Foton texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiyaning optik tarmoqlari




Download 11.34 Kb.
Sana27.11.2022
Hajmi11.34 Kb.
#31981
Bog'liq
Foton texnologi-WPS Office
1-курсO\'lkashunoslik, 6-sinf ingliz tili ish reja, Дарс тахлили 22, Kompyuterli taqdimotlarni yaratishga mo‘ljallangan amaliy dastur, ТЕМА 9 Пожарная безопасность (1), 1684232736, Презентация Оперные театры мира , 441344-7-sinf-informatika-testlar, Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma, 5 sinfdan boshlab 11 gacha

Foton texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiyaning
optik tarmoqlari
Keyingi on yilliklar telekommunikatsiyaning jadal suratlarda rivojlanishi bilan xarakterlidir, bu rivojlanish kop jixatdan mikroelektronika va materialshunoslikning yutuqlariga asoslangan bolib, axborotni samarali taqsimlash, qayta ishlash, saqlash, shuningdek tizim va uzatish muxitining otkazuvchanlik qobiliyatini keskin oshirish imkonini berdi. Zamonaviy telekommunikatsiyaning bosh xususiyati signallarni raqamli korinishda uzatish va qayta ishlashdir, buning nazariy asosida analog signalni ekvivalent diskret, yani raqamli signal bilan almashtirish mumkinligi xaqidagi Kotelnikov (Shennon) nazariyasi yotadi. Raqamlashtirish, ularni amalga oshirish imkoniyati bolgunga qadar shakllantirilgan ilmiy goyalarni joriy etish imkonini berdi va buning natijasida, analog tizimlarga nisbatan kengaytirilgan xizmatlar spektriga ega, iqtisodiy samarali raqamli aloqa tizimlarini qurish imkoniyati tugildi.
Hamma telekommunikatsiya texnologiyalari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonining jadallashishi sababli, xajmi juda tezda oshib borayotgan axborotlarni uzatish uchun yuqori tezlikli kanallarga muxtojdirlar. Bu axborot tarmoqlarining otkazuvchanlik qobiliyati va moslashuvchanligi ortishi orqali yaqqol namoyon bolmoqda. Bitta foydalanuvchiga nisbatan xisoblaganda otkazish mintaqasi (polosasi) keskin ortmoqda. Buning natijasi sifatida, Internet resurslaridan foydalanish keskin ortishi kuzatilmoqda baxolashga qaraganda axborot oqimining ortacha xajmi dunyoda bitta foydalanuvchiga nisbatan xisoblaganda yiliga 8 marta ortmoqda.
Uzatilayotgan axborotlar xajmining bunday ortishini faqat signallarni uzatish muxiti sifatida optik tolani jalb etish orqali xal qilish mumkin. Bu uzoq masofali telekommunikatsiya magistrallariga, shuningdek lokal xisoblash tarmoqlariga xam mansubdir.
Optik tola xozirgi paytda axborotni uzatish uchun eng mukammal fizik muxitdir, shuningdek etarlicha olis masofaga axborotlarning katta oqimlarini uzatish uchun eng istiqbolli muxit deb xisoblanadi. Tolaning afzalligi regeneratsiya uchastkalarining uzun bolishiga imkon yaratuvchi sonish va dispersiyaning ozligi, axborotni katta tezlikda uzatish imkonini beruvchi yuqori tosqinbardoshlik va otkazish mintaqasining (polosasining) kengligidir.
Bugunda optik tola amalda axborotni uzatish bilan bogliq bolgan hamma soxada qollanilmoqda. Agar shaxsiy kompyuter darajasida optik tolali interfeys simli bilan endigina yakkaxol kurashayotgan bolsa, magistral tamoqlarni qurishda esa optik tolaning sozsiz xokimligi allaqachondan fakt bolib qolgan. Optik tolaning tijorat aspektlari xam uning foydasiga gapirmoqda tola kvarsdan, yani qum asosida tayyorlanadi, qumning zaxirasi esa juda kopdir.
Xozirgi paytda butun dunyo boyicha aloqa xizmatlarining hamma taqdimotchilari bir yilda bir necha on ming kilometrli optik tolali kabellarni er ostiga, okeanlar, dengizlar, daryolar tubiga, tonnellarga, LEP boyicha va kollektorlarga yotqizmoqdalar. Juda katta kompaniyalar, jumladan IBM, Lucent Technologies, Nortel, Corning, Alcoa Fujikura, Siemens, Pirelli kompaniyalari optik tolali texnologiyalar soxasida intensiv tadqiqotlar olib borishmoqda. Eng progressiv texnologiyalar qatorida zich spektrli multipleksirlashni DWDM (Dense Wavelength Division Multiplexing) va nol bolmagan aralash dispersiyali tolani TrueWave (Lucent Technologies) yoki DWDM signalini uzatish uchun maxsus moljallangan SMF-LS (Corning) korsatish mumkin.
Bu tadqiqotlarning natijasida 1996 yilda bitta tolada 55ta DWDM kanallarini multipleksrlashga erishildi, bunda bitta kanalning uzatish tezligi 20 Gbit/s bolib, yigindi natijasida 1,1 Tbit/s tezlikka erishildi.
Xozirda mavjud bolgan tizimlar 100 ortiq kanallarni qollashi, natijada bir necha onlab gigabit sekund otkazuvchanlik qobiliyatiga ega bolishi mumkin.
Rivojlanishning keyingi bosqichi fotonikaning rivojlanishi boldi. Bu yonalishning imkoniyatlari, tolaning suvli kirlanishini yoqotish va DWDM texnologiyalarini qollash, shuningdek signallarni regeneratsiyalashning eng muxim funksiyalarini va raqamli oqimlarni kommutatsiyalashni optik signallarni elektrik signallarga ozgartirmasdan bevosita optik diapazonda amalga oshirish xisobiga tolada qollanilayotgan chastota polosasini kengaytirish va uzatish tezligini 300 Tbit/s gacha oshirish bilan bogliqdir.
Zich multipleksirlash usuli paydo bolishi bilan, shuningdek trafikni shakllantirish, xizmat korsati va uzatish boyicha hamma funksiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilmalarni ishlab chiqilishi va bu xol toliq optik muxitda bolishligi uchun optik tarmoqlar, shuningdek ular asosida qurilgan global tarmoqlar mustaqil texnologiya sifatida etirof etildi.
Global tarmoqlar (Wide Area Networks, WAN), ular shuningdek territorial, kompyuter tarmoqlari xam deb ataladi, katta territoriyalarga viloyat, region, mamlakat, kontinent yoki er sharining hamma joyiga tarqalgan abonentlarning katta soniga ozining servislarini taqdim etishga xizmat qiladi.
Telekommunikatsiyalarning rivojlanish evolyusion jarayonining oxirgi maqsadi Global axborot infrastrukturasini yaratishdir, u foydalanuvchilarga xizmatlar toplamini taqdimlaydigan, ochiq ilovalar toplamini taminlovchi va axborotning hamma turlarini qamrovchi va uni istalgan joyda istalgan vaqtda maqbul narxda va sifat bilan olish imkoni taminlaydi.
Aloqa kanallarining juda uzunligi sababli global tarmoqlarni qurish juda katta xarajarlarni talab qiladi, unga kabellarning narxi va ularni yotqizish boyicha ishlar, kommutatsion uskunalar va kanalning zaruriy otkazish mintaqasi (polosasi)ni taminlovchi oraliq apparaturalarga xarajatlar, shuningdek katta territoriyalarga taqsimlangan telekommunikatsiya tarmoqlarining apparaturalarini ishlash xolatida saqlash uchun ekspluatatsion xarajatlar kiradi.
Global kompyuter tarmoqlarining tipik abonentlari, turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, ozaro malumotlar almashinish zarurati bolgan, korxonalarning lokal tarmoqlaridir.
Global tarmoqlar odatda yirik telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan abonentlarga pullik xizmat korsatish uchun yaratiladi.
Global xisoblash tarmoqlaridan tashqari axborotlarni uzatish territorial tarmoqlarning boshqa turlari xam mavjuddir. Birinchi navbatda bular bir necha onlab yillar davomida ishlab kelayotgan telefon va telegraf tarmoqlari, shunindek teleks aloqadir.
Global tarmoqlarning narxi ota yuqoriligi sababli yagona global tarmoqni yaratish uzoq vaqtli tendensiyasi mavjuddir, bu tarmoq istalgan turdagi malumotlarni uzatishi mumkin: kompyuter malumotlari, telefon sozlashishlari, fakslar, telegrammalar, televizion tasvirlar, teleteks (ikkita terminallar orasida malumotlar uzatish), videoteks (tarmoqda saqlanayotgan malumotlarni oz terminaliga olish) va boshqalar. Telekommunikatsiya xizmatlarini integratsiyalash uchun dastlabki texnologiya ISDN otgan asrning 70-yillarida rivojlana boshladi. Xozircha tarmoqlarning xar bir turi aloxida ishlab turibdi va ularning eng qalin integratsiyasi umumiy birlamchi tarmoqlar PDH va SDH tarmoqlardan foydalanish soxasida amalga oshrilgan, bugunda ularning yordamida kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarda doimiy kanallar tuzilmoqda. Texnologiyalarning rivojlanish yangi bosqichida integratsiyalangan tarmoqlarni yaratish, yangi meros nom bilan Broadband ISDN (V-ISDN) davom etmoqda, yani keng polosali (yuqori tezlikli) xizmatlari integratsiyalangan tarmoqlar. V-ISDN tarmoqlar universal transport sifatida ATM texnologiyalariga asoslanadi va tarmoqning oxirgi foydalanuvchilariga turli shakldagi axborotlarni kompyuter malumotlari, audio- va videoaxborotlarni tarqatish uchun yuqori satxdagi turli xizmatlarni, shuningdek foydalanuvchilarning interfaol ozaro boglanishini qollaydi.
Bu ota katta xajmdagi axborotlarni uzatish faqat telekommunikatsiyaning optik tarmoqlari asosida bolishi mumkin.
Telekommunikatsiya optik tarmoqlarini rivojlantirish narxi pastligini va mavjud tarmoq texnologiyalari bilan moslashtirish osonligini, shuningdek otkazish kengligining amalda cheklanmaganligini xisobga olganda, yaqin vaqtlarda telekommunikatsiyaning global va magistral tarmoqlari toliq optik tarmoqlarga otishini kutish mumkin.
Telekommunikatsiyaning keng mintaqali (polosali) optik tolali tarmoqlari ozaro boglanish elektron muxitning yangi shakllarini, biznes-echimlar, oqitish boyicha takliflarni, shuningdek axborot-kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanish yangi bosqichini grid kompyutingni amalga oshirish uchun imkoniyat ochmoqda.
Xozirgi kunda ulkan taqsimlangan tarmoqni tuzish mumkin, lekin uchastkalar orasida malumotlarni almashtirish murakkab boladi, ularni foydalanilayotgan malumotlar uzatish tarmogi asosida yagona resursga birlashtirish esa xozircha mumkin emas. Bu katta xajmdagi axborotlarni, katta malumotlar bazasini (BD) qoshimcha xisoblash resurslarini talab qiladigan xisoblashlarni bajarish uchun, kontinentlar orasida tezkor almashtirishga imkon bermaydi.
Bu muammolarni echish uchun ayrim mamlakatlarda Grid loyixalari amalga oshirilmoqda.
Xozirda Rossiya muxim bir loyixa, Polarnet-grid loyixasini taklif etgan. Bu loyixa axborot koridorini tashkil etish uchun Evropa, SHimoliy Amerika va Osiyoni eng qisqa arktik marshrut bilan boglovchi unikal suv osti optik tola tizimini qurishga moljallangan. Bu optik magistral umumiy uzunligi 19500 kilometr bolib London shaxrini Aleut orollaridagi Datch-Xarbor punkti bilan boglashi kozda tutilgan.
Taxmin qilinishicha, Polarnet loyixasini amalga oshirish natijasida grid- kompyutingning birlik axborotga sarf xarajatlari 5 marta kamaytiriladi. 
Download 11.34 Kb.




Download 11.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foton texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiyaning optik tarmoqlari

Download 11.34 Kb.