|
Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
bet | 4/8 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 96.04 Kb. | | #93062 |
Bog'liq fransiya Konchilik korxonlarida relelarning turlari, Avtomat saqlagichlar Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.
Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120-yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).
12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardoda Vinchi) tashqari, Fransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.
17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.
Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.
18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi („GrandOpera“ teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi „Kastel Beranja“ mehmonxonasi). 1860-yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—30-yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.
1980-yillardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi-yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), „Ateney“ teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.
|
| |