• Nikel(II) atsetat eritmasini tayyorlash
  • Turli pH dagi bufer eritmalar tayyorlash
  • 2.6. Suniy aralashmalar tarkibidagi Nikelni aniqlash. Nikel (II)ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasining optimal sharoitlarini tanlash.
  • Nikel(II) ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi uchun optimal nur filtrini tanlash
  • Reagent eritmasini tayyorlash




    Download 319 Kb.
    bet12/15
    Sana13.05.2023
    Hajmi319 Kb.
    #59158
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Fotometrik usulda zaxarli metallarni aniqlash
    Arrizo 6 Pro price UZ - 25 08 2023 WEB, PP 2 mustaqil ish, PP 5 mustaqil ish
    Reagent eritmasini tayyorlash
    Dastlab piridil-2-azo-naftol-2 reagentidan analitik tarozida 0,05 gr tortib olindi va 100 mlli o’lchov kolbasida etil spirtining 96%li eritmasida chizig’igacha suyultirildi. Natijada piridil-2-azo-naftol-2 reagentining 0,05% li eritmasi tayyorlandi. Keyingi tajribalarda 0,01% li piridil-2-azo-naftol-2 reagenti eritmasidan foydalanildi. Tajribadan oldin piridil-2-azo-naftol-2 reagentini 5 marta suyultirildi.
    Nikel(II) atsetat eritmasini tayyorlash
    Dastlab ishchi eritma sifatida nikel (II) standart eritmasi tayyorlab olindi. Buning uchun nikel (II) atsetat markali tuzidan foydalanildi. Tuzning hisoblangan miqdorini (1,0584g) analitik tarozida tortib olib, uni 100 ml li o’lchov kolbasida to’la eritib belgisigacha distillangan suv quyib aralashtirildi. Bunda 1.0mg/ml li Ni(II)ni standart eritmasi hosil bo’ldi. Kerakli ishchi eritmalari (10,20,30,50mkg/ml) yanada suyultirib (1,0mg/ml li eritmasini) tayyorlanadi.
    Turli pH dagi bufer eritmalar tayyorlash
    Turli pH dagi pH=2,0 dan 12,0gacha bo’lgan universal bufer eritmalar tayyorlashda analitik kimyo ma’lumotnomasidan foydalanildi
    Buning uchun fosfat kislotasi, muz sirka kislotasi va borat kislotasini 0.04 M li eritmasi tayyorlanadi. Hajmi 1000 ml bo’lgan kolbaga uch xil eritma (fosfat kislotasi, sirka kislotasi va borat kislota) solindi va o’lchov kolbasi belgisigacha distillangan suv bilan suyultirildi, hosil bo’lgan bufer eritma pH =2,02 ni tashkil qiladi. Tayyor bo’lgan bufer eritmadan kerakli pH ko’rsatkichli eritmalar tayyorlash uchun natriy gidroksidning 0,2 n eritmasidan foydalanildi.
    2.6. Suniy aralashmalar tarkibidagi Nikelni aniqlash.
    Nikel (II)ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasining optimal sharoitlarini tanlash.
    Fotokolorometrik aniqlashlar eritmada analitik shakl to’la hosil bo’lishini va Buger – Lambert – Ber qonunidan chetlanmaslikni yoki minimal chetlanishni ta’minlaydigan optimal sharoitlarda bajarilishi lozim., optimal sharoitlarni pH ning optimal qiymati, reagentning yetarli miqdorda bo’lishi, metal ionining yetarli konsentratsiyasi, analitik (fotometrik ) reaksiyaning tanlovchanligi va nur yutilishi uchun pH ning optimal qiymatini tanlash uchun aniqlanuvchi modda va reagent konsentratsiyalari o’zgarmas bo’lganida muayyan to’lqin uzunligida eritma optik zichligining pHga bog’liqligi o’rganilib chiqildi. Rangli eritmalarda eng qulay sharoit analitik shakl bilan boshlang’ich reagentlarda yutilishlar orasidagi farq eng katta bo’ladigan holda mos keladi. Eng qulay sharoitlarda nur yutilishi maksimal bo’lganida pH ning kichik o’zgarishlari eritmaning nur yutishiga amalda ta’sir etmaydi. Fotokolorometrik reaksiyasi o’rganilayotgan eritmaning pH qiymati tegishli bufer eritmalardan yoki yetarli miqdordagi kislota va ishqor eritmalaridan foydalanib bir me’yorda saqlab turiladi. Qo’shiladigan analitik reagentning miqdori ma’lum konsentratsiya oralig’ida aniqlanuvchi moddaning barchasini analitik shaklga o’tkazish uchun yetarli bo’lishi kerak. Reagentni yana ortiqcha qo’shish reaksiya maxsuloti unumini oshi orometrik analizda eritmani aniqlanuvchi konsentratsiyalarning barcha rmaydi va eritmaning yorug’lik yutishiniko’paytirmaydi. Fotokol oralig’ida chin eritmaligicha qolishi kerak. Agar bu shart bajarilmasa, pastroq konsentratsiyalar ishlatish yoki qattiq faza hosil bo’lishiga xalaqit beruvchi himoyalovchi moddalardan foydalanish lozim.6
    Nikel(II) ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi uchun optimal nur filtrini tanlash
    Ma’lumki har bir modda, tabiatiga ko’ra ma’lum to’lqin uzunligidagi nurni yutadi, shuni e’tiborga olgan holda nikel( II) ionining piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleksining eng yuqori nur yutish sohasi quyidagicha aniqlandi:
    Aniqlash usuli:25mlli o’lchov kolbasiga bufer eritmadan 5 ml, 0.01% li,reagent eritmasidan 1.0 ml va 50mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib, kolbaning belgisigacha distillangan suv quyildi. Hosil bo’lgan kompleksbirikmaning optik zichligi KFK-2 fotokolorometr asbobida va nur yutish qalinligi l=1,0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan har xil nur filtrida o’lchandi.
    Solishtirma eritma sifatida aniqlanadigan metall ionidan boshqa barcha komponentlar qo’shilgan eritmadan foydalanildi. O’lchash natijalari.
    Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma 6- nur filtri λmax =540 nm da yuqori optik zichlikni namoyon qiladi. Keyingi ishlar λmax=540 nmda olib boriladi
    Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma eng yuqori optik zichligi pH = 8,0 da eng yuqori ekanligi kuzatildi va optimal muhit sifatida pH =8,0 tanlandi, chunki ushbu eritma muhitida optik zichlik maksimal analitik signalga ega. Keyingi tadqiqot ishlarida pH ko’rsatkichi 8,0bo’lgan bufer eritma ishlatildi.

    Download 319 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 319 Kb.