|
Nikel(II) ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi uchun optimal nur filtrini tanlash
|
bet | 7/15 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 319 Kb. | | #59158 |
Bog'liq Fotometrik usulda zaxarli metallarni aniqlashNikel(II) ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi uchun optimal nur filtrini tanlash
Ma’lumki har bir modda, tabiatiga ko’ra ma’lum to’lqin uzunligidagi nurni yutadi, shuni e’tiborga olgan holda nikel( II) ionining piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleksining eng yuqori nur yutish sohasi quyidagicha aniqlandi:
Aniqlash usuli:25 ml li o’lchov kolbasiga bufer eritmadan 5 ml, 0.01% li, reagent eritmasidan 1.0 ml va 50mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib, kolbaning belgisigacha distillangan suv quyildi. Hosil bo’lgan kompleks birikmaning optik zichligi KFK-2 fotokolorometr asbobida va nur yutish qalinligi l=1,0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan har xil nur filtrida o’lchandi.
Solishtirma eritma sifatida aniqlanadigan metall ionidan boshqa barcha komponentlar qo’shilgan eritmadan foydalanildi. O’lchash natijalari.
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma 6- nur filtri λmax =540 nm da yuqori optik zichlikni namoyon qiladi. Keyingi ishlar λmax=540 nmda olib boriladi
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma eng yuqori optik zichligi pH = 8,0 da eng yuqori ekanligi kuzatildi va optimal muhit sifatida pH =8,0 tanlandi, chunki ushbu eritma muhitida optik zichlik maksimal analitik signalga ega. Keyingi tadqiqot ishlarida pH ko’rsatkichi 8,0bo’lgan bufer eritma ishlatildi
2.2. Fotometrik analiz metodlari. Eritmadagi temir yoki nikel (III) ionlari miqdorini aniqlash
FOTOMETRIK ANALIZ
Fotometriya molekula absorbsion analiz usullari qatoriga kiradi. Fotometrik analiz ko‘rinuvchan sohadagi nurlarni modda yutishi orqali sifat va miqdoriy analiz qilishga asoslangan. Bunda eritma tiniq va rangli, suyultirilgan bo‘lishi shart.
Nur yutilishi Lamber-Buger va Ber qonuniga asoslanadi.
ERITMADAGI Fe(III) IONINI SULFOSALITSIL KISLOTA BILAN FOTOMETRIK USULDA ANIQLASH
|
| |