Fotonika kafedrasi




Download 1.26 Mb.
Sana26.05.2022
Hajmi1.26 Mb.
#21949
Bog'liq
5 6161284741078188924
sonli usullar va dasturlash fanidan maruzalar matni , Математика-ва-ўқитьиш-методикаси, Reja Predikat tushunchasi. Predikatning inkori. Konyuksiya va d-fayllar.org

FOTONIKA KAFEDRASI
Universitetda optika va spektroskopiya soxasidagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar XX asrning 50-yillarida prof.V.A.Kizel va dos.B.M.Nosenkolar raxbarligida asos solingan bo‘lib, (1960 yildan boshlab prof.V.A.Kizel Moskva fizika texnika institutida ishlagan) muxitlardan elektromagnit to‘lqinlarni qaytishi, yutilishi va lyuminessensiya spektrlari yordamida muxitlarni strukturasini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.
Radiofizika sohasidagi dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlari universitetda kafedra mudiri I.A.Gofman va Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofati sovrindori X.X.Xodjimuxamedovlar raxbarligida XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, radiodiapazon sohadagi elektromagnit to‘lqinlarning ionosfera va turli muhitlarda tarqalishi, turli lazerlar hamda ularning parametrlarini tadqiq etishga qaratildi. Lekin shu sohaning yangi bir yo‘nalishi – kvant radiofizikasini prof. Agzam Turapovich Mirzayev rivojlantirib, uni 70-yillarda ilmiy maktab darajasiga ko‘tardi.
Ushbu kafedra yorug‘lik nuri zarrachalari va to‘qinlari tabiatini zamonoviy talqinda mukammal o‘rganish va yosh avlodga o‘rgatish maqsadida “Optika va lazer fizikasi” kafedrasi zamirida tashkil etilgan. Kafedraning o‘quv, ilmiy va ma’rifiy faoliyatini muvofaqqiyatli olib borilishida dos.B.M. Nosenko, akad. P.Q. Habibullayev asos solgan va akad. K. Mukimov, prof. Sh. Otajonov, prof. U.V. Valiyev, dosent A.X. Ramazanovlar yuqori saviyalarga olib chiqqan “Optika va spektroskopiya” ilmiy maktabi, prof. A.T. Mirzayev shakllantirgan va uning safdosh shogirdlari dos. T. Axmadjonov, dos. A. Qosimov, dos. R.R.Vildanov, dos. Gʻ.B. Eshonqulovlar davom ettirib kelayotgan “Kvant radiofizikasi” ilmiy maktabi vakillarining fidokorona mehnati beqiyosdir. Bu ikki maktab davomchilari va ular bilan ham nafas ijod qilib kelayotgan yosh avlod vakillari nafaqat 5140200 - Fizika yo‘nalishida bakalavriat talabalarini o‘qitishda, balki 5A140202 - Fizika (yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitishda jonbozlik qilmoqdalar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, magistrantlar “Optika, magnitooptika va molekulyar optika”, “Radiofizika” va “Lazer fizikasi” kabi mutaxassislik yo‘nalishlarida tayyorlanmoqda.
Mustaqillik yillarida kafedraning ilmiy maktablari bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, akad. K. M. Muqimov rahbarligida magnitli tartiblangan muxitlarning strukturasini optik va magnitooptik usullar bilan o‘rganish, optika va spektroskopiya ilmiy maktabi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu fundamental tadqiqotlar yordamida muhitlarning optik va magnitooptik xossalarini, ularning magnitlangan holati bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi aniqlandi hamda chuqur tadqiqotlar asosida yangi magnitooptik spektroskopiya yo‘nalishiga yo‘l ochildi. Prof. U. V. Valiyev rahbarligida magnit materiallar optikasi va magnitooptikasi sohasida olib borilayotgan fundamental ilmiy izlanishlar natijasida juda muhim natijalar olindi. Prof. U.V. Valiyev 2016 yilda “Fan arbobi”unvoni sovrindori bo‘ldi. Hozirgi kunda kafedra magitooptika yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlar bilan ilmiy aloqalarni davom ettirmoqda. Prof. Sh.Otajonovning ilmiy yo‘nalishi kondensirlangan muxitlardagi relaksasion jarayonlar, temperatura bilan bog‘liq fazaviy o‘tish qonuniyatlarini spektroskopik metodlar bilan tadqiq qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, yorug‘likning sochilish spektri yordamida muhitlarning strukturasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan. Uning asosida ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan relaksasion nazariya yaratilgan. Dos. A.H. Ramazanov tomonidan kritik xolatdagi fizik xodisalarni o‘rganish, optik, akustik va magnitooptik, golografiya kabi usullar bilan taxlil qilishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yutuqlarga erishilgan.
Bugungi kunda prof. A.T. Mirzayev ilmiy maktabning ilmiy ishlari uzluksiz ravishda kogerent optika va lazer fizikasining fundamental masalalari bilan bog‘liq holda rivojlantirilmoqda. Jumladan, stabil gazli lazerlarni ishlab chiqish, optik maydonlarning kogerentlik xususiyatini o‘rganuvchi yuqori tartibli fotonlar korrelyasiyasi uslublarini yaratish, lazerli o‘lchov tizimlar, bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda lazer nurining tarqalishidagi statistik xossalari va nochiziqli dinamikasi o‘rganish bo‘yicha izlanish dos. R.R.Vildanov, Gʻ.B. Eshonqulovlar tomonidan davom ettirildi. Shuningdek, dos. T.Axmadjonov, dos. A. Qasimov tomonidan turbulent atmosfera va optik nurtola kanallarida o‘ta sust intensivlikdagi binar tasvirlarni uzatish va qabul qilish sistemasi yaratildi.
Fotonika kafedrasida olingan ilmiy va amaliy natijalar ko‘plab dunyoga taniqli mamlakatlar, chet eldagi nufuzli ilmiy maktablar tomonidan e’tirof etildi. Masalan, buni Rossiyaning Moskva shahridagi «Astrofizika» Ilmiy ishlab chiqarish birlashma (IICHB), Novosibirsk shahridagi Rossiya FA ning «Lazer fizikasi» ilmiy tadqiqot instituti, Tomsk “Atmosfera fizikasi va optikasi” ilmiy tadqiqot instituti va Ryazan shahridagi «Plazma» IICHB lari bilan o‘zaro shartnoma asosida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar va shu asosda yaratilgan fizik-texnikaviy qurilmalar, xorijda faqat e’tirof etilib tan olinishigina emas, balki sanoatda qo‘llanilganligi ham isbotlab turibdi.
Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi tadqiqotchilari Ne-Nye lazer nurida ishlovchi «O‘ta kichik silkinish – siljishlarni qayd etuvchi lazerli tizim» (deformograf) ni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday o‘ta sezgir geterodinli lazer komplekslarini yaratish va ularni geofizik o‘lchashlarda qo‘llash uchun, atmosfera orqali o‘tayotgan yorug‘lik maydonlar xarakteristikalarini qayta tiklash muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yer silkinishlarini oldindan aniqlash – bashorat qilish dunyo fanidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Tyan-Shan tog‘ oldida D.A.Talipov, Sh.Zokirov i R.Shayaxovalar ishtirokida Radiofizik poligonga asos solindi va ishlab chiqilgan qurilmalar sinovdan o‘tkazildi. Usulning asosi – lazerli geterodinlash f.-m.f.d. A.N.Yakubov tomonidan rivojlantirildi.
Yuqori ilmiy quvvat va salohiyatga ega bu maktabning tarkibidagi olimlar bugungi kunda ham katta ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida ham o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Professor M.M.Mirinoyatov tomonidan lazerlar fizikasi yo‘nalishida katta hajmdagi xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Optikadan o‘quv laboratoriyalari majmuasi yaratilib, shuning uchun O‘zbekiston davlat patenti olindi.
Ilmiy maktabda O‘zFAning «Akademasbob» IICHB va «Issiqlik fizikasi» bo‘limi bilan birgalikda oliy ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek ilmiy maktab faollari hozirda Moskva Davlat universitetining «Umumiy fizika va to‘lqinli jarayonlar» kafedrasi, Rossiya FA ning «Lazer fizikasi» instituti (Novosibirsk), Ryazan Davlat Pedagogika universiteti, Ryazan «Plazma» IICHB, Kiyev Milliy universitetining «Radiofizika» fakultetlari bilan hamkorlikda keng miqyosda xalqaro ilm-fan ahamiyatiga molik ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Keyingi yillarda kafedraning professorlari U. V. Valiyev va B.Yu.Sokolovlar rahbarligida magnit materiallarining optikasi va magnitooptikasi sohasida olib borilayotgan fundamental ilmiy izlanishlar natijasida juda muhim natijalar olindi.
2005 yilda “optika” va “kvant radiofizikasi” kafedralari negizida “Optika va lazerli fizika” kafedrasi tashkil etildi.
2005 – 2012 yillarda prof. Sh.Otajonov, 2012-2016 yillarda dos.T.Axmadjanov, 2016- yilda prof.I.A. Raxmatullayev kafedra mudiri lavozimida ishladilar.
2016 yil may oyidan boshlab kafedraga “Fotonika” nomi berildi. 2017 yilning 17 yanvar oyidan 2019 yil iyun oyigacha dosent A. X. Ramazanov “Fotonika” kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2019 yil iyul oyidan “Fotonika” kafedrasini dosent T. Axmadjanov boshqarmoqda.
Download 1.26 Mb.




Download 1.26 Mb.