildi va bu zamonaviy kimyoviy texnologiyaning rivojlanishiga asos bo‘ldi. Termodinamikaning katta yutuqlaridan yana biri kimyoviy tajribalar o‘tkazmasdan turib kimyoviy muvozanatlarni hisoblash mumkin bo‘lganligidir. Alohida reagentlarning termodinamik xossalari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib reaksiya mahsulotlarining unumlarini oldindan aytib berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shundan keyin termodinamika nazariy kimyoda mustahkam o‘rin egalladi va har qanday fizikaviy kimyo kursining birinchi qismi bo‘lib qoldi. Modda tuzilishi nazariyasining rivojlanishi va kvant mexanikasining paydo bo‘lishi termodinamikaning kimyodagi o‘rnini kamaytira olmadi, balki, aksincha, uning qo‘llanish sohalarini kengaytirdi. Zamonaviy statistik termodinamika molekulalarning tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni jalb qilgan holda, xuddi shu muammolarni hal qiladi. Bu esa, moddaning kimyoviy o‘zgarishlari muammosini muhokama qilishda, reagent molekulalarining xossalari haqidagi model tushunchalarni reagentlarning termodinamik funksiyalari qiymatlariga tayanuvchi fenomenologik termodinamik yondoshuv bilan birlashtirishga olib keldi. Shu sababli, zamonaviy fizikaviy kimyo kursi klassik va statistik termodinamika natijalarining umumlashuvidir, desak adashmaymiz. Nazariy fizikaning ushbu qismlari klassik bo‘lib, ular hech qachon
eskirmaydi. Vaqt o‘tishi bilan ularni kimyoda qo‘llash uslublari, ayrim masalalarni bayon qilishning o‘zaro nisbatlari va ularni amaliyotga unumli qo‘llash sohalari o‘zgaradi, xolos.
Fizikaviy kimyo fanining ta’rifi birinchi bor 1752 yili M.V.Lomonosov
(1711–1765) tomonidan quyidagicha berilgan: fizikaviy kimyo fani kimyoviy hodisalarni fizika fani yordamida o‘rganuvchi va bu hodisalarning qonuniyatlarini nazariy jihatdan ochib beruvchi hamda tushuntiruvchi fandir. M.V.Lomonosov fizikaviy kimyoni “kimyoning falsafasi” deb aytgan. Uning nazariy va amaliy tadqiqotlari hozirgi kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan kashfiyotlarga olib kelgan. U materiya va harakatning saqlanish prinsipini to‘g‘ri talqin qilishga juda yaqinlashgan. M.V.Lomonosovning atomistik tushunchalari issiqlikning kinetik tabiati haqidagi xulosaga olib keldi va u “eng katta va oxirgi sovuqlik darajasi” mavjudligini taxmin qildi, ya’ni zarrachalarning harakati to‘liq to‘xtashiga mos keluvchi juda kichik harorat borligini ta’kidladi hamda termodinamika ikkinchi qonunining ta’riflaridan biri bo‘lmish “issiqlik sovuqroq jismdan issiqroqga o‘z-o‘zidan o‘ta olmasligini” ta’kidlagan.
XIX asrning boshlarida Angliyada Daltonning (1801), Fransiyada Gey-Lyussakning (1802), Italiyada Avogadroning (1811) ilmiy izlanishlari natijasida gazsimon holatning qonunlari ochildi va atomistik tushunchalar keng rivojlandi. Gessning termokimyo bo‘yicha qilgan ishlari ham ushbu davrga tegishlidir. Galvanik elementlar, elektroliz, elektrolitlarda tokni tashib o‘tishga doir tadqiqotlar tufayli elektrokimyoning asoslari vujudga keldi. 1799 yilda Italiyada Galvani va Volt galvanik element yaratdilar. 1802 yili V.V.Petrov elektr yoyi hodisasini ochdi. 1805 yilda Grotgus (Rossiya) elektroliz nazariyasining asoslarini ishlab chiqdi. 1800 yili Devi moddalar ta’sirlashishining elektrokimyoviy nazariyasini ilgari surdi va kimyoviy tadqiqotlarda elektrolizni keng qo‘lladi. Devining o‘quvchisi Faradey 1834 yilda elektrolizning miqdoriy qonunlarini
ta’riflab berdi. 1836 yili Yakobi (Rossiya) elektroliz jarayonini tajribaga qo‘llash masalalarini hal qilib, galvanoplastika hodisasini ochdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Guldberg va Vaage (Norvegiya) hamda Gibbs (AQSh) kimyoviy muvozanat haqidagi ta’limotni rivojlantirdilar. Le Shatele (Fransiya) tashqi sharoitlar o‘zgarishi bilan muvozanatning siljishi umumiy prinsiplarini ochdi. Vant-Goff (Gollandiya) kimyoviy muvozanat nazariyasini rivojlantirdi. U suyultirilgan eritmalarning miqdoriy nazariyasini ham ishlab chiqqan. Gittorf va Kolraush (Germaniya) eritmalarda elektr tokini tashib o‘tishni o‘rgandilar. Arrenius (Shvesiya) 1883–1887 yillarda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini rivojlantirdi. Organik moddalarning tuzilish nazariyasini yaratgan A.M.Butlerov (1861) ham fizikaviy kimyoning rivojlanishida katta iz qoldirgan olimlardandir. Buyuk rus olimi D.I.Mendeleev kritik haroratning mavjudligini ochgan (1860), gazlar holatining umumiy tenglamasini keltirib chiqargan (1874), eritmalarning kimyoviy nazariyasiga asos solgan (1887). Mendeleevning shogirdi D.P.Konovalov eritmalar nazariyasining asoschilaridan biridir.
XIX asrning oxiridagi buyuk kashfiyotlar atom tuzilishining murakkabligini isbot qildi va fizikaviy kimyoning rivojlanishiga juda katta xissa qo‘shdi. Ularga Perren (1895) va Tomson (1897) tomonidan elektronning kashf qilinishi, Rentgen Xnurlarni (1895) va Bekkerel radioaktivlikni ochishini (1896) aytish mumkin. Bundan tashqari Plankning nurning kvant tabiatini (1900), Lebedevning nur bosimi mavjudligini hamda Per Kyuri va Mariya Kyuri (Skladovskaya) larning radioaktivlik hodisasini o‘rganishlarini (1889) misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi.
XX asrning boshiga kelib, fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o‘rganuvchi fan sifatida namoyon bo‘ldi. Yangi nazariy usullarning qo‘llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuzilishi
Download 30 Kb.




Download 30 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizikaviy kimyo nazariy kimyoning asosi

Download 30 Kb.