Foydali qazilmalarni qazib olish usullari. Ochiq usulda qazib olish nazariyasi




Download 29.29 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi29.29 Kb.
#57131
Bog'liq
Jaloliddin
1. String, 5. 12-dars functions, 4. 8-dars Listlar, 1-18, Tohir Malik. Malades qizlar (hajviya)

FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLISH USULLARI.OCHIQ USULDA QAZIB OLISH NAZARIYASI.
Reja
1. Foydali qazilmalar va ularning turlari.
2. Foydali qazilmalar haqida umumiy tushunchalar.
3. Konlarning joylashish sharoitlari.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yer osti qazilma boyliklariga bo‘lgan ehtiyoj juda ham oshdi. Mavjud konlardan unumli foydalanish, qazib olishning samarali usullarini yaratish lozimdir. Shuning uchun ham keyingi yillarda yangi texnologiyalar ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish va ularni konlarda qo‘llash yaxshi yo‘lga qo‘yilyapti. Xalk xo‘jaligining eng muhim soxalaridan biri bu konchilik sanoati hisoblanadi. U mamlakatni har xil ruda, kimyo sanoati uchun xom ashyo, qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa zarur bo‘lgan narsalar bilan ta'minlaydi. Foydali qazilmalarni qazib olish yil sayin qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sababi konlardagi qazish ishlarini tobora chuqur yer ostida olib borishga to’g’ri kelishidir. Natijada qazish tannarxi ham qimmatlashib ketmoqda. Hozirgi paytda mavjud konlarning chuqurligi 200-500 m, ba'zilariniki esa 1000-1200 metrga yetib bordi. Janubiy Afrika, Xindiston, Braziliya, Chilida foydali qazilmalar 2500-3000 metr chuqurlikda kovlab olinmoqda. Respublikamizda xalk xujaligining qazilma boyliklarga bo’lgan ehtiyojini qondirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimiz ruh, mis, qo’rg’oshin, oltin, volfram, molibden, kaliy tuzlar, oxak, mramar kabi ma'danlarga boy. Shuni aytib o’tish kerakki, respublikamiz xududidagi foydali qazilmalar qadimdan qidirilib, qazib olish ishlari amalga oshirilgan. Hozirgi Angren, Oxangaron, Olmaliq shaharlarining va Oxangaron daryosining atrofidagi konlar (Lashkerak, Naugarzan, Qizilolma, Kuch-buloq, Olmaliq) dan kumush, mis, rux, oltin qadim davrlardan boshlab qazib olingan. Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra foydali qazilmalarni kovlab olishning boshlanishi V-VI asrlarga to’g’ri keladi. Qizigi shundaki, qadimgi ajdodlarimiz sifatli ruda qazib olishgan ekan. Masalan,1 tonna ma'dan tarkibida kumushning miqdori 100-14500 grammgacha bo’lgan deb xulosa qilinadi. Bu miqdor juda yuqori ko’rsatkich hisoblanadi. Xalk xujaligining qazilma boyliklarga bo’lgan talabi tobora oshib bormoqda. Butun dunyoda, jumladan mamlakatimizdagi qazilma boyliklarning zaxiralari cheksiz emas. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga kura ba'zi qazilma boyliklar (kumush, rux, simob, asbest, vismut) zaxiralari kamayib qolganligi uchun qazib olish miqdori talabni qoniqtirmaydigan darajaga kelib qolgan. Shuning uchun kon ishlariga quyiladigan asosiy talablardan biri, aniqlangan zaxiralarni yer ostidan isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan qazib olishdir. Shu bilan birga konlarda asosiy qazilma qazib olishda texnikadan to’g’ri foydalanish xalk xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, yer osti boyliklarining isrof bo’lishini oldini oladi. Yer qobig’ining yuqori qismini tashkil etgan odatdagi mineral moddalar tog’ jinsi deb ataladi. Hozirgi davrda mavjud texnika va texnologiya yordamida qazib olingan va iqtisodiy jixatdan ma'qul bo’lgan, xalk xo’jaligi ehtiyoji uchun zarur minerallar foydali qazilmalardir. Ko’mir, torf, tabiiy gaz va shu kabi boshqa foydali qazilmalar kovlab olingandan keyin ularga qayta ishlov bermasdan foydalanish mumkin. Ammo ko’pgina xolatdagi foydali qazilmalar kovlab olingandan so’ng qayta ishlov talab qiladi, ya'ni kon jinsi tarkibidagi foydali minerallarni ajratib olish lozim bo’ladi. Tarkibida foydali mineral mavjud bo’lgan kon jinsi ruda deyiladi. Yer qobigida tabiiy xolatda bir joyda to’plangan foydali qazilma joyi kon deb ataladi. Foydali qazilma jinslarining tarkibida kerakli minerallar yetarli bo’ladiki, uning miqdori juda kam bo’lib, qazib olish iqtisodiy jixatdan samarasiz hisoblanadi. Bunday jinslar atrof kon jinslari nomi bilan ataladi. Konlar zaxira ahamiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: qazib olinishi iqtisodiy jixatdan samarali; qazib olinishi iqtisodiy jixatdan samarasiz. Konlarni samarali va samarasiz ajratish uchun undagi foydali ma'danning zaxirasi va shu zaxirani qazib olishga ketadigan harajat hisoblab chiqiladi. Ma'lum bir belgilangan vaqt ichida sarf qilingan harajatlar qoplansa, bunday konlar birinchi turga kiritiladi. Sarflangan harajatlar qoplanmaydigan konlar esa ikkinchi turga kiritiladi. Ikkinchi tur konlar keyinchalik texnika hamda texnologiyaning sharoiti natijasida birinchi tur konlar qatoriga o’tkazilishi mumkin. Foydali qazilma konlarini qazib olishda ularning shakli, katta-kichikligi, yer qobig’ida joylashgan o’rni, tog’ jinslari bilan bog’liqligi katta ahamiyatga ega, shunga ko’ra foydali qazilma konlarini qazib olish usullari va tizmlari mavjud. Konlarda rudali jinslar bir tomonga to’g’ri yo’nalgan va qatlam shaklda bo’lib, har tomonga yo’nalgan va atrof jinslarga tekislik (yuza)lar orqali tutashgan bo’lishi mumkin. Ayrim xollarda rudali jinslar yirik darzlar, uzulmalar tufayli yaxlitligini yuqotgan bo’ladi. Rudalar tarkibidagi metallar turiga ko’ra ham farqlanadi. Bir xil metalli bo’lsa, oddiy ruda deyiladi (masalan, ruda tarkibida faqat temir yoki marganets bo’lishi mumkin). Agar ruda tarkibida bir necha xil metall bo’lsa, ko’p tarkibli ruda deyiladi (masalan, rudada molibden, volfram va yana boshqa metallar bo’lishi mumkin). Rudalar boshqa xususiyatlari – zichligi, maydalanishi, bloklarning kata- kichikligi, ichki tuzilishi, oksidlanishi va boshqalar bo’yicha ham farqlanadi. Rudaning zichligi deganda 1 kub metr hajmdagi rudaning birlik miqdori tushuniladi. Ruda zichligi sifati bo’yicha quyidagicha bo’linadi: a) juda og’ir – (1m3 ruda og’irligi 3,5 t dan ortik); b) urtacha og’ir – (1m3 ruda og’irligi 2,5 t dan 3,5 t gacha); v) yengil (1m3 ruda 2,5 t dan kam). Ruda maydalanganda yaxlit xolatidagiga qaraganda hajmi kattalashadi. Bunga sabab ruda bloklari orasida qirralar hisobiga bo’shliq hosil bo’lishidir. Zamonaviy texnologiya yordamida ruda qazib olishda uning hajmi 1,1-1,6 barobar ko’payadi. Bloklarning katta-kichikligiga ko’ra ruda quyidagicha farqlanadi: 1. mayda blokli (100 mm gacha); 2. o’rtacha blokli (100 mm dan 250-300 mm gacha); 3. yirik blokli (250 mm dan 500 mm gacha); 4. juda yirik blokli (500 mm dan katta). Rudalar ichki tuzilishi bo’yicha juda zich, yaxlit, qat-qat, g’ovakli bo’ladi. U quruq, ho’l va nam xolatda uchrashi mumkin. Ba'zi bir ruda parchalari vaqt o’tishi bilan og’irligi, namlik borligi tufayli jipslashib olishi ruda bloklarining yaxlitlashishiga sabab bo’ladi va ularni bir joydan boshqa joyga tashishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Agar ruda bloklari uzoq muddat saqlansa, ular oksidlanib qolishi mumkin. Bu ba'zi rudalarga tegishli, ya'ni oksidlanib qolish uning tarkibidagi minerallar xususiyatiga bog’liq. Oksidlanish rudani boyitish korxonasida qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va olinadigan maxsulot tannarxining qimmatlashib ketishiga sabab bo’ladi. Ba'zi rudalar ma'lum bir sharoitda o’z-o’zidan qizib, yonib ketishi mumkin. Bu esa yer ostida yong’in paydo bo’lishiga olib keladi. O’z vaqtida aniqlanib tegishli choralar ko’rilmasa, bunday yong’inlar juda katta moddiy zarar keltirishi mumkin. Turli tabiiy sharoitlarda joylashgan, istalgan shakldagi foydali qazilmalar koni ochiq usulda qazib olinadi. Kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyasini tanlashga hamda umumiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga konning joylashish sharoitlari ta`sir ko’rsatadi. Bu sharoitlarning turlichaligiga qaramasdan ularning barchasi bir-biridan farq qiluvchi belgilari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi (4.1-chizma): 1. Konlar shakliga qarab quyidagilarga bo’linishi mumkin: a) qalinligi va ustki hamda ostki tekis yuzalari nisbiy saqlangan qatlamsimon uyumlar va qatlamlar ( a,b,v,g,d,e,j) b) murakkab shaklli uyumlar; v) tektonik buzilgan qatlamlar tizimi (z,i,k,l,m). 4.1. - rasm. Konlarning joylashish sharoitlari 2. Uyumlarning yer ustiga nisbatan joylashishiga karb konlar quyidagilarga ajratiladi: a) yer yuzasiga yaqin joylashgan yoki kichik qalinlikdagi nanoslar bilan qoplangan ustki turdagi konlar (a); b) yer yuzasiga nisbatan pastda joylashgan chuqur turdagi konlar (b,v,g,d,e,j,z,k,m); v) yer yuzasiga nisbatan balandda joylashgan ya`ni, tog’ yonbag’rida yoki tepalikda joylashgan tog’li turdagi konlar; g) qisman tog’da yoki tog’ yonbag’rida va chuqurlikda birga joylashgan baland-chuqur turdagi konlar (i,l). 3. Gorizontga nisbatan qiyalik burchagi bo’yicha foydali qazilmalar uyumining quyidagi turlari mavjud (4.1-rasm): a) gorizontal yoki 10-15 gacha qiyalik burchagiga ega bo’lgan nishab (a,b,v,g,d); Bunday sharoitlarda ruda tanasining yon tomonidan qazib olish tavsiya etilmaydi va imkoni boricha qoplovchi jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirish kerak. b) qiyalik burchagi 10-15 dan 25-30 gacha bo’lgan qiyaliklar (4.1-rasm j); Bunday sharoitlarda qoplama jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirishga yo’l qo’ymaydi, biroq jinslarni ruda yon tomonidan yetkazib berish talab etilmaydi; v) qiyalik burchagi 25-30 dan yuqori bo’lgan tik (e,z,i,m). 4. Uyumlarning sifat taqsimoti va tuzilish strukturasi Bo’yicha kuyidagilarga bulinadi: a) bir komponentli – bir tuzilishli va sifat ko’rsatkichlari bir xilda taqsimlangan oddiy uyumlar; b) uyumlarning planda va chuqurlikda joylashishi bo’yicha tur va navlari bir xilda taksimlanmagan ko’p komponentli va ko’p navli murakkab strukturali uyumlarga. 5. Konning ustunlik qiluvchi turlari bo’yicha tog jinslari quyidagilar bilan ifodalanadi: a) skal tog jinslari va qattik rudalar bilan; b) qattiq ruda va skal jinslar bilan; v) yumshoq va zich qoplovchi tog jinslari bilan; g) yarim skal qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalar bilan; d) yumshoq qoplovchi tog jinslari va yumshoq yoki zich foydali qazilmalar bilan. Tog jinslarining turi asosan texnologik sxema va qazuvchi hamda transport vositalarining asosiy modelini tanlashni belgilaydi. Yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda quvvatli rotor ekskavatorlar va konveyer transportini qo’llash mumkin. Qoyali tog’ jinslarini qazib olishda burg’ulash portlatish ishlari qo’llaniladi, asosan bir cho’michli ekskavator va temir yul hamda avtomobil transportlarini qo’llash mumkin. Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko’pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:  ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);  qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish ishlari). Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar). Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash uchun yo’l ochib beradi. Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:  kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);  qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi konzaxira muhofazasi va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar). Aytib o’tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o’tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oralig’idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to’g’ri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi quyidagilarni ta'minlashi kerak:  ishning borishidagi xavfsizlik;  ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;  karyerning ko’zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;  zaxiralarning to’lik olinishi;  barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;  kon-zaxira (nedr) va atrof muxit muxofazasi. Uzoq vaqt ishlatiladigan kon laximlariga (xandak va yer osti laximlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni ta'minlab turuvchi ya'ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta'minlanishiga konni ochish tizimi (sxema vskritiya) deb aytiladi. Umumiy xolda butun ochiq kon ishlari kompleksi bir -biriga bog’lik bo’lgan ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bular quyidagilardan iboratdir:  tog’ jinslarini va foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash ishlari;  qazish va yuklash ishlari;  kon massasini (qazilmani) tashish ishlari;  qoplovchi tog’ jinslaridan ag’darmalar hosil qilish (otvaloobrazovaniye), foydali qazilmalarni esa omborlarda to’plash yoki bo’shatish (skladirovaniye) ishlari. Agar karyerda foydali qazilmalarni birinchi boyituvchanlik yoki oxirgi maxsulotgacha qayta ishlash amalga oshirilsa, bular ham ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari tarkibiga kiradi. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari. Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farqqiladi. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari: 1. Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina bо‘sh tog‘ jinslarini olgandan sо‘ng amalga oshiriladi. Bо‘sh tog‘ jinslari, ya’ni qoplovchi tog‘ jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bо‘ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog‘liqdir. 2. Ochiq kon lahimlarining о‘lchami barcha yо‘nalish bо‘yicha sezilarli darajada hamda katta о‘lcham va quvvatga ega bо‘lgan jihozlar va quvvati katta bо‘lgan portlovchi modda zaryadini qо‘llash imkonini beradi. 3. Bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi. Ekskavator qо‘llanilganda burg‘ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi. 4. Ochiq kon ishlarida qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari о‘lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi. Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p kovshli ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli skreperlar, о‘zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi. Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi. Ochiq kon ishlari yer osti usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 1. Karyerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi. 2. Mehnat unumdorligi shaxtaga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2- 4 marta kam. 3. Karyer qurilish vakti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam. 4. Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yо‘qotish kam va turli navdagi rudalarni alohida qazib olish oson. 5. Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin. Ochiq kon ishlarining kamchiliklari: 1. Ochiq kon ishlarida ishlab chiqarishda katta yer maydonlarini chegaralab olish, ba’zan esa katta maydonlarda grunt suvlari darajasini pasayishiga olib keladi. 2. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bog‘liq bо‘ladi. 3. Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar. 4. Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud. 5. 6. 8.3-rasm. Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari 7. Yuqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi. 8. Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni tashkil etadi. 9. Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi maydonchalarga: transport va ximoyalovchi maydonchalarga bо‘linadi. Ish olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi. 10.Karyerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani о‘tish hisobiga shakllanadi. 11.Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karyerning ishchi borti ham siljib boradi va karyerning chegara konturiga yaqinlashadi, sо‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga aylanadi. 12.Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib borilmaydigan pog‘onalar deyiladi. 13.Transport maydonchalari vt karyerdagi ishchi maydonlarni yuza bilan bog‘lovchi transport yо‘llari joylashishi uchun xizmat qiladi. Transport maydonchalarining kengligi 10-25 m ni tashkil etadi. 14.Himoyalovchi maydonchalar vp bort turg‘unligini oshirish va shamol ta’sirida pog‘onalarning yemirilishi natijasida о‘pirilib tushadigan tog‘ jinslari bо‘laklarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchalar kengligi 3-5 mni tashkil etadi. 15.Odatda karyer shakli (planda) ovalsimon bо‘ladi. Karyer uzunligi 0,5 km dan 5 km gacha bо‘ladi, ba’zan esa undan ham yuqori, kengligi esa 2-4 km ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karyerlarning chuqurligi bir necha о‘nlab metrdan 300- 450 m gacha yetadi. Loyihalarda va istiqbolli karyerlarda texnik-iqtisodiy hisoblarda karyerlarning oxirgi chuqurligi 500-900 m gacha yetadi. 16.Karyerda bо‘sh tog‘ jinslari va foydali qazilmaning umumiy hajmi (kon massasi hajmi) uning о‘lchamlariga bog‘liq va bir necha о‘n ming dan yuz million metrkubgacha yetadi. Yotiq qatlamlarni qazib olishda, foydali qazilmani qazib olgandan sо‘ng karyerda hosil bо‘lgan maydon qazib olingan maydon deyiladi. Agar texnik jihatdan mumkin bо‘lsa, bu maydonga qoplovchi jinslarni joylashtirish yoki foydali qazilma va qoplovchi jinslarni tashish uchun qо‘llaniladigan transport kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalanish mumkin. р  н  р   в п в 17.Ochiq kon ishlari yer yuzasini va yer maydonidan foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ochiq kon ishlarini atrof muxitga ta’sirini yо‘qotish yoki kamaytirish maqsadida, qazib olish jarayonida va kondan foydalangandan sо‘ng ag‘darmalarni, qazib olingan maydonni va boshka yer yuzasidagi buzilgan uchastkalarni, rekultivatsiya kilish ishlari amalga oshiriladi. 18.Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan va keraksiz bо‘lgan tog‘ jinslari va nokonditsion foydali qazilma boyliklari tо‘planadigan joyga ag‘darma deb aytiladi. Agar, ag‘darma oldin qazib о‘tilgan karyer maydonida joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, karyer chegarasidan tashqariga joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma deb aytiladi. 19.Konni yoki uning bir qismini bitta karyer bilan qazib olinsa, u karyer maydoni deb aytiladi. Karyer maydonining plandagi va chuqurlikdagi о‘lchamlarini tavsiflovchi geometrik shakl uning hajmi hisoblanadi. Uning tarkibiga karyer tashqarisiga chiqarib tashlangan qoplovchi jinslar, sanoat maydonchasi va boshqa ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan chegara, ya’ni karyerning yer shaxobchasi kiradi. 20.Bir vaqtda karyer ichida qazish ishlari olib borilayotgan pog‘onalar yig‘indisiga karyerning ishlash zonasi deyiladi. Ishlash zonasi holatini karyerning ish olib borilayotgan ustki va ostki pog‘onalari pastki gorizontal maydonchalari (aniq vaqt mobaynida) belgilari bilan aniqlanadi. Karyer kon ishlari fronti uzunligihamma ish olib borilayotgan pog‘onalar kon ishlari fronti uzunligi yig‘indisidan iborat. Yangi pog‘onani ishga tushirish uchun unga transportni kelishini ta’minlash va ish maydonchasiga mos keladigan ish fronti yaratish lozim. 21.Yangi pog‘onadan yer yuzasiga yoki tepada joylashgan pog‘ona kon massasini tashishni amalga oshiruvchi transport kommunikatsiyasini joylashtirish uchun yangi pog‘ona ochish kerak, ya’ni yer yuzasidan yoki tepada joylashgan pog‘onadan pastki pog‘onaga maxsus (ochuvchi) kon laximlarini о‘tkazish kerak. Kо‘p hollarda bu laximlar har xil balandlik belgilarida joylashgan punktlarini birlashtiradi (agar bitta pog‘ona ochilsa, unda balandlik belgilari farqi pog‘ona balandligiga teng), shuning uchun maqsadli nishablikka (i) ega. Ochuvchi laximlar qirqimda trapetsiya yoki uchburchak kesimli kо‘rinishga ega bо‘ladi va muvofiqholda kapital transheya va yarim transheya deb ataladi. 22.Ochilgan pog‘onada boshlovchi ish frontini yaratish uchun (pog‘onani qirqish) ochuvchi laximdan trapetsiya (uchburchak) kо‘ndalang kesim о‘lchamlari bilan uzunligi buyicha ancha farqqiladigan gorizontal kon laximlarini—qirqim transheya (yarim transheya) yoki uzunligi va kengligi bir о‘lchov tizimiga ega kesma chuqurlikniо‘tkazish kerak. 23.Karyerning bosh parametrlari. 24.Oxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda, karyerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi о‘lchamlari, qazib olinadigan kon massasi jami hajmi aniqlanadi. Gorizontal va og‘ma uyumlar uchun oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karyerni butunligicha qazib olish davrida ozgina о‘zgaradi. Oxirgi chuqurlik karyerni loyixalashtirish vaqtida о‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karyerlarning chuqurliklari 400 metrlarni tashkil etadi. Loyixalarda 700 metrgacha chuqurlikda ochiq kon ishlarini olib borish mо‘ljallanmoqda. 25.Yer yuzasida uyumning chо‘zilishi va kо‘ndalang yо‘nalishi bо‘yicha karyerning kо‘rsatkichlari, uyumning о‘lchamlari ya’ni karyerning tubi, chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi о‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ular chizma tasvir holida yoki analitik о‘rnatiladi. Plandagi karyerning shakli kо‘pincha ovalsimon shaklga ega bо‘ladi. Karyerning uzunligi 100 metrdan 8 km.gacha masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km.gacha uzunlikda о‘zgarib turadi. 26.Karyer osti о‘lchamlari, karyerning oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karyerning ostki minimal о‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bо‘lmasligi kerak). 27.Karyer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shartsharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroqqilib olinadi. 28.Karyer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha kо‘rsatkichlarni belgilovchi zarur kо‘rsatgich hisoblanadi. 29.Yer yuzasi relyefi tekis bо‘lganda karyer maydonidagi butun kon massasi hajmini (m3 ) quyidagi formula yordamida aniqhisoblash mumkin: 31.Foydali qazimalarni karyer chegarasidagi zaxiralari 30. —qazib olish mumkin bо‘lgan chegarani, karyerning qazib olish muddatini va qazish ishlari iqtisodiy natijalarini aniqlovchi asosiy kо‘rsatkich hisoblanadi. Har bir pog‘ona (gorizont) va karyer maydoni chegarasidagi zaxiralar, konni geologik qidirish vaqtida о‘rnatiladi. Undan sо‘ng loyixalashtirish vaqtida va ekspluatatsiya davrida, vaqti-vaqti bilan о‘zgarib turadigan foydali qazilma konditsiyasi (meyori) hisobga olinib karyer chegarasi aniqlanadi va qayta hisoblanadi.
Download 29.29 Kb.




Download 29.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydali qazilmalarni qazib olish usullari. Ochiq usulda qazib olish nazariyasi

Download 29.29 Kb.