• Tayanch so’zlar
  • Fond bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotining eng muhim omili




    Download 203.24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.02.2023
    Hajmi203.24 Kb.
    #43218
      1   2
    Bog'liq
    fond-bozorini-rivojlantirish-milliy-iqtisodiyotining-eng-muhim-omili
    3 topshiriq Mustaqil Ta\'lim, ФИТР ВА ЗАКОТ УЧУН


    FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISH MILLIY IQTISODIYOTINING ENG 
    MUHIM OMILI 
     
    Saidahad Alisher o’g’li Obidov 
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada fond bozorini rivojlantirish va uning bozor 
    iqtisodiyotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdik, fond birjasi va uni 
    rivojlantirishda tijorat banklarining ishtiroki, haqida ma’lumot keltirilgan. 
    Tayanch so’zlar: fond bozori, fond birjasi, tijorat banklari, bozor iqtisodiyoti, 
    moliya tizimi, qimmatli qog’oz, subyektlar, pul. 
    FUND MARKET DEVELOPMENT IS THE MOST IMPORTANT FACTOR 
    OF THE NATIONAL ECONOMY 
    Saidahad Alisher oglu Obidov 
    Tashkent State University of Economics 
    Abstract: This article analyzes the development of the stock market and its 
    importance in a market economy. There is also information about the stock exchange 
    and the participation of commercial banks in its development. 
    Keywords: stock market, stock exchange, commercial banks, market economy, 
    financial system, securities, entities, money. 
    Kirish 
    Har qanday mamlakat iqtisodiyotida biz shuni ko’rishimiz mumkinki, ayrim 
    tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p 
    miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turadi. Bir tarmog’ning mablag’i ma’lum vaqt 
    mobaynida ortiqchalik yoki yetishmay qolishligi navbatma navbat almashib kelishini 
    hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor 
    bo’lgan tarmoqlarni bir birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni 
    fond birjasidir. Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida 
    fond birjalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor 
    iqtisodiyotining eng muhim instituti sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining 
    faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
    ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar 
    bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to’plamidir. Fond 
    birjasi - bu qimmatli qog’ozlar savdosiga mo’ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli 
    qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.[6] 
    "Science and Education" Scientific Journal
    January 2021 / Volume 2 Issue 1
    www.openscience.uz
    207


    Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotning turli 
    tarmoqlari uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank 
    krediti orqali moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat 
    iqtisodiy tizimining holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. [5] Mazkur 
    bozorda yuridik yoki jismoniy shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish 
    maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli 
    qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida yoxud ularni ikkilamchi 
    ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi. Moliyaviy fond birjalari 
    bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi:
    Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik 
    shaxs, davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin. 
    Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar - kompaniyalar, 
    korxonalar, davlat idoralari kirishi munkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o’z 
    kapitallaridan keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olish 
    uchun foydalanadilar. 
    Professional a’zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. 
    Ular asosan treyderlar, brokerlar, dilerlar kiradi. Bir so’z bilan aytganda ular 
    vositachilar bo’lib, tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli 
    bitimning foizlarini olishadi, shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda 
    imkon qadar ishtirok etish ularning manfaatlariga mos keladi.[3] 
    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
    O’tgan bir necha yil davomida mamlakatimizda ham birjalar faoliyatini 
    takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga 
    oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining 
    taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda Prezidentimizning 
    2017 yil 18 apreldagi "Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
    ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil etish to’g’risida"gi 
    Farmoni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirib kelinmoqda. 
    [2]. Ayni payta mamlakatimiz , Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va 
    raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi 
    birjalar soni 3 tadan iborat. Ular O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi, 
    Respublika ko’p tarmoqli agrosanoat birjasi, ‘‘Toshkent" Respublika fond birjasi. 
    "Toshkent" 
    Respublika 
    fond 
    birjasi 
    mamlakatimiz 
    moliya 
    tizimini 
    tez 
    rivojlantiryotgan tuzilmadir va u sarmoya bozorining fond ulushi o’zgarishiga katta 
    ta’sir ko’rsatdi.
    Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini 
    keng jalb qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Shu bois, qimmatli 
    qog’ozlarga sarmoya kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko’proq va tushunarli 
    "Science and Education" Scientific Journal
    January 2021 / Volume 2 Issue 1
    www.openscience.uz
    208


    tarzda yetkazish uchun respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari 
    ishtirokida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
    Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-
    4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar 
    strategiyasi 
    to’g’risida”gi 
    farmonida 
    iqtisodiyotni 
    rivojlantirish 
    va 
    liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida, kapitalni jalb qilish hamda 
    korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag’larini joylashtirishning 
    muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston 
    Respublikasi moliya bozorini o’rta muddatli va uzoq mudatli istiqbolda rivojlantirish 
    konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.[1]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, 
    hamda uning turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Hozirda, katta hajmda moliyaviy resurslarni jamlovchi va uni 
    iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltira oladigan asosiy moliyaviy institut – 
    banklar bo’lib turibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli 
    qog’ozlar vositasida amalga oshirish banklar uchun ko’p jihatdan qulaydir. 
    Ta’kidlash o’rinliki, odatda fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat banklari milliy 
    iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
    hisoblanadi.[3] Fond bozorini rivojlanlantirish yordamida iqtisodiyotda pul 
    mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov 
    shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. 
    Insvestitsiyaga aylanayotgan pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin 
    ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilano foydalanishni ta’minlaydi. Bu 
    o’z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. 
    Takliflar va xulosalar 
    Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat 
    iqtisodiyotning "ahvoli" haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir 
    ko’rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun 
    bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. 
    Shuningdek, 
    mamlakatimiz 
    fond 
    bozorini 
    yanada 
    rivojlantirish 
    va 
    barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan foydalanish maqsadga muofiqdir: 
    - fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga 
    oshiriladigan operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida birmuncha yengilliklar va 
    imtiyozlar joriy etilishi lozim; 
    - birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni 
    moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. 
    Bu holat qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori 
    aylanmasining oshishiga olib keladi; 
    - Respublika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida 
    sotishni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[3] 
    "Science and Education" Scientific Journal
    January 2021 / Volume 2 Issue 1
    www.openscience.uz
    209


    Yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi 
    respublika banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat 
    milliy fond bozorida ivestitsion faolligi oshishiga ,i xalqaro kapital bozorida ham faol 
    ishtirokchiga aylanishiga imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining 
    yanada qulayroq bo’lishiga olib keladi. 

    Download 203.24 Kb.
      1   2




    Download 203.24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fond bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotining eng muhim omili

    Download 203.24 Kb.
    Pdf ko'rish