FORISH TUMAN HOKIMLIGI
MADANIYAT BO’LIMI MUDIRINING
B U Y R U G‘I
“ ” noyabr 2023 yil
Madaniyat markazlarida isitish tizimini boshlash to‘g‘risida
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risda”gi 194-sonli qarorining 1-ilovasi, 13-bandi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01-05/1900-sonli va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining 31-01-20-309/4526-sonli xatlari hamda viloyat Gidrometeorologiy markazining xulosasini e’tiborga olib, Jizzax viloyati hokimining 2023-yil 6-noyabr 543-3-0-Q/23-sonli, hamda Forish tumani hokimining 2023-yil 9-noyabrdagi 234-3-53-Q/23-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023-2024-yillar qish mavsumi davomida issiqlik bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati tog‘risida”gi Qonunning 5-,6- va 25-moddalariga muvofiq
BUYURAMAN:
1. Jizzax viloyati hokimining 2023-yil 6-noyabr 543-3-0-Q/23-sonli qarori, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01-05/1900-sonli va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining 31-01-20-309/4526-sonli xatlari hamda Forish tumani hokimining 2023-yil 9-noyabrdagi 234-3-53-Q/23-sonli qarorlari ijro uchun qaqbul qilinsin.
2.Tuman hududida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, ko‘p qavatli uy –joy fondi va ijtimoiy soha obektlarini isitish mavsumi 2023-yilning 07-noyabridan boshlanishi belgilanganligiijro uchun qabul qilinsin.
3. 31-son “Parvoz” mаданият markazi rahbari B.Ismoilov, 32-son “Chamanzor” madaniyat markazi rahbari A.Fayzullaeyv va bo‘limda xo‘jalik ishlari b’yicha mas’ul shaxs M.Merganovlarga:
Madaniyat markazlarining mavsumiy o‘t yoquvchi shtat birliklariga malakali mutahassis o‘t yoquvchilarni ishga qabul qilish choralarini ko‘rish;
Isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan madaniyat markazlari binolarini belgilangan tartibda elektr, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish va mazkur masalalar bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
4.Madaniyat bo‘limi bosh hisobchisi B.Davronovga foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirish vazifasi yuklansin.
5.Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Бўлим мудири М.Нарказаков
|