|
Mahkamasining 455-sonli qarorining ilovasiga ko‘ra texnogen tusdagi FVlar vujudga kelish sabablariga qarab quyidagi FVlarga tasnif qilinadi
|
bet | 2/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #237014 |
Bog'liq Hayot Faolyati Havfsizligi Mustaqil IshMahkamasining 455-sonli qarorining ilovasiga ko‘ra texnogen tusdagi FVlar vujudga kelish sabablariga qarab quyidagi FVlarga tasnif qilinadi:
02
TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARNING TASNIFI
Transport halokatlari (avariyalari) bu:
- ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya – qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
- yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temir yo‘l hodimlarining, halokat hududidagi temir yo‘l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar bilan (KTEZM) halokat joyiga tutash xududning zaharlanishiga olib kelgan temir yo‘l transportidagi halokatlar (avariyalar);
- portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTEZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limiga sabab bo‘ladigan avtomobil transportning halokatlari, shu jumladan yo‘l transport hodisalari;
- odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoli-ten poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellardagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
- gaz, neft va neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi halokatlar (avariyalar).
atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yilgan chegaraviy konsentrasiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishga sabab bo‘ladi-gan kimyoviy havfli ob’ektlardagi halokatlar yong‘in va portlashlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mahkamasining 455-sonli qarorining ilovasiga ko‘ra texnogen tusdagi FVlar vujudga kelish sabablariga qarab quyidagi FVlarga tasnif qilinadi
|